Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Qahrabo – C
10
N
16
O
Kimyoviy tarkibi: C – 79%; N – 11%; O – 10%. Oz miqdorda oltingugurt 
aralashmasi bo‘lishi mumkin ( 0,26 – 0,42%).
Kristall strukturasi - amorf modda.


99 
Qahraboning rangi har xil tusdagi sariqdan sarg‘ish qizil va sarg‘ish 
qo‘ng‘irgacha. Yaltirashi smolasimon. shaffof va yarim shaffof. Qattiqligi 2 – 2,5. 
Mo‘rt. Yo‘nilishi va ishlanishi oson. Solishtirma og‘irligi 1,05 – 1,1. Elektrni 
yomon o‘tkazadi. Materialga ishqalanganda yoki qizdirganda elektrlanadi.
Hush havo chiqarib yonadi (yoqimli xid). Benzol va oltingugurtli uglerodda 
oson eriydi. 250 – 400°C da yonadi (150°C da yumshaydi).
Qahrabo uchlamchi davrdagi daraxtlarda smola sifatida yuzaga keladi. 
Asosan Ukrainaning uchlamchi davr yotqiziqlarida juda ko‘p uchraydi va yirik 
konlari ma’lum.
Elektr tokini kam o‘tkazishiga qarab elektrotexnikada izolyator sifatida 
ishlatiladi. Bundan tashqari qahrabo kislotasi olishda, meditsina preparatlari va 
reaktivlarda ishlatiladi. Chiroyli jilolangan material sifatida zebi – ziynat 
buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Nazorat savollari: 
1. Oltinga ta’rif bering. 
2. Platinaning asosiy xossalarini ayting. 
3. Oltingugurtning ishlatilishi. 
4. Olmosning paydo bo‘lishi va xossalari. 
5. Grafitning fizik xossalarini ayting. 
 
18. Sul’fidlar 
Xal’kozin – Cu
2
S 
Nomi grekcha «xal’kos» - mis so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi: mis 
yaltirog‘i Cu
2
S uch modifikatsiyada topiladi – biri quyi temperaturada hosil bo‘lib, 
91° dan past temperaturada turg‘un, rombik singoniyada kristallanadi (haqiqiy 
xal’kozin yoki β-xal’kozin) va ikkitasi Yuqori temperaturada (91° dan Yuqori) 
hosil bo‘lib, geksagonal va kubik singoniyada kristallanadi (α-xal’kozin). 
Geksagonal singoniyasida kristallangan modifikatsiyasi turg‘un emas, parchalanib 
kubik singoniyada kristallangan modifikatsiyaga – α xal’kozin (digenit)ga 
aylanadi. Kimyoviy tarkibi: Cu – 79,85%, S – 20,15%. Aralashma sifatida 


100 
ko‘pincha Ag, ba’zan Fe, Co, Ni, As, Au aralashmalari bo‘ladi. Singoniyasi 
rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidial’ – 3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: 
a
0
=11,92; b
0
=27,33; c
0
=13,44; a
0
:b
0
:c0= 0,435:1:0,492
Xal’kozin odatda donador uyumlar va xol-xol donlar holida uchraydi
kristall holida esa juda kam uchraydi. Xal’kozinni kristallari ko‘pincha qalin 
tabletkasimon yoki qisqa stolbasimon qiyofaga ega. Xal’kozinni rangi 
qo‘rg‘oshindek kulrang, chizig‘ini rangi qoramtir kulrang, yaltirashi metallsimon. 
Qattiqligi 2-3. solishtirma og‘irligi 5,5-5,8. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha 
mukammal emas. U eziluvchan, elektrni yaxshi o‘tkazadi.
Xal’kozin uchun diagnostik belgi bo‘lib qo‘rg‘oshindek kul rangi
qattiqligining kichikligi, eziluvchanligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 2,40; 1,99; 1,89. Xal’kozin kislotalarda, ayniqsa HNO
3
da oson eriydi 
va oltingugurt ajralib chiqadi. Dahandam alangasida eriydi va alangani havorang 
tusga kiritadi. Ko‘mir ustida soda bilan qizdirganda sof mis sharchasi olinadi. 
O‘ziga o‘xshash aynama rudadan eziluvchanligi bilan ajrab turadi (pichoq bilan 
chizganda yaltiroq chiziq qoldiradi).
Sun’iy yo‘l bilan xal’kozin mis sul’fidi qotishmasini vakuumda eriguncha 
qizdirish yo‘li bilan olinadi. Xal’kozin asosan tarkibida mis bo‘lgan minerallarni 
oksidlanishi natijasida quyidagi reaksiya asosida yuzaga kelib, ikkilamchi sul’fidga 
boyitilgan zonalarda uchraydi.
Cu
5
FeS
4
+CuSO
4
=2Cu
2
S+2CuS+FeSO
4
Ko‘pincha xal’kozin cho‘kindi jinslarda, asosan misli qumtoshlarda 
uchraydigan o‘simlik qoldiqlarida psedomorfozalar hosil qiladi. Oksidlanish 
zonasida xal’kozin, har xil parchalanmagan birlamchi sul’fidlar kovellin (CuS), 
argentit (Ag
2
S), sof tug‘ma mis, sof tug‘ma kumush va boshqa minerallar bilan 
birgalikda uchraydi. Oz miqdorda xal’kozin past temperaturali gidrotermal 
tomirlarda endogen bornit (Cu
5
FeS
4
) bilan birgalikda uchraydi.
Xal’kozin kislorodli nurash zonasida turg‘un emas, parchalanib kuprit (Cu
2
O), 
malaxit, azurit kabi misning boshqa kislorodli birikmalariga aylanadi.


101 
Xal’kozin rudalarining katta konlari nisbatan kam. Bir muncha ko‘p 
miqdorda u misga boy bo‘lgan sul’fid konlarining uzoq vaqt taraqqiy etgan juda 
katta oksidlanish zonasidan pastda hosil bo‘ladi. Bunda xal’kozin misning asosiy 
minerali sifatida ikkilamchi sul’fidli boyish zonasini tashkil qiladi.
Konlaridan Amerikadagi Nevada, Arizona, Yuta (Bingem) shtatlarida 
uchraydigan konlarini ko‘rsatish mumkin. Yirik konlaridan Qozog‘istondagi 
Jezqozg‘on va O‘zbekistondagi – Olmaliqdagi konlarini ko‘rsatish mumkin. 
O‘zbekistonda yana Chotqol tog‘larini janubi-g‘arbida va Hisor tog‘larida 
uchraydi. Xal’kozin misga eng boy sul’fid hisoblanadi. Hozirgi vaqtda butun 
dunyoda qazib olinayotgan misning ko‘p qismi shu xal’kozin rudalariga to‘g‘ri 
keladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling