Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

14.2. Izomorfizm
Har xil tarkibli kristallangan moddalarning kristall strukturasi bir xil bo‘lib, 
tarkibi uzluksiz o‘zgaruvchan aralashmalar hosil qilish qobiliyati ko‘p jihatdan 
izmorfizmga, ya’ni kimyoviy elementlarning o‘xshash tarkibli kimyoviy 
birikmalarda bir-birini almashtira olish xususiyatiga asoslanadi. 
Shuning uchun izomorfizm termini ikki bir-biriga yaqin tushunchalarni 
ifodalashda ishlatiladi. Birinchisi, turli kimyoviy tarkibdagi kristallarning formalari 
va strukturalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgan holda, ikkinchisi, o‘zgaruvchan 
tarkibli birikmalarda strukturani o‘zgartirmay bir atomning (yoki ionning) o‘rnini 
ikkinchi bir atom (yoki ion) almashtirgan holda izomorfizmga xos bo‘lgan ikkinchi 
tushunchani ko‘rib chiqamiz. Kristall panjaradagi atom yoki ionlarning o‘rin 
almashishi quyidagi hollarda bajariladi: strukturaviy birliklar geometrik va 
kimyoviy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan hollarda. Kimyoviy yaqin bo‘lishi 
uchun atom va ionlarning valentligi, kimyoviy bog‘lanish turi, qutblanishi bir xil 
bo‘lishi, geometrik yaqin bo‘lishi uchun atom, ion radiuslari va xajmlari (farqi 5-
7% dan ortmasligi kerak) bir xil bo‘lishi hisobga olinadi. 
Izomorfizmning ikki holati ma’lum. Birinchisi oddiy bo‘lgan ya’ni bir xil 
valentli elementlarning o‘rin almashishi bilan sodir bo‘ladigan izomorfizm. 
Izomorfizmning bu turi izovalent izomorfizm deyiladi. Ikkinchisi murakkab 
bo‘lgan, ya’ni turli valentli elementlarning o‘rin almashishi bilan sodir bo‘ladigan 
izomorfizm, buni geterovalent izomorfizm deyiladi. 
Elementlarning atom va ionlari qay miqdorda izomorf o‘rin almashishiga 
bog‘liq ravishda, izomorfizm mukammal yoki chegaralangan bo‘lishi mumkin. 


59 
Bir elementning o‘rnini ikkinchi bir element 100% gacha bo‘lgan miqdorda 
almashtirib egallasa u holda mukammal izomorfizm, agarda bir element ikkinchi 
bir elementning o‘rnini qisman ya’ni 0,01% dan bir necha protsentgacha egallasa u 
holda chegaralangan izomorfizm yuzaga keladi. 
Bir elementning o‘rnini ikkinchi bir element qisman egallagan holda
formulada bu elementlar qavs ichiga olinib, vergul orqali ajratiladi. Shuni uqtirib 
o‘tish kerakki, ko‘proq protsentni tashkil qilgan element avval yoziladi, bunga 
misol qilib volframit (Fe, Mn)[WO
4
] mineralini olsak, bu mineral ferberit 
(Fe[WO
4
]) bilan gyubneritning (Mn[WO
4
]) izomorf aralashmasidan iborat. Bu bir 
xil valentli elmentlarning o‘rin almashishiga, ya’ni izovalent izomorfizmga misol 
bo‘ladi. 
Izomorfizmning 
ikkinchi 
mukammal 
bo‘lgan 
turi, 
geterovalent 
izomorfizmga, ya’ni turli xil valentli elementlarning o‘rin almashishi bilan sodir 
bo‘ladigan izomorfizmlarga dala shpatlari gruppasidagi plagioklazlarni misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. Plagioklazlarda Ca va Al ning juft atomlari, Na va Si ning juft 
atomlari bilan almashib (Ca
2+
Al
3+
↔Na
1+
Si
4+
) uzilmas minerallar qatorini tashkil 
qiladi. 
Bu qatorning chekka qismlarini albit (Na[AlSi
3
O
8
]) va anortit 
(Ca[Al
2
Si
2
O
8
]) tashkil qiladi. 
Izomorf almashinishlar tabiiy va sintetik kristall moddalarda juda katta 
ahamiyatga ega. Ko‘pgina qimmatbaho elementlar rudali minerallar bilan 
birgalikda izmorf aralashma sifatida uchraydi. Masalan So yoki Ni tarkibida temir 
bor minerallarda, temirning o‘rnini almashtiradi. 
Hozirgi zamon talabiga javob beruvchi birikmalardan tuzilgan materiallarni 
olish uchun minerallarning kristall panjarasiga ma’lum miqdorda ayrim 
elementlarni kirgazishga to‘g‘ri keladi. Masalan yoqut (Al
2
O
3
) tarkibida 0,05% Cr, 
alyuminiyning o‘rnini egallaydi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling