Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
30.3-rasm. Amazonit 
Kaliy-natriyli dala shpatlari magmatik va pegmatit jarayonlarda hosil 
bo‘ladi. Magmatik jarayonlarda jins tashkil qiluvchi mineral sifatida nordon 
magmatik tog‘ jinslar tarkibiga kiradi. Kaliy-natriyli dala shpatlarini yirik uyumlari 
pegmatit jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, u erda ko‘pincha yirik kristallar hosil 
qiladi. Granitli pegmatitlarni aosiy minerali mikroklindir (asosan mikroklin-pertit) 
(30.4-rasm). Pegmatitlarda kaliy-natriyli dala shpatlar kvars bilan birgalikda kelib 
jugut (evrey) toshi deb ataladigan o‘simtalar hosil qiladi. Bular bilan bir 
assotsiatsiyada muskovit va pegmatit tomirlarni boshqa minerallari uchraydi. 
Ishqorli pegmatitlarda, kvars odatda ishtirok etmaydi va dala shpatlari nefelin va 
boshqa ishqorli silikatlar bilan bir assotsiatsiyada keladi. Dala shpatlari olinadigan 
asosiy manba bo‘lgan pegmatit konlari butun dunyoda juda ko‘p uchraydi.
Kaliyli dala shpatlari O‘zbekistonda magmatik tog‘ jinslarda va 
pegmatitlarda jins tashkil qiluvchi mineral sifatida va postmagmatik mahsulot 
sifatida juda ko‘p kuzatilgan va o‘rganilgan.
Yerni yuza qismida kaliy-natriyli dala shpatlari barqaror bo‘lmay o‘zgaradi 
va sharoitga bog‘liq ravishda ko‘pincha oxirgi mahsulot sifatida har xil gillar hosil 
bo‘ladi. Kaliy-natriyli dala shpatlarini asosiy qo‘llaniladigan joyi chinni va 


305 
keramika sanoati, hamda har xil bo‘yoqlar olishdir. Amazonit bezaktosh sifatida 
ishlatiladi.
30.4-rasm. Mikroklin 
Kaliy-bariyli dala shpatlari (gialofanlar).
Bu gruppagassel’zian deb ataluvchi, K[AlSiO8] va Va[Al2Si2O8] izomorf 
qatorini hosil qiluvchi kam uchraydigan minerallar kiradi. Gialofanlarni umumiy 
formulasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
(100-n)K[AlSi3O8]∙nBa[Al2Si2O8], bunda n=0-35%. 
Sel’ziandagi BaO miqdori 34-42% bo‘ladi.
Gialofanlar vassel’zianning singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi 
prizmatik – L2PC. O‘zining morfologik va fizik xususiyatlariga ko‘ra bular 
ortoklazga juda yaqin bo‘lib, undan tarkibida bariy ishtirok etishi, solishtirma 
og‘irligini Yuqoriligi (2,6-2,82 gialofan, 3,31-3,37ssel’zian) va optik xususiyatlari 
(gialofan Ng=1,534-1,547; Nm=1,531-1,545; Np=1,528-1,542; Ng-Np=0,005-
0,008, manfiy, 2v=74-78°;ssel’zian Ng=1,596-1,600; Nm=1,589-1,953; Np=1,584-
1,587; Ng-Np=0,010-0,013, musbat, 2v=71-86°) bilan farq qiladi.
Gialofan odatda yaxshi hosil bo‘lgan ortoklaz qiyofasidagi suvdek shaffof 
kristallar tarzida uchraydi.


306 
Rangi aralashmalarga bog‘liq ravishda sarg‘ish, yashilroq va havorang 
tuslarda ba’zan qizil va qora ham bo‘lishi mumkin.
Kaliy-bariyli dala shpatlari kontakt-metasomatik konlarda uchraydi. Uning 
konlari Shvetsiyada (Yakobsberg), Zabaykal’eda (Slyudyanka), Ukrainada 
ma’lum.
Gialofanlar O‘zbekistonda juda kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib 
Markaziy Qizilqumda topilib o‘rganilgan. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling