Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Antofillit – (Mg, Fe)
7
(OH)
2
[Si
8
O
22
 
Nomi grekcha «antos» - gul va «fillos» - varaq so‘zlaridan kelib chiqqan. 
Antofillitni ikki xili ma’lum: asbestga o‘xshash antofillit – uzun ingichka 
tolasimon xili; jedrit antofillit-tarkibida birmuncha miqdorda alyuminiy bo‘lgan 
xili.
Kimyoviy analizlardan ma’lum bo‘lishicha, magniyli-temirli xillari 
aralashmasidan iborat izomorf qatori mavjuddir. Biroq toza temirli xili ham, toza 
magniyli xili ham tabiatda uchramagan.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombik dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Antofillit odatda shu’lasimon, nayzasimon, ko‘pincha tolali agregatlardan iborat 
yaxlit massa holida uchraydi. Kristallari juda kam uchraydi.
Antofillitni rangi och jigarrang, ba’zan yashilroq. Yaltirashi shishasimon. 
Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 5,5-6. Solishtirma og‘irligi 
2,86-3,2. Optik xususiyatlari: Ng=1,625-1,698; Np=1,605-1,668.
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari:8,25; 3,23; 2,84. Kislotalarda 
erimaydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan eriydi. 400°C dan ortiq 
temperaturada qizdirganda monoklin modifikatsiyasiga aylanadi.
Antofillit asosan uncha Yuqori bo‘lmagan temperaturalarda hosil bo‘lgan 
metamorfik tog‘ jinslarda uchraydi. Kristallangan slanetslarda antofillit bilan bir 
assotsiatsiyada shox aldamchisi va korund keladi. Bu mineral Uralni, Sibirni, 
Ukrainani konlarida ma’lum. Antofillit O‘zbekistonda Nurota tog‘laridagi skarn-


273 
sheelitli Qo‘ytosh konida, Sulton-Uizdog‘ tog‘ini janubiy qismida va Qurama 
tog‘idagi Konsoyda uchragan.
Nazorat savollari: 
1. Tremolit va aktinolitga ta’rif bering. 
2. Vollastonit va rodonitning farqi nimada? 
3. Ribekit va glaukofanni amaliy ahamiyati. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling