Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Argentit – Ag
2 S Mineralning nomi lotincha «argentum» - kumush so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi – kumushdek yaltiroq. Kukunsimon xili «kumush qorasi» deb ataladi. Ag 2 S ikki xil modifikatsiyada: 1) Yuqori temperaturada paydo bo‘lgan, 179° dan Yuqori temperaturada turg‘un kubik modifikatsiya – argentit va 2) 179° dan past temperaturada paydo bo‘lgan; rombik modifikatsiya – akantit holida topiladi. Kimyoviy tarkibi: Ag – 87,1%; S – 12,9%. Izomorf aralashma sifatida Cu uchraydi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi – geksaoktaedrik – 3L 4 4L 3 69PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,89. Agregatlari donasimon yoki yaxlit uyumlar, ba’zan kubik va oktaedrik qiyofaga ega bo‘lgan kristallar tarzida uchraydi. Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Argentitning rangi qoramtir, qo‘rg‘onishdek kulrang, chizig‘i yaltiroq kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (100) va (110) bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi 2-2,5. Solishtirma og‘irligi 7,2-7,4. Elektr tokini Yuqori temperaturadagina o‘tkazadi. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 36%. Argentitni kichik qattiqligi, pachaqlanuvchanligi va solishtirma og‘irligiga qarab ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,83; 2,59; 2,43; 2,37; 2,21. Argentit HNO 3 da eriydi va S ajralib chiqadi, eritmaga HCl qo‘shilsa, quyuq suzmaga o‘xshash oq cho‘kindi AgCl hosil bo‘ladi. Dahandam alangasida ko‘mir 102 ustida oksidlanish alangasida erib oltingugurt bug‘lari ajralib chiqadi, va kumush gardlarini hosil qiladi. Argentit gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lib, asosan epitermal tipdagi kobal’t-nikel’-kumushli tomirsimon formatsiya bilan bog‘liq. Bu erda u sof tug‘ma kumush va uning sul’fosollari (pirargirit – Ag 3 SbS 3 , prustit – Ag 3 AsS 3 , stefanit – Ag 5 SbS 4 ), hamda oltin (17.3-rasm), aynama rudalar, galenit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Argentitning asosiy qismi polimetall konlarni oksidlanish zonasida uchraydi va quyidagi reaksiya asosida yuzaga keladi: Ag 3 SbS 3 2 Oksidlanish zonasida argentit, birlamchi oksidlanmagan sul’fidlar, hamda xal’kozin (Cu 2 S),sserussit [Pb(CO 3 )], kerargirit (AgCl), sof tug‘ma kumush va qo‘ng‘ir temirtoshlar bilan birgalikda uchraydi. Uning yirik konlari Norvegiyada (Kongberg), Meksikada (Sakatekas, Guanaxuato, Pachuka), Saksoniyada (Annaberg, Shneeberg, Freyberg), Chexoslovakiyada (Yaximov), Oltoyda, Sharqiy Zabaykal’eda ma’lum. O‘zbekistonda argentit Qurama tog‘laridagi rudali konlarda, Janubiy O‘zbekistonni kolchedan-polimetall konlarida va Markaziy Qizilqumda topilgan. Yerning yuza qismida argentit barqaror bo‘lmay oksidlanadi va sof tug‘ma kumushga aylanadi. Kuchli yorug‘lik ta’sirida argentitning jilolangan yuzasi qoramtir bo‘lib qoladi. Tarkibida kumush bo‘lgan boshqa minerallar bilan birgalikda kumush olinadigan manba bo‘lib xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling