Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
]·H
2 O Nomi grekcha «anal’kis» - kuchsiz so‘zidan olingan (ishqalanganda kuchsiz elektrlanadi). Kimyoviy tarkibi: Na – 10,4%; Al – 12,3%; Si – 25,5%; O – 50,9%; H – 0,9%. Aralashma sifatida K 2 O, ba’zan CaO va MgO bo‘lishi mumkin. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =13,71. Anal’sim tetragon-trioktaedr va kubik qiyofada yaxshi kristallangan druzalar shaklida uchraydi. Anal’sim rangsiz, oq ba’zan biroz och tusli ranglarda bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Qattiqligi 5-5,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,2-2,3. Optik xususiyatlari: sindirish ko‘rsatkichi 1,489-1,479. Degidratatsiya natijasida kuchsiz ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Anal’simni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar qiyofasi, qattiqligi va dahandam alangasida o‘zini tutishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,45; 2,923; 1,735. Dahandam alangasida oson erib, shaffof shishaga aylanadi. Qizdirganda osonlikcha suvini ajratib xiralashadi. HCl da kremnezem cho‘kindisini ajratib eriydi. Anal’sim gidrotermal yo‘l bilan, asosli effuziv tog‘ jinslarida,sseolitlar bilan mindalsimon bo‘shliqlarni to‘ldirib qotishni oxirgi bosqichida hosil bo‘ladi. Ayrim tog‘ jinslarida (Amerikani Yuqori ko‘l rayonida) anal’sim miqdori 47% gacha etadi. Anal’simni hosil bo‘lishida ekzogen jarayonlar muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayonlarda dala shpatlari, leysit va boshqa minerallar hisobiga yuzaga keladi. Anal’sim konlari ancha ko‘p, ularni eng muhimlaridan Chexoslovakiyadagi, Vezuviy lavalaridagi, Xibin tog‘laridagi, Yakutiyadagi, Qrimdagi konlarini 313 ko‘rsatish mumkin. Anal’sim O‘zbekistonda Lashkerek rudali maydonida, Qurama tog‘larida, Olmaliqdagi mis konida va Shimoliy Farg‘onani kaynozoy yotqiziqlarida kuzatilgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling