Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaolinit – Al 2 O 3 ·2SiO 2 ·2H 2 O
29.6-rasm. Serpentin. Serpentinni yirik konlari Uralda, Zabaykal’eda, Zakavkaz’eda, Ukrainada, Yangi Kaledoniyada ma’lum. Serpentinni yirik massivlari asosan G‘arbiy va qisman Janubiy O‘zbekistonda joylashgan. Chotqol-Qurama tog‘larida esa bunga nisbatan ancha kam miqdorda uchraydi. Serpentinni yaxlit, chiroyli rangli xillari bezaktosh sifatida ishlatiladi (29.6- rasm). Serpentinlashgan dunitlar o‘tga chidamli g‘ishtlar tayyorlashda ishlatiladi. Eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lgan xrizotil-asbest o‘tga va issiqlikka chidamli materiallar olishda ishlatiladi. Kaolinit – Al 2 O 3 ·2SiO 2 ·2H 2 O Mineralning nomi xitoy tilidan olingan “kau - ling” – baland tog‘ degan ma’noni bildiradi. 291 Kimyoviy tarkibi: Al – 20,9%; Si – 21,76%; O – 55,78%; H – 1,56%. Singoniyasi monoklin. Simmetriya ko‘rinishi o‘qsiz, diedrik. Fazoviy gruppasi: a 0 -5,15; b 0 – 8,92; c 0 - 14,53; β= 100°12´. Agregatlari sochiluvchan, tangachasimon yoki zich mayda donador, ba’zan oqiq (quyma) bo‘lib uchraydi . Kaolinitning aloxida tangachasimon bo‘laklari rangsiz, yaxlit massalari esa oq rangli bo‘ladi. Tangachasimon va plastinkasimon xillari sadafsimon yaltiraydi, yaxlit massalari esa xira. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 1. Solishtirma og‘irligi 2,58-2,63. Optik hususiyatlari: Ng = 1,56 – 1,57; Np=1,533 – 1,563; Nm= 1,565; Ng – Np= 0,005 2v=(-) 24-50°. Aniqlash asosiy belgi bo‘lib optik va termik hususiyatlari, hamda rentgenogrammadagi chiziqlari: 7,14; 3,57; 1,487 hisoblanadi. H 2 SO 4 da qizdirganda osonlikcha eriydi. HCl va HNO 3 deyarli ta’sir etmaydi. Daxandam alangasida erimaydi. Sun’iy yo‘l bilan kaolinni SO 2 , NG‘ va boshqa birikmalarni ayrim alyumosilikatlarga ta’sir etish yo‘li bilan olish mumkin. Kaolin asosan ekzogen yo‘l bilan turli alyumosilikatlarni nurash jarayonida yuzaga kelgan mahsulot sifatida uchraydi. Kaolinni hosil bo‘lishini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 2K[Al Si 3 O 8 ] + 2H 2 O +CO 2 =Al 2 (OH) 4 [Si 2 O 5 ] +4SiO 2 + K 2 CO 3 Kaolin konlarda hosil bo‘lishiga qarab birlamchi va ikkilamchi konlarga bo‘linadi. Birlamchi konlar alyumosilikatli tog‘ jinslarini emirilishidan hosil bo‘lgan mahsulot hisoblanib, bular emirilgan tog‘ jinslarini o‘rnida hosil bo‘ladi va birlamchi kaolinlarni hosil qiladi. Bunday joylarda kaolin bilan bir assotsiyasiyada kvars va temir oksidlari uchraydi. Birlamchi kaolinlarni yuvilishi natijasida, kaolinlarni mayda zarrachalari suv bilan olib ketiladi va rel’efi past bo‘lgan joylarga to‘planadi. Bunday yo‘l bilan kvars va temir oksidlaridan ozod bo‘lgan ikkilamchi kaolinlar yuzaga keladi. Kaolin konlari Ukrainada, Uralda, Sharqiy Sibirda, Zakarpat’eda, Xitoyda, Chexoslavakiyada, Angliyada ma’lum. 292 Kaolinning eng ko‘p va qadimiy ishlatiladigan joyi keramika sanoatidir. Bundan tashqari metallurgiyada shamot g‘ishti tayyorlashda, qog‘oz sanoatida, burg‘ulash ishlarida va sanoatning boshqa ko‘pgina soxalarida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling