Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Grafit – C  
Nomi grekcha “grafo” – yozaman degan so‘zdan kelib chiqqan.
Xillari: Grafitit – yashirin kristallangan xili, Shungit – amorf xili (ko‘mirni tabiiy 
kokslanishi natijasida yuzaga kelsa kerak).
Kimyoviy tarkibi: Grafit kamdan – kam toza bo‘ladi. Odatda 10 – 20% 
gacha SiO
2
, FeO, Al
2
O
3
, MgO, hamda suv, bitum va gazlardan (10 – 20%) iborat 
aralashmalar bo‘ladi.
Singoniyasi geksagonal. Simmetriya ko‘rinishi digeksagonal’ – dipiramidal 
– L
6
6L
2
7PC.
Grafitning to‘g‘ri tuzilgan kristallari kamdan - kam uchraydi. Ular ba’zan 
{0001} yonlari uchburchakli chiziqchalar bilan qoplangan olti burchakli 
plastinkachalar, tablet-kachalar shaklida bo‘ladi. Agregatlari tangasimon va 
plastinkasimon.
Grafitning rangi temirdek qora va po‘latdek kulrang. Kuchli metallsimon 
yaltiraydi. U optik manfiy. Sindirish ko‘rsatkichi Nm=1,93 – 2,07. Qattiqligi 1. U 
qo‘lga yog‘langandek tuyuladi. Grafit qo‘lni va qog‘ozni qoraytiradi. Ulanish 
tekisligi {0001} bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 2,09 – 2,23. Elektrni 
yaxshi o‘tkazadi.


98 
Grafit rangi, kichik qattiqligi va qo‘lga yog‘langandek tuyulishiga qarab 
oson bilinadi. Daxandam alangasida, kislotalarda erimaydi.
Yuqori temperaturada, elektr pechkalarda sun’iy bilan ko‘mirdan (antratsit) 
olish mumkin.
Konlarda grafit quyidagi genetik tiplarda uchraydi; cho‘kindi-metamorfik, 
magmatik, postmagmatik.
Cho‘kindi metamorfik tip kembriygacha va quyi paleozoy metamorfik 
yotqiziqlarida, hamda paleozoy marmarlarida, linzalar, uyumlar, tomirlar sifatida 
uchraydi (Auminzatau, Ayakshi, Almeli, Tutaksoy, Zaxchaxona va boshqalar).
Grafit mineralizatsiyasining magmatik tipi Kul’juktau tog‘laridagi (Bel’tau, 
Shaydaraz, Taushan massivlari) gabbroidli intruzivlarda va Qoratepa, Zirabuloq
Kul’juktau granitoidlarida uchraydi. Bunday joylarda grafit o‘zgargan tog‘ 
jinslaridagi jins tashkil qiluvchi minerallarni o‘rnini egallab, xol-xol donalar va 
uyumlar tarzida uchraydi.
Petmatitlarda grafit linzasimon shaklda uchraydi (Derbez-I).
Grafitni postmagmatik mineralizatsiyalari Kul’juktau tog‘larini o‘rta qismida 
Ziyoviddin tog‘larini g‘arbidagi granitni muskovitlashgan zonalarida, qalayli 
greyzenlarda (Changali), o‘zgargan gabbroni sul’fid-nikelli mineralizatsiyalashgan 
(Taskazgan) joylarida uchraydi. Bu erda grafit sochilgan xol-xol donalar va har xil 
uyumlar tarzida uchraydi.
Taskazgan grafitlari juda yaxshi texnologik xususiyatlarga ega bo‘lib, sifati 
jihatidan eng yaxshisseylon grafitlariga to‘g‘ri kelib, sanoatni har xil sohalarida 
ishlatilishi mumkin.
Grafit sanoatning xilma-xil tarmoqlarida, tigellar tayyorlashda, qalamlar, 
elektrodlar ishlab chiqarishda, ishqalanuvchi qismlarni moylashda, bo‘yoqchilikda 
va boshqa sohalarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling