Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
17.5-rasm. Sof tug‘ma oltingugurt
Tog‘ jinslarini bo‘shliqlari bo‘yicha harakat qilib oltingugurtli vodorod hisobiga hosil bo‘lgan konlardan Farg‘onadagi Shorsu (17.5-rasm), Qaurdak konlarini ko‘rsatish mumkin. Bu erda oltingugurt bilan bir assotsiyasiyada bitumlar, gips,sselestin, kal’sit, aragonit uchraydi. Qoraqum cho‘llarida - kremniyli 95 qobiq bilan qoplangan tepalar bo‘lib achchiq toshlar, kvars, xal’sedon, opal va boshqa minerallar bilan bir assotsiyasiyada topiladi. Oltingugurt asosan sanoatning ko‘pgina tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan sul’fat kislotasi ishlab chiqarish uchun, qishloq ho‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda, rezina sanoatida (vulkanizatsiyalash), gugurtlar, mushaklar, bo‘yoqlar tayyorlashda, qog‘oz sanoatida, portlovchi moddalar olishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Olmos – C. Mineralning nomi grekcha “adamas” – engilmas degan so‘zdan kelib chiqqan (juda Yuqori darajadagi qattiqligi va kimyoviy birqarorligi ko‘zda tutilgan bo‘lsa kerak). Xillari: 1) Bort – noto‘g‘ri shaklda o‘sishgan va nur kabi tuzilgan sharsimon agregatlari. 2) Ballas – strukturasi yadro shaklida bo‘lgan, mayda zarrali qavat bilan qoplangan, sharsimon bortlar. 3) Karbonado – amorf grafit va boshqa aralashmalar bilan qoramtir rangga bo‘yalgan – mayin donador g‘ovak agregatlari. Qirralangan olmoslar brilliant deb ataladi. Kimyoviy tarkibi. Rangsiz xillari sof ugleroddan tarkib topadi. Rangli va shaffof bo‘lmagan xillari, yondirganda 0,13 dan 4,8% gacha kuymaydigan qoldiq qoldiradi. Bu qoldiqqa asosan Fe 2 O 3 , SiO 2 , CaO kiradi. Singoniyasi - kubik, simmetriya ko‘rinishi geksatetraedrik. Olmos strukturasi yonlari markazlashgan kubik panjara shaklida bo‘lib, bunda uglerod atomlari elementar kubik yacheykaning uchlarida va yonlarini o‘rtasida joylashadi. Lekin oddiy yonlari markazlashgan elementar kubni panjarasidan, olmosni strukturasi sakkizta kubni to‘rttasini o‘rtasida joylashgan uglerod atomi borligi bilan farq qiladi. Buning natijasida markazi to‘ldirilgan va markazi bo‘sh kublar ketinma – ketin keladi. Panjaradagi uglerodni har bir atomi, gomopolyar bog‘lanish burchagi bilan qo‘shni tetraedrik shaklda joylashgan katta atom bilan juda mustahkam bog‘langan. 96 Olmos – yaxshi kristallografik individuallashgan mineral. Olmosni kristallarini tashqi ko‘rinishini belgilovchi asosiy formalari oktaedr {111}, rombik dodekaedr{110}, kub{100} va ularni kombinatsiyalaridir. Tekis qirralangan kristallaridan tashqari qiyshiq qirralangan kristallari ham uchraydi. Ular oktaedroid, dodekaedroid, geksaedroid deyiladi. Ayrim olimlar buni o‘sish natijasida hosil bo‘lgan deyishsa, ayrimlari erish natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashadi. Olmoslarning og‘irligi karat bilan o‘lchanadi. 1 karat 0,2 grammga teng. Olmoslarning o‘rtacha o‘lchami 0,2 – 0,3 karatga teng. Hozirgi paytgacha topilgan eng yirik olmos “Kullinan” – 3025, 24 karatga teng. Hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng yirik kristallari quyidagilardan iborat: “Ekssel’zior” – 969,5; “Viktoriya” – 457; “Orlov” – 199,6; “Florentets” – 133; “Regent” – 137; “YUjnaya zvezda” – 125,5; “Zvezda S’erra - Leone” – 969,8; “50 let Aeroflota” – 232. Olmosning rangi rangsiz bo‘lib, qoramtir, qizil, sariq, ko‘k, havorang va yashil xillari ham uchraydi. Olmosning sindirish ko‘rsatkichi juda yuqori bo‘lib (2,40 – 2,46), kuchli olmossimon yaltirashga sabab bo‘ladi. Olmosning qattiqligi 10 bo‘lib, kvarsdan 1000marta, korunddan 150 marta ortiq. Ulanish tekisligi {111}bo‘yicha o‘rtacha. Solishtirma og‘irligi 3,47 – 3,56. Olmos mo‘rt bo‘lib, kuchsiz elektr o‘tkazuvchan. Olmosning eng xarakterli diagnostik belgilari uning juda qattiqligi va Yuqori darajadagi sindirish ko‘rsatkichiga egaligi, kristallarining qiyshiq bo‘lishi va ul’trabinafsha nurlar ta’sirida lyuminissen-siyalanishidir (havorang ko‘k, ba’zan sariq va yashil ranglarda). Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari 2,05; 1,26; 0,721. Olmos konlari tub (birlamchi) va sochilma (ikkilamchi) konlarga bo‘linadi. Olmosning tub konlari o‘ta asos tog‘ jinslari bilan bog‘liq (peridotit va kimberlitlar). Olmosning kris-tallanishi juda katta chuqurliklarda yuqori bosim va temperatura asosida sodir bo‘ladi. Olmos bilan bir assotsiyasiyada grafit, olivin, xrom shpinelidlar, il’menit, pirop, magnetit, gematit va boshqa minerallar uchraydi. 97 Olmosning sochilma konlari tub konlarning parchalanishi natijasida, hamda sochilma konlarnng nurash jarayonida (qumtosh va konglomeratlar) yuzaga keladi. Olmos zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi, lekin u texnik maqsadlarda ham juda zarur bo‘lganligi uchun bu sohada ko‘proq ishlatiladi. Shu sababli olmoslar ikki turga bo‘linadi. Zargarlik va texnikada ishlatiladigan olmoslar. Zargarlik maqsadida ishlatiladigan olmoslar yuqori sifatli, juda yaxshi formaga ega bo‘lgan, juda shaffof, chiroyli, bir xil rangli bo‘lishi kerak. Texnik olmoslar foydalaniladigan olmoslarni 75,85% ni tashkil qiladi. Bular asosan olmos bilan burg‘ulashda, har xil asbob – uskunalar tayyorlashda, abraziv, kesuvchi, silliqlovchi materiallar sifatida ishlatiladi. Texnik maqsadlarda odatda zargarlik maqsadlarida ishlatib bo‘lmaydigan mayda olmoslar, hamda bort, ballas va karbonadodan foydalaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling