Kristallografiya va mineralogiya


Kaliy natriyli dala shpatlari


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Kaliy natriyli dala shpatlari tarkibi jihatidan K[AlSi
3
O
8
] va Na[AlSi
3
O
8
] ni 
izomorf aralashmasi hisoblanadi. Plagioklazlardan farqli ravishda kaliy-natriyli 
dala shpatlarini komponentlari chegaralangan bo‘lib, ular uzluksiz qator hosil 
qilmaydi. Kaliy natriyli dala shpatlari bir xil mineral sifatida, faqat 900°C dan 


302 
Yuqori temperaturada barqaror hisoblanadi, bundan past temperaturada esa u 
K[AlSi3O8] (ortoklaz yoki mikroklin) va Na[AlSi
3
O
8
] (al’bit)ga parchalanadi. Bu 
parchalanish natijasida, dala shgpatlari gruppasida taraqqiy qilgan pertit deb 
ataladigan ortoklaz bilan al’bit qonuniy o‘sishmalari hosil bo‘ladi. Al’bitni kaliyli 
dala shpatlari bilan o‘sishmasi antipertit deyiladi. Kaliy natriyli dala shpatlari ikki 
qatorga bo‘linadi: monoklin va triklin. Birinchi qatorga sanidin, ortoklaz kiradi. Bu 
ikki mineral tarkibi jihatidan kaliyli dala shpati hisoblanadi. Triklin qatorga 
mikroklin va anortoklaz kiradi. Triklin kaliyli-natriyli dala shpatlarini tarkibi 
(K,Na)[AlSi
3
O
8
] formulasi bilan ifodalanadi, lekin ayrim hollarda Na[AlSi
3
O
8

molekulasini miqdori 50% dan ortiq bo‘lganda formulani (K,Na)[AlSi
3
O
8
] tarzida 
yoziladi. Nomi: ortoklaz grek so‘zlari «ortos» - to‘g‘ri, «klyasis» - yopishish 
(ulanish tekisligi yo‘nalishlari orasida burchak 90°); mikrolin grek so‘zlari 
«mikros» - kichik va «klino» - qiyshiq (ulanish tekisligi yo‘nalishlari orasida 
bo‘rchak to‘g‘ri burchakdan faqatgina 20´ farq qiladi); anortoklaz grekcha «an» - 
yo‘q (ortoklaz yo‘q) degan ma’noni bildiradi.
Kaliy natriyli dala shpatlarini kimyoviy tarkibi 30.5-jadvalda berilgan 
 
30.5-jadval 
Kaliy natriyli dala shpatlarini kimyoviy tarkibi, 
% hisobida 
Mineral 
SiO
2
Al
2
O
3
Na
2

K
2

Aralashmalar 
Sanilin 
64,7-65,7 
18,4-18,7 
0,0-2,9 
12,7-16,9 
Va (5% 
gacha); FeO; 
Fe
2
O

Ortoklaz 
Mikrolin 
Anortoklaz 
65,7-67,7 
18,7-19,2 
2,9-8,9 
4,2-12,7 
CaO (bir 
necha %) 
Sanidin va ortoklazni singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik 
– L
2
PC. 
Kaliy natriyli dala shpatlari donasimon va yirik kristallangan agregatlar 
(mikroklinni ulanish tekisligi bo‘yicha o‘lchanadigan individlarini o‘lchami bir 
necha o‘n santimetr, hattoki metr ham bo‘lishi mumkin), hamda magmatik tog‘ 


303 
jinslarida hol-hol donalar shaklida uchraydi (sanidin). Ko‘pincha ular prizmatik va 
tabletkasimon qiyofada alohida kristallar va druzalar hosil qiladi. Kristallarini 
asosiy formalari sifatida prizmalar va pinakoidlar uchraydi. Ko‘pincha oddiy va 
polisintetik qo‘shaloq kristallari ham uchraydi.
Kaliy natriyli dala shpatlari odatda har xil mexanik aralashmalar hisobiga 
och tusli ranglarda bo‘ladi. Ulanish tekisligi (001) va (010) bo‘yicha mukammal. 
Qattiqligi 6-6,5. Solishtirma og‘irligi 2,55-2,58. Optik xususiyatlari 30.6-jadval. 
30.6-jadval 
Kaliy natriyli dalash shpatlarini optik xususiyatlari 
Mineral 
Ng 
Nm 
Np 
Ng-Np 
2v 
Sanidin 
1,527 
1,527 
1,521 
0,006 
0-30° 
Ortoklaz 
1,526 
1,524 
1,519 
0,007 
60° 
Mikrolin 
1,529 
1,526 
1,522 
0,007 
83° 
Anortoklaz 
1,581 
1,529 
1,523 
0,007 
48° 
Xillari: ortoklazni gidrotermal suvdek shaffof xili adulyar deyiladi. Uni 
kristallari alohida o‘ziga xos qiyofaga ega. Mikroklinni havorang yashil rangli xili 
amazonit yoki amazon toshi deyiladi (30.3-rasm). Amazonit rangini bunday 
bo‘lishi tarkibidagi kaliy ionini qisman rubidiy ioni bilan izomorf almashganligi 
bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Dala shpatlarini xatosiz aniqlash uchun mikroskopik va rentgenometrik 
analizlardan foydalanish zarur. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,02; 3,80; 
3,183 (ortoklaz uchun); 3,22; 2,16; 1,80 (mikroklin uchun). Kislotalarda erimaydi. 
Dahandam alangasida erimaydi.


304 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling