Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
29. Varaqsimon silikatlar 
Tal’k – Mg
3
[Si
4
O
10
][OH]
2
  
Qadimdan arabchada Shunday nom bilan atalardi.
Kimyoviy tarkibi: Mg – 19,23%; Si – 29,62%; O – 50,62%; N – 0,53%. 
Aralashma sifatida temir, alyuminiy, nikel’ uchraydi.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=5,26; b
0
=9,10; c
0
=18,81; β=100°00´. a
0
:b
0
:c
0
=0,578:1:2,067.
Tal’k varaqsimon, tangasimon agregatlar va yaxlit uyumlar holida uchraydi. 
Yaxlit massalari yog‘li tosh, steatit yoki sovun tosh deb ham ataladi.
Tal’kning rangi och-yashil yoki oq, ba’zan sarg‘ish va qo‘ng‘ir bo‘ladi. 
Yaltirashi shishasimon, sadaf kabi tovlanib turadi. Yupqa varaqchalari shaffof yoki 
qisman nur o‘tkazadi.
Qattiqligi 1. Solishtirma og‘irligi 2,7-2,8. Optik xusuiyatlari: Ng=1,575-
1,590; Np=1,538-1,545; Ng-Np=0,030-0,050; 2v=0-30°. Ulanish tekisligi (001) 
bo‘yicha mukammal, varaqchalari egiluvchan, lekin qayishqoq emas. Qo‘lga 
yog‘langandek tuyuladi, issiqlikni va elektrni yomon o‘tkazadi, o‘tga chidamli.
Tal’k uchun diagnostik belgi bo‘lib, uning kichik qattiqligi, qo‘lga yog‘langandek 
tuyulishi, 
ochiq 
rangi 
va 
mukammal 
ulanish 
tekisligi 
hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 9,25; 3,104; 1,525. Kislotalarda erimaydi. 
Dahandam alangasida oqarib, varaqlarga ajraladi va chekkalari qiyinchilik bilan 
eriboq emalga aylanadi. Kuchli qizdirganda qattiqligi 6 gacha ortib boradi.
Tal’kni asosiy qismi metamorfik yo‘l bilan gidrotermal eritmalarni 
magniyga boy tog‘ jinslariga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi. Metasomatoz 


274 
hodisasi kontakt zonasida bo‘lib, bunda eritmada kelgan kremnezem ishtirok etadi. 
Bu jarayon asosan karbonatli jinslar uchun xarakterli bo‘lib, quyidagi reaksiya 
asosida davom etishi mumkin.
3Mg[CO
3
]+4SiO
2
+H
2
O=Mg
3
(OH)
2
[Si
4
O
10
]+3CO
2
Bunday jarayon bilan hosil bo‘lganda, tal’kni magnezit o‘rnida yuzaga 
kelgan psevdomorfozalari ko‘p uchraydi. Tal’kni o‘ta asos tog‘ jinsi bo‘lgan olivin 
hisobiga quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘lish hollari ham ko‘p uchraydi:
3Mg
2
[SiO
4
]+5SiO
2
+2H
2
O=2Mg
3
(OH)
2
[Si
4
O
10

Tal’k bilan bir assotsiatsiyada serpentin, xlorit, dolomit, aktinolit, turmalin, 
magnetit, temir yaltirog‘i uchraydi. Tal’kning konlari Uralda (29.1-rasm), 
Kanadada ma’lum.
29.1-rasm. Tal’k (Ural) 
Tal’k O‘zbekistonda juda qadimdan ma’lum bo‘lib eng ko‘p uchraydigan 
minerallardan biri hisoblanadi. U Chotqol-Qurama, Zirabuloq-Ziyovitdin, Nurota, 
Sulton-Uizdog‘ tog‘larida ko‘p kuzatilgan.
Tal’k kislotaga va o‘tga chidamli materiallar ishlashda, elektr izolyator 
sifatida ishlatiladi. Toza xillari mashina moylari tayyorlashda, parfyumeriyada 
ishlatiladi. Qog‘oz va rezina sanoatida to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bundan 
tashqari bo‘yoqchilik sanoatida, to‘qimachilikda va sanoatning boshqa sohalarida 
ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling