Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Klinoxlor – (Mg,Fe)
4,75
A1
1,25
(OH)
8
[Si
2,75
Al
1,25
O
10
]
Nomi grekcha «klin» - qiyshiq so‘zidan olingan (bunda mineralni monoklin 
singoniyasi hisobga olingan).
Kimyoviy tarkibi: MgO – 17,0-34,5%; FeO – 1,8-12,2%; Fe
2
O
3
– 0-3%; 
Al
2
O

– 13,1-17,6%; SiO
2
– 28,3-33,9%; H
2
O – 11,7-14,2%. Aralashma sifatida 
CaO, MnO, Cr
2
O
3
(8% gacha) bo‘lishi mumkin. Klinoxlorni kam temirli xili 
leyxtenbergit (gersog Leyxtenbergskiy sharafiga shunday nom bilan atalgan), 
tarkibida xrom bo‘lgan xili kochubeit (nomi chiqqan mineral kolleksiyalari egasi 
P.Kochubey sharafiga shunday nom bilan atalgan) deyiladi.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Klinoxlor 
ko‘pincha yirik tangadek donasimon agregatlar hosil qiladi. Tog‘ jinsi 
bo‘shliqlarida, u druzalar va alohida geksagonal-plastinkasimon va tabletkasimon 
kristallar qiyofasida uchraydi. Ba’zan klinoxlor kristallari prizmatik va 
bochkasimon qiyofaga ega. Qo‘shaloq kristallari ko‘p uchraydi.
Klinoxlorni rangi o‘tdek yashil, och yashil, sariq. Leyxtenbergit oq, 
kochubeit pushti va binafsha ranglarda bo‘ladi. Yaltirashi ulanish tekisligi 
yuzalarida sadafsimon. Yupqa qavatlari shaffof. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha 
o‘ta mukammal. Qattiqligi 2-2,5. Qavatlari yumshoq, lekin cho‘zilmaydi. 


286 
Solishtirma og‘irligi 2,61-2,78. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat, Ng=1,57-
1,59; Nm=1,56-1,58; Np=1,56-1,58; Ng-Np=0,004-0,010.
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,530; 1,535; 1,393. H
2
SO
4
da 
eriydi. Dahandam alangasida oqaradi, bo‘laklarga ajraydi, lekin erimaydi.
Klinoxlor metamorfik jarayonlarda hosil bo‘lib, pennin bilan birgalikda 
xloritli slanetslar tarkibiga kiradi. Ko‘p hollarda u asosiy jins tashkil qiluvchi 
mineral bo‘ladi. Klinoxlorni yaxshi kristallangan muzeybop minerallari Uralda 
juda ko‘p uchraydi. O‘zbekistonda Qurama tog‘laridagi skarn-polimetall konlarida 
kuzatilgan.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling