Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
276 Slyudalar gruppasi Slyudalar gruppasi Kimyoviy xususiyatlariga qarab slyudalarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 1. Kaliy-natriyli: muskovit – KAl 2 (OH) 2 [AlSi 3 O 10 ]; paragonit – NaAl 2 (OH) 2 [AlSi 3 O 10 ]; 2. Magnezial temirli: flogopit – KMg 3 (OH,F) 2 [AlSi 3 O 10 ]; biotit – K(Mg,Fe) 3 (OH,F) 2 [AlSi 3 O 10 ]; lepidomelan – KFe 3 (OH) 2 [AlSi 3 O 10 ]; 3. Litiyli: lepidolit – KLi1,5Al1,5(OH,F) 2 [AlSi 3 O 10 ]; Sinval’dit – KLi1,5(Al,Fe)1,5(OH,F) 2 [AlSi 3 O 10 ]; Slyudalarni kristallanish singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Slyudalar qavat-qavat plastinkasimon va tabletkasimon agregatlar hosil qiladi. Kristallari juda kam uchraydi. Ular tabletkasimon, qisqa prizmatik va dipiramidal qiyofaga ega. Slyudalar gruppasi minerallarining fizik xususiyatlari 29.1-jadvalda berilgan. Slyudalarni rangi ularni kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Kaliyli temirsiz slyudalar ochiq rangli, temirlilari qoramtir yoki qora. Ochiq rangli slyudalar ikki o‘qli, qoramtirlari ko‘pincha bir o‘qli bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. Slyudalarni qattiqligi, solishtirma og‘irligi va optik xususiyatlari 29.1- jadvalda keltirilgan. Hamma slyudalar optik manfiy. Optik o‘qlari orasida burchak 0°dan (biotit) 50° gacha (muskovit). Slyudalar tarkibidagi temirni oshishi ularni sindirish ko‘rsatkichini oshirib, optik o‘qlari orasidagi burchakni kamaytiradi. Slyudalar juda Yuqori Om qarshiligiga va elektr izolyasionlik xususiyatiga ega (ayniqsa flogopit va muskovit). Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 10,03; 2,568; 1,498 (muskovit uchun); 4,41; 3,14; 1,492 (paragonit uchun); 3,36; 2,170; 2,006 (flogopit uchun); 10,00; 2,63; 1,541 (biotit uchun); 10,1; 3,36; 2,65 (lepidomelan uchun); 3,36; 2,58; 2,012 (lepidolit uchun); 10,0; 3,34; 2,62 (sinval’dit uchun). Slyudalar ichida eng katta ahamiyatga ega bo‘lganlari muskovit 277 va flogopitdir. Bu minerallar osonlikcha yupqa qavatlarga ajralib, yuqori darajada mexanik va termik chidamlilikka ega. Bu minerallar elektr va radiotexnikada qo‘llaniladigan muhim elektroizolyasion material hisoblanadi. 29.1-jadval Slyudalar gruppasi minerallarining fizik xususiyatlari Mineral Qattiqligi Solishtirma og‘irligi Optik xususiyatlari Ng Nm Np Ng- Np 2v Muskovit 2-3 2,76-3,10 1,588- 1,615 1,582- 1,611 1,552- 1,572 0,036- 0,040 30-45° Flogopit 2-3 2,70-2,85 1,565-1,606 1,535- 1,562 0,030- 0,040 Juda kichik Biotit 2-3 3,02-3,12 1,60-1,66 1,56- 1,60 0,040- 0,060 <5° Lepidolit 2-3 2,8-2,9 1,555- 1,577 1,555- 1,56 1,53- 1,54 0,025- 0,028 0-50° Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling