Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shox aldamchisi
28.1-rasm. Tremolit (Tirol’, Kareliya)
Tremolit temiri kam tog‘ jinslari uchun xarakterli mineral hisoblanadi. Metamorfik ohakli tog‘ jinslarida metamorfizmni quyi bosqichlarida tremolit va marmar bo‘ladi, Yuqori temperaturada o‘zgarganlarida esa diopsid bo‘ladi. 267 Tremolit va aktinolit kristallangan slanetslarni asosiy jins tashkil qiluvchi minerallari bo‘lib, ularni konlari juda ko‘p. O‘zbekistonda tremolit va aktinolitni Chotqol-Qurama tog‘lari va G‘arbiy O‘zbekiston konlari uchun ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kiradi. Tremolit va aktinolitni asbestsimon xillari asbest sifatida ishlatiladi. Nefrit – chiroyli, bir xil rangga va katta solishtirma og‘irlikka egaligi uchun chiroyli tosh sifatida ishlatiladi. Shox aldamchisi–NaCa 2 (Mg,Fe) 4 (Fe,Al)(OH,F) 2 [Al 2 Si 6 O 22 ] Kimyoviy tarkibi 28.1-jadvalda berilgan. Deyarli doimo aralashma sifatida TiO 2 bo‘ladi. Shox aldamchilarini tarkibida temiri kam bo‘lgan xili – pargasit, natriy bilan to‘yingan temiri ko‘p xili – gastingsit deyiladi. Bundan tashqari oddiy shox aldamchisi (qoramtir-yashil) va bazal’tli (smolasimon qora) xillariga ajratiladi (Bu mineral mikroskop ostida qo‘ng‘ir rangli pleoxroizmga ega). Avgit o‘rnida psevdomorfoza hosil qilgan shox aldamchisini tolasimon xili uralit deyiladi. Shox aldamchisi prizmatik, ustunsimon, ba’zan izometrik hamda qo‘shaloq kristallar tarzida uchraydi. Shox aldamchilarini rangi och yashildan qoramtir yashilgacha va qora bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Boshqa fizik xususiyatlari 28.2-jadvalda berilgan. Mikroskop ostidagi rangiga qarab shox aldamchisi ikki xilga ajratiladi: yashil va aniq pleoxroizmli qo‘ng‘ir. Shox aldamchisini aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar qiyofasi va rangi hisoblanadi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan erib qoramtir yashil shishaga aylanadi. Shox aldamchisi magmatik va metamorfik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Magmatik tog‘ jinslarda chuqurlikdagi intruziv jinslarda yuzaga kelib, piroksen bilan birgalikda uchraydi (asosan dioritlarda). Shox aldamchisi asosan kremniy kislotasi ko‘p bo‘lgan tog‘ jinslarda uchraydi, kremniy kislotasi kam bo‘lgan joyda esa piroksenlar uchraydi. Metamorfik jarayolarda shox aldamchisi amfibolitlar degan tog‘ jinslarini hosil qiladi. Buni hosil bo‘lish temperaturasi, aktinolit hosil 268 bo‘lish temperaturasidan Yuqori bo‘lib, piroksennikidan kam bo‘ladi. Metamorfik tog‘ jinslarida asosan yashil shox aldamchisi uchraydi. Shox aldamchisi konlari juda ko‘p. Shox aldamchisi O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydigan minerallardan biri bo‘lib, juda ko‘p kuzatilgan va o‘rganilgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling