310
30.5-rasm. Lazurit
HCl da lazurit
kukuni osongina rangsizlanib, SiO
2
va H
2
S ajralib
parchalanadi. Dahandam alangasida qaynaydi va oson eriboq shishaga aylanadi.
Lazurit asosan ishqorli intruziv jinslarni ohaktoshlar bilan kontaktida hosil bo‘ladi.
Lazurit bilan bir assotsiatsiyada kal’sit, diopsid, skapolit, gladkolit va sul’fidlar
(xal’kopirit, pirit) keladi. Uning konlari Janubiy Baykal bo‘yida,
hamda
Afg‘onistonda (Badaxshon koni) ma’lum.
30.6-rasm. Lazurit (silliqlangan)
311
Lazurit O‘zbekistonda asosan avvalgi Samarqand, Buxoro, Farg‘onadan
topilgan mineral sifatida juda ko‘p yozmalarda ko‘rsatib o‘tilgan.
Lazurit chiroyli tosh sifatida (30.6-rasm) va ko‘k bo‘yoq olishda ishlatiladi
Nozean – Na
8
[AlSiO
4
]
6
(SO
4
)
Mineralog olim Noza sharafiga Shunday nom bilan atalgan.
Xususiyatlari
bilan u sodalitga juda o‘xshash. Kimyoviy tarkibi 30.8.-jadvalda keltirilgan.
Nozeanni rangi sarg‘ish, yashilroq yoki havorang tusli kulrang, ba’zan oq. Ayrim
fizik xususiyatlari 30.7-jadvalda berilgan. Nozean ishqorli intruziv jinslarda,
asosan effuzivlarda hosil bo‘ladi. Uning konlari
Kanar orollaridagi ishqorli
lavalarda, Italiyada (Al’ban tog‘lari), Sibirda (Minusinsk rayoni) ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: