Kristallografiya va mineralogiya


 Gidroksidlar yoki gidroksilli oksidlar


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
20.2. Gidroksidlar yoki gidroksilli oksidlar 
Brusit – Mg(OH)

Amerikalik mineralog Archibal’d Brus (1777 - 1818) nomiga qo‘yilgan. 
Kimyoviy tarkibi: Mg = 41,68%; O = 54,86%; N = 3,46%. Izomorf aralashma 
sifatida Fe (Ferrobrusit) va Mn (Manganobrusit) bo‘lishi mumkin.
Brusitni asbestga o‘xshash tolasimon xili nemalit (grekcha «nema» - ip, 
«litos» - tosh) deyiladi.
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal – skalenoedrik – 
L
3
3L
2
3PC. Fazoviy panjarasi: a
0
=3,125; c
0
=4,75; a
0
:b
0
=1:1,520.


173 
Tashqi ko‘rinishi jihatdan gipsga o‘xshash yaxlit varaqsimon massalar 
holida uchraydi. Kristallari odatda tabletkasimon bo‘ladi. Ba’zan parallel – 
tolasimon (nemalit) agregatlar holida ham uchraydi.
Brusitning rangi oq, ba’zan yashilroq bo‘ladi. Chizig‘ini rangi oq. Yaltirashi 
singan joylarida shishasimon bo‘lib, ulanish tekisligi yuzalarida sadafsimon. 
Shaffof. Ulanish tekisligi (0001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 2,5. Yupqa 
varaqlari egiluvchan. Solishtirma og‘irligi 2,3 – 2,4. Piroelektrik xususiyatga ega. 
Optik xususiyatlari: bir o‘qli musbat, Ng=1,580; Nm=1,559.
Brusit 
uchun 
diagnostik 
belgi 
bo‘lib, 
optik 
xususiyatlari 
va 
rentgenogrammalari hisoblanadi. Rentgenogramma-dagi chiziqlari: 2,361; 1,793; 
1,189. Kislotalarda eriydi. Dahandam alangasida erimaydi. Qizdirilganda yorqin 
nur sochadi. Yopiq trubkada suv ajralib chiqadi.
Sun’iy yo‘l bilan brusitni, KOH bilan o‘ta to‘yingan MgCl
2
eritmasini 200°C 
gacha qizidirib olish mumkin.
Ishqorli muhitda, ikkilamchi mahsulot sifatida magnezial silikatlardan, issiq 
va sovuq suvlar ta’sirida hosil b
O‘
ladi. Brusitni gidromagnezitga o‘tish hollari ham 
kuzatiladi. Bular bilan birgalikda serpentin, magnezit, gidromagnezit va xlorit 
uchraydi. Dolomitli ohaktoshlarda ham uchrash hollari kuzatilgan. Brusit Ural
Kavkaz, Sibirni serpentinitli massivlarida uchraydi. Bundan tashqari konlari 
Amerika va Kanada ham ma’lum. O‘zbekistonda brusit va uning tolasimon xili 
nemalit Chotqol-Qurama tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonda uchraydi.
Yer yuzida brusit karbonatlarga aylanadi. Brusitni dolomit bo‘yicha 
psevdomorfozalari ma’lum.
Katta uyumlar holida topilganida magniy olish uchun manba bo‘lib xizmat 
qiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling