Kristallografiya va mineralogiya


Tetraedr – teng, o‘xshash to‘rtta teng tomonli uchburchakli yonlardan  iborat shakl. Oktaedr


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Tetraedr – teng, o‘xshash to‘rtta teng tomonli uchburchakli yonlardan 
iborat shakl.
Oktaedr – teng va o‘xshash sakkizta teng tomonli uchburchaklik yonlardan 
tuzilgan shakl. Bu yonlarining teng tomonli uchburchaklik ko‘rinishida bo‘lishi 
bilan tetragonal dipiramidadan farq qiladi. Tetragonal dipiramida esa sakkizta teng 
yonli uchburchaklik qiyofasidagi yonlardan iborat shakl edi. 


315 
Kub – geksaedrning murakkablanishidan hosil bo‘ladigan shakllar.
Tetrageksaedr – kubning har qaysi to‘g‘ri to‘rtburchaklik ko‘rinishidagi 
yonlarining har biri to‘rtlangan, ya’ni kichik qirralar bilan to‘rtta uchburchaklikka 
bo‘lingan. 
Rombododekaedr – o‘n ikkita romb ko‘rinishidagi o‘xshash va teng 
yonlardan iborat shakl. 
Pentagon dodekaedr – o‘xshash o‘n ikkita besh burchakli yonlardan 
tuzilgan shakl. 
Didodekaedr pentagon dodekaedrning har qaysi yonlarining ikkilanishidan 
hosil bo‘lgan tetraedrlarning murakkablanishidan iborat shakllar. 
Trigontritetraedr – tetraedrdagi uchburchaklik ko‘rinishdagi yonlarning 
har birini uchlanishi, ya’ni kichik qirralar bilan uchta uchburchaklikka ajralishidan 
hosil bo‘lgan shakl. 
Tetragontritetraedr – bunda ham tetraedr yonlarining har biri uchlangan, 
ya’ni kichik qirralar bilan uchta to‘rt burchaklikka ajralgan.
Pentagon-tritetraedr – bunisida ham tetraedrning yonlari uchlangan
yonlarining har biri uchtadan besh burchaklikka ajralgan.
Kline – qiya 
Poli – ko‘p 
Minera – ma’dan yoki ma’danli tosh 
Ideaxromatik – “idios” – o‘ziniki, “xroma” – rang 
Alloxromatik – “ollos” – tashqi, chet, “xroma” – rang 
Psevdoxromatik – “psevdo” – qalbaki, “xroma” – rang 
Shpat – plastinkacha ma’nosini bildiradi. 
Ma’dan - xalq xo‘jaligida ishlatish mumkin, iqtisodiy jihatdan foydali
texnika taraqqiyotiga muvofiq metall, mineral yoki boshqa birikmalar ajratib olish 
uchun qulay minerallar to‘plami. 
Foydali qazilma deb sanoatda yoki xalq xo‘jaligida qo‘llanishi mumkin 
bo‘lgan, yer bag‘rida joylashgan mineral-larning to‘plamiga aytiladi. Qazib 
olinayotgan foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gaz xolida bo‘lishi mumkin.


316 
Ruda - xalq xo‘jaligida ishlatish mumkin, iqtisodiy jihatdan foydali, texnika 
taraqqiyotiga muvofiq metall, mineral yoki boshqa birikmalar ajratib olish uchun 
qulay minerallar to‘plami. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling