Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari:
1. Mineral nima? 2. Hozirgi vaqtda minerallarning soni nechtasi aniqlangan? 3. Minerallarning tasnifi nechaga bo‘linadi? 4. Minerallarning hozirgi zamon tasnifi nimalarga asoslanib tuzilgan? 14. Minerallarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi Minerallarning kimyoviy tarkibi kimyoviy formula yordamida ifodalanadi. Formula faqat minerallarning kimyoviy tarkibini ifodalagan holda – empirik, va atomlarning bir-biriga nisbatan joylashishini va bog‘lanishini ifodalagan holda - strukturali formula tarzida bo‘lishi mumkin. Minerallar tabiatda kimyoviy element sifatida (sof tug‘ma minerallar) juda kam uchrab, asosan kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Minerallarni tashkil qiluvchi birikmalar asosan sodda, murakkab va suvli birikmalar tarzida uchraydi. Bundan tashqari minerallar izomorf aralashmalar tarzida ham uchrashi mumkin. Sodda kimyoviy birikmalarga oksidalar (Al 2 O 3 , Fe 2 O 3 , SiO 2 va boshqalar), har xil kislorodli tuzlar (СaСO 3 , CaSO 4 , Mg 2 SiO 4 va boshqalar), sulfidlar (HgS, FeS 2 , PbS va boshqalar), galoid birikmalar (NaCl, CaF 2 va boshqalar) kiradi. Sodda kimyoviy birikmalardan tashqari, tabiatda murakkab birikmalar ham ko‘p uchraydi. Bularga ikki sodda tuzdan tashkil topgan murakkab birikmalar misol bo‘ladi. Masalan, CaCO 3 ∙MgCO 3 – dolomit, CuCO 3 ∙Cu(OH) 2 – malaxit. Yuqorida ko‘rsatilgan sodda va murakkab birikmalardan tashqari, tarkibida suv molekulalari ishtirok etuvchi birikmalar uchraydi. Suv minerallar tarkibiga qay tarzda kirganligiga qarab, kristall strukturaga kirgan - kristallizatsion yoki «bog‘langan suv» va kristall strukturada ishtirok etmaydigan erkin suvga bo‘linadi. 55 Kristall strukturadagi kristallizatsion «bog‘langan suv» H 2 O molekulasi shaklida bo‘lib, shu strukturada qat’iy belgilangan joylarni egallaydi. Strukturadagi suv molekulalarining miqdori boshqa tarkibiy qismlar bilan oddiy nisbatlarda bo‘ladi. Misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Na 2 CO 3 ∙10H 2 O – soda, CaSO 4 ∙2H 2 O – gips, Ni 3 [AsO 4 ] 2 ∙8H 2 O – annabergit. Mineral strukturasiga kirgan kristallizatsion «bog‘langan» suvni mineral tarkibidan chiqarish uchun ancha yuqori temperatura talab qilinadi. Minerallar tarkibidagi erkin, ya’ni «bog‘lanmagan suv», minerallarning kristall tuzilishida bevosita ishtirok etmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday suv mineralni qizdirganda asta-sekin bir tekis ajralib chiqadi. Erkin suv uch turga: a) seolit, b) kolloid, v) gigroskopik suvlarga bo‘linadi. Seolit suv shu gruppaga kiruvchi minerallar uchun xos bo‘lib, suv molekulalari mineralning kristall strukturasiga kirmasdan, undagi bo‘shliqlarda (kanallar bo‘ylab, qavatlar orasida va boshqa bo‘shliqlarda) joylashgan. Seolitlar tarkibidagi bu suv qattiq eritma holatidagidek bo‘lishi bilan xarakterlanib, qizdirilganda 80-400°C temperatura o‘rtasida ajralib chiqadi. Shunisi qiziqarliki, sekin qizdirib suvsizlantirilgan seolitlarning o‘sha suvni yana qaytib yutishi va eski fizik xususiyatlarini qayta tiklashi bu gruppa minerallari uchun xarakterlidir. Kolloid suv gidrogellarda tarqalgan bo‘lib, u dispers fazalar yuzasida juda kuchsiz bog‘lanish kuchi bilan ushlanib turadi. Gigroskopik suv ingichka darzlarda, kovaklarda va kukunsimon massalarda sirt tortish kuchi bilan ushlanib turadi. Bu suv 100-110°C gacha qizdirganda osongina ajralib chiqadi. Bundan tashqari, suv ichida mexanik aralashamalar borligini ham e’tiborga olishimiz kerak. Bular juda mayda gaz-suyuqlik aralashma holida bo‘lib, kristallarning o‘sishi paytida ichiga kirib qoladi. Ular ko‘pgina minerallarda keng tarqalgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling