Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Xromit – FeCr
2 O 4 Nomi tarkibidagi xrom elementiga qarab qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: Fe – 24,95%; Cr – 46,46%; O – 28,59%. Izomorf aralashma sifatida Mg, Al bo‘lib bular ishtirokida quyidagi minerallar ma’lum: 1) magnezioxromit – (Mg,Fe)Cr 2 O 4 ; 2) alyumoxromit – Fe (Cr,Al) 2 O 4 ; 3) xrompikotit – (Mg,Fe)(Cr,Al) 2 O 4 . Bu minerallar xusuiyatlari bilan bir-biriga juda yaqin bo‘lganligi sababli xromshpinelidlar deb ataladigan gruppani tashkil qiladi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =8,305. Yaxlit donador agregatlar, hamda shakli to‘g‘ri bo‘lmagan yumaloq donalar holida uchraydi. Kristallari kam uchrab oktaedrik qiyofaga ega bo‘ladi. Xromitni rangi qora, chizig‘ini rangi qo‘ng‘ir. Yaltirashi metallga o‘xshash. Ulanish tekisligi yo‘q. FeO va Fe 2 O 3 ko‘p bo‘lgan va Cr 2 O 3 kam bo‘lgan xillari kuchli magnitlik xususiyatiga ega. Qattiqligi 5,5-7,5. Solishtirma og‘irligi 4-4,8. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rangi jigarrangdan qoramtir jigarranggacha N=2,07-2,16. Silliqlangan shliflarda kulrang- oq bo‘lib, jigarrang va jigarrang qizil ichki reflekslariga ega. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 12%. 172 Xromitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib qora rangi, chizig‘ini qo‘ng‘irligi, qattiqligini Yuqoriligi, xrom reaksiyasi va o‘ta asos jinslar bilan bog‘liqligi xizmat qiladi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi. Sun’iy yo‘l bilan xromitni Cr 2 O 3 va Al 2 O 3 ko‘p bo‘lmagan peridotit tarkibli silikatli eritmalarni kristalizatsiyalash, hamda Cr 2 O 3 , FeCl 2 ni kriolitli (Na 3 AlF 6 ) tigelda kuchli qizdirish yo‘li bilan olish mumkin. Xromitlar xol-xol donalar va yaxlit uyumlar holida o‘ta asos jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan magmatik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Xromitlar bilan bir assotsiatsiyada serpentin, olivin, xloritlar, granatlar, vezuvian, piroksen, tal’k, platina uchraydi. Konlari Afrikada (Shimoliy Rodeziya), Yangi Kaledoniyada, Uralda (Saranovsk, Kempirsoy) ma’lum. Xromitlar O‘zbekistonda Qizilqumda (Tomdi, Kokpotas). Molguzar tog‘larida, Shimoliy Nurotada, Janubiy Farg‘onada kuzatilgan. Xromitlar yerni yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarda to‘planadi. Xromit rudalari ferroxrom eritiladigan birdan-bir manbadir. Ferroxrom Yuqori sifatli po‘latni maxsus navlarini olishda, metall sanoatida xromlashda ya’ni har xil metall buyumlarni korroziyaga qarshi xrom bilan qoplashda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari ximiya sanoatida aynamaydigan har xil bo‘yoqlar tayyorlashda ko‘nchilikda, kimyoviy prepararatlar tayyorlashda ishlatiladi. Sifati past xillari o‘tga chidamli g‘ishtlar tayyorlashda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling