Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Talkning amaliy ahamiyati. 
2. Serpentin bilan talkning farqi nimada? 
3. Kaolinit, galluazit montmorillonitning amaliy ahamiyati. 
4. Muskovit bilan biotitga ta’rif bering. 
5. Klinoxlor va proxloritning bir-biridan farqi nimada? 
6. Allofanga ta’rif bering. 
 
 


297 
30. To‘qimasimon silikatlar 
Dala shpatlari oilasi  
Dala shpatlari eng muhim minerallar gruppasiga kiradi. U ko‘pgina intruziv 
tog‘ jinslarini asosiy jins tashkil qiluvchi minerali sifatida va metamorfik tog‘ 
jinslarda ham uchraydi. Dala shpatlari yer qobig‘i umumiy massasini deyarli 50% 
ni tashkil qiladi. O‘zining kimyoviy tarkibi jihatidan dala shpatlari Na, K va Ca 
ba’zan Va ni alyumosilikatlarini tashkil qiladi. Oz miqdorda Li, Rb, Cs 
(ishqorlarga izomorf aralashma sifatida), hamda Sr (Sa ni almashtirib) uchraydi. 
Dala shpatlarini asosiy xususiyatlaridan biri izomorf qator hosil qilishidir. Dala 
shpatlari bir necha mayda gruppalarga bo‘linadi: 1) natriy-kal’siyli yoki 
plagioklazlar; 2) kaliy-natriyli; 3) kaliy-bariyli yoki gialofanlar. 
Plagioklazlar 
Plagioklazlar uzluksiz izomorf qatorlar hosil qilib ularni chekka a’zolari 
bo‘lib al’bit (Ab) – Na[AlSi
3
O
8
] (30.1-rasm) va anortit (An) – Ca[Al
2
Si
2
O
8

hisoblanadi. Plagioklazlarni umumiy formulasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
(100-n)∙Na[AlSi
3
O
8
]∙nCa[Al
2
Si
2
O
8
, n miqdori 0 dan 100 gacha o‘zgarishi mumkin.
30.1-rasm . Al’bit (Tirol, Kareliya) 
Plagioklazlar eng ko‘p tarqalgan dala shpatlaridir. Plagioklazni nomi 
grekcha «plyagios» - qiyshiq, «klyasis» - yopishgan degan ma’noni bildiradi. 
Plagioklazlar (001) va (010) tomonlari bo‘yicha mukammal ulanish tekisligiga ega, 


298 
tomonlar orasida burchak 86°24´ dan 86°50´ gacha (boshqa dala shpatlarida 
tomonlar orasida burchak 90° ga yaqin). 
Plagioklazlarni bo‘linishi 30.1-jadval 
30.1-jadval 
Plagioklazlarni bo‘linishi. 
Mineral 
Tarkibi 
Anortit molekulasini % 
miqdorida o‘zgarish 
chegaralari 
Al’bit (Ab) 
Na [AlSi
3
O
8

1-10 
Oligoklaz 
Ab+An izomorf aralashmasi 
10-30 
Andezin 
30-50 
Labrador 
50-70 
Bitovnit 
70-90 
Anortit (An) 
Ca[Al
2
Si
2
O
8

90-100 
Magmatik jinslar sistematiksida plagioklazlarning tarkibi juda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun E.S.Fedorov har bir plagioklaz tarkibidagi 
anortit molekulasini % miqdoriga qarab alohida nomerladi va ularning ancha qulay 
va juda ratsional klassifiksiyasini taklif qiladi. Masalan: plagioklaz №75 tarkibida 
75% anortit bilan 25% al’bit bo‘lgan izomorf aralashmadan iborat.
Nomi al’bitniki lotincha so‘z «al’bus» - oq; oligoklazniki grekcha so‘zlar 
«oligos» - ko‘pmas va «klyasis» - yopishggan (ulanish tekisligi boshqa dala 
shpatlariga qaraganda yomonroq); andezinni nomi birinchi marta yozilgan joy 
«Andov» tog‘i nomiga qo‘yilgan. Labrador va bitovnit – topilgan joylariga 
(Labrador yarim oroli va Kanadadagi «Baytuan» koni) nomiga qo‘yilgan. Anortitni 
nomi grek so‘zi «anortos» - qiyshiq degan so‘zdan kelib chiqqan (triklin 
singoniyada kristallanish ko‘zda tutilgan). Plagioklazlarda anortit miqdorini 
kamayishi bilan SiO
2
miqdori ortib boradi, shu sababli plagioklazlar qatorini uch 
guruhga bo‘lish mumkin: 
30.2-jadval 
Plagioklazlar 
№ 
Nordon 
0-30 
O‘rtacha 
30-60 
Asos 
60-100 


299 
Deyarli doimo aralashma sifatida K
2
O (bir necha % gacha), hamda BaO, 
SrO, FeO, Fe
2
O

bo‘ladi.
Singoniyasi triklin, simmetriya ko‘rinishi pinakoidal – S. 
Elementar yacheyka parametrlari 30.3-jadvalda berilgan 
 
30.3-jadval 
Plagioklazlarni elementar yacheyka parametrlari. 
Mineral 
a
0
b
0
c
0
a
0
:b
0
:c
0
α 
β 
Γ 
Al’bit 
8,23 
12,788 
4,154 
0,636:1:0,559 
94°03´ 
116°31´ 
87°42´ 
Oligoklaz 
8,16 
12,93 
7,14 
0,633:1:0,553 
93°04´ 
116°22´ 
89°05´ 
Andezin 
Oligoklazga yaqin 
93°23´ 
116°28´ 
89°59´ 
Labrador 
8,16 
12,86 
2∙7,13 
0,635:1:2∙0,552 
93°21´ 
116°03´ 
89°54´ 
Bitovnit 
Parametrlari anortitga o‘xshash 
Anortit 
8,18 
12,86 
2∙7,09 
0,635:1:2∙0,550 
93°13´ 
115°56´ 
91°12´ 
Plagioklazlar ko‘pgina intruziv jinslarda donasimon agregatlar holida 
uchraydi (ayrim tog‘ jinslari butunlay plagioklazlardan tashkil topgan, masalan 
labradoritlar). Bo‘shliqlarda plagioklazlar druzalar hosil qiladi. Yaxshi kristallari 
kam uchrab, tabletkasimon (30.2-rasm) va tabletkasimon-prizmatik qiyofaga ega 
bo‘ladi. Harxil qo‘shaloq kristallari ham juda ko‘p uchraydi. Effuziv tog‘ 
jinslaridagi plagioklazlarni ayrimlari zonal tuzilishga ham ega bo‘ladi.
Plagioklazlarni fizik xususiyatlari qonuniy asosda bo‘lib izomorf qatorni 
orasida joylashgan minerallarni xususiyatlari ikki chekka qismda joylashgan 
minerallarni xususiyatlarini oralig‘ida bo‘ladi.
Plagioklazlarni rangi oq, kulrang oq, ba’zan yashil, ko‘kish va qizg‘ish 
tuslarda bo‘ladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling