Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Ruda gavdasi – turli tog‘ jinslari orasidagi foydali qazilma (ruda)larning 
alohida to‘plangan joyi. 
Ruda belgisi – yetarli o‘rganilmagan yoki qazib olishga yaroqsiz foydali 
qazilmalar yig‘indisi. 
Foydali qazilma koni – o‘ziga xos geologik sharoitda vujudga kelgan, sifati 
sanoat talabiga javob beradigan, miqdori qazib olishga etarli qazilmalarning bir 
yoki bir nechta ruda gavdalari ko‘rinishida to‘plangan joyi. 
Aksessor minerallar (aksessoriyalar) - t.j. tarkibida juda kam miqdoriy 
ko‘rsatkichlarga, lekin muhim ahamiyatga egalar. Ular t.j. hosil bo‘lishi va 
o‘zgarishining turli bosqichlarida allotigen va autigen bo‘lishlari mumkin. 
Birinchisining assotsiatsiyasidan noaniq cho‘kindi jinslar qatlamlarini 
korreksiyalashda va oqib kelgan jinslarni manbaini aniqlashda, autigen a.m. 
yordamida esa, cho‘kindilar o‘osil bo‘lishining fatsial sharoitini tasvirlashda 
foydalanish mumkin. 
Amfibollashuv - magmatik t.j.laridagi piroksenlar va b. minerallarning 
amfibolga aylanish jarayoni. Bu jarayonlar asosan, tarkibi regional metamorfizm 
yoki intruziyalarning kontaktli ta’siriga duchor bo‘lgan magmatik, metamorfik va 
cho‘kindi t.j.lari uchun xosdir. 
Geokimyoviy mezonlar - kimyoviy elementlarning Yer qobig‘ining 
rivojlanish jarayonida turli qismlarida yuzaga keluvchi sharoitlariga nisbatan 
to‘planish, tarqalish yoki neytral xususiyatlarini namoyon etishini ta’qozolovchi 
geokimyoviy ko‘rsatkichlar majmuasi. 
Geokimyoviy izlash - kimyoviy elementlarning litosfera, gidrosfera va 
biosferadagi taqsimlanish qonuniyatlarini konlarni qidirish maqsadlarida tadqiqot 
qilishga asoslangan usul. SHuningdek ularning doirasiga atmogeokimyoviy va 
radiometrik usullar ham kiradi. Ma’danli konlarni izlashda ayniqsa litokimyoviy 


317 
usullar juda katta ahamiyatga ega. Geologiyaqidiruv ishlarining barcha 
bosqichlarida qo‘llaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling