Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27.2-rasm.
27.1-rasm. Zumrat (Ural) 259 4. Geliodor – sariq rangli shaffof xili (tarkibida Fe 2 O 3 aralashmasi bo‘ladi). Berillni yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi mukammal emas. Notekis, ko‘pincha chig‘anoqqa o‘xshash yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi 7,5-8. Solishtirma og‘irligi – 2,63-2,91. Optik xususiyatlari: bir o‘qli Nm=1,568-1,602; Np=1,564-1,595; Nm-Np=0,004-0,007. Berillni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar formasi va yuqori darajadagi qattiqligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,238; 2,874; 0,8066. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi, faqat qirralarigina eriydi. Hosil bo‘lishi jihatidan berill pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarni mahsuloti hisoblanadi. Ko‘pincha u pegmatit tomirlarda (27.2-rasm), greyzenlarda hamda kristallangan slanetslarda uchraydi. Berill asosan nordon magmatik tog‘ jinslari (granit) va ularni pegmatitlari bilan bog‘liq. Berill bilan bir assotsiatsiyada kvars, dala shpatlari, topaz, turmalin, flyuorit uchraydi. Greyzenlarda kassiterit, vol’framit, molibdenit bilan birga uchraydi. 27.2-rasm. Berill pegmatitda Berill konlari Kolumbiyada (Muso shaxtasidan zumrad olinadi), Amerikada (Olbani koni bu erda og‘irligi 16 tonna atrofida, uzunligi 5 va diametri 1,5 metr atrofida bo‘lgan berillni gigant kristali topilgan), Afrikada (Transvall), Madagaskar orollarida ma’lum. 260 Diopsid – CaMg[Si 2 O 6 ] va Gedenbergit – CaFe[Si 2 O 6 ]. Diopsid va gedenbergit izomorf qatorni cheka a’zolari bo‘lib, qo‘shaloq tuzlar hisoblanadi. Diopsidni nomi grekcha «di» - ikki va «opsis» - ko‘rinish degan so‘zlardan kelib chiqqan. Gedenbergit – shvetsiyalik ximik L.Gedenberg sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Diopsid – gedenbergit qatorida quyidagi xillari ajratiladi: 1) shefferit – tarkibida 8% marganets oksidi bo‘lgan diopsid; 2) salit – diopsid va gedenbergitni izomorf aralashmasi; 3) omfatsit – asosan kristallangan slanetslarda uchraydigan natriy oksidli o‘tdek yashil diopsid; 4) pidjonit – magnezial diopsid (diopsid va klinoenstatitni izomorf aralashmasi); 5) xromdiopsid – tarkibida 7% gacha xrom oksidi bo‘lgan diopsid; 6) lavrovit – tarkibida 2,5% gacha vanadiy oksidi bo‘lgan diopsid. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,00; 2,523; 1,616. Diopsid va gedenbergit monoklin piroksenlar ichida eng ko‘p tarqalgani hisoblanadi. Ular magmatik jarayonlarda hosil bo‘lib, kvars va kaliyli dala shpatlari bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Metamorfik tog‘ jinslarda ham ko‘p uchraydi. Toza diopsidlar marmarlar va metasomatik jarayonlar uchun xarakterli bo‘lib, kal’siyli granatlar, vollastonit, vezuvian va boshqa kal’siyli minerallar bilan birgalikda uchraydi. Metamorfik jarayonlardagi diopsid Yuqori temperaturada hosil bo‘lib, past temperaturada hosil bo‘lgan gidrotermal diopsid ham ma’lum. Diopsidni yaxshi hosil bo‘lgan kristallari (27.3-rasm) Zabaykal’eda (Slyudyanka), Janubiy Uralda (Nazyamsk tog‘lari), Vezuviyda ma’lum. Gedenbergit ko‘pincha skarn konlarida uchraydi. Avgit – Ca(Mg,Fe,Al)[(Si,Al) 2 O 6 ] Nomi grekcha «avge» - yaltiroq so‘zidan kelib chiqqan (bu mineral kristallarini tomonlari ko‘pincha yaltirab turadi). Avgitni quyidagi xillari ma’lum: oddiy avgit – qoramtir yashil va yashilroq qora rangli; bazal’tli avgit – effuziv tog‘ jinslarida uchrab, tarkibida titan va marganets bo‘lib, qo‘ng‘ir-qora rangli bo‘ladi. Avgit o‘ziga xarakterli prizma va pinakoid bilan tugaydigan qisqa ustunsimon kristallar hosil qiladi. Ba’zan kristallari tabletkasimon. Avgitni yaxlit donasimon massalari ham ma’lum ko‘pincha qo‘shaloq polisintetik kristallari ham 261 uchraydi. Polisintetik qo‘shaloq kristallaridan tashqari, oddiy qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,98; 2,522; 1,619. Avgit kremnezem etishmaydigan Yuqori temperaturali magmatik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Asosan tomirli va intruziv tog‘ jinslarda, ba’zan ohaktoshlar kontaktida uchraydi. Avgit bilan bir assotsiatsiyada olivin, boshqa piroksenlar, leysit, nefelin uchraydi, lekin kvars birgalikda hech qachon uchramaydi.Postmagmatik eritmalar ta’sirida u, avgit bo‘yicha psevdomorfozalar hosil qiluvchi xlorit va shox aldamchisiga aylanadi. Bu psevdomorfozalar uralit deyilib, avgitdan shox aldamchisiga o‘tish jarayoni uralitizatsiya deyiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling