Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Izomorfizm deb nimaga aytiladi? 
2. Polimorfizm deb nimaga aytiladi? 


60 
3. Izomorfizm va polimorfizmning bir-biridan farqi. 
 
15. Minerallarning fizik xususiyatlari 
Minerallarning fizik xususiyatlari ularni aniqlashda juda katta ahamiyatga 
ega va ko‘pgina minerallarning amaliy ahamiyati ularning fizik xususiyatlari 
asosida belgilanadi. Minerallarning hamma fizik xususiyatlari qonuniy ichki 
tuzilishi asosida kelib chiqib, ularning tashqi morfologik holatlarini belgilaydi. 
Minerallarning fizik xususiyatlarini shartli ravishda quyidagi gruppalarga 
bo‘lish mumkin. Optik xususiyatlar va mexanik xususiyatlar. 
Optik xususiyatlarga minerallarning rangi, chizig‘ining rangi, yaltirashi va 
shaffofligi kabi xususiyatlari kiradi. 
Mexanik xusiyatlarga qattiqligi, solishtirma og‘irligi, ulanish tekisligi, 
magnitlik xususiyati, mo‘rtligi, pachaqlanuvchanligi va qayishqoqlik xususiyatlari 
kiradi. 
Tabiatda uchraydigan ko‘pgina minerallarni o‘ziga xos fizik xususiyatlariga 
qarab, qiyinchilik bilan bajariladigan analizlarni qilmasdan juda aniq bilish 
mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ko‘pgina minerallarning har biri uchun 
o‘ziga xos bo‘lgan, bir qarashdayoq bilib, so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan nozik 
xususiyatlari bor. Bularga ayniqsa, o‘sha minerallar rangining turli tumanligi va 
uning quyuqligi, qanday sinishi, yaltirashi va boshqa xususiyatlari kiradi. Ko‘z 
birmuncha o‘rganib qolganidan so‘ng ma’lum minerallarning o‘ziga xos belgilarini 
shunchalik sezib oladiki so‘ng ularni aniqlashda asosiy diagnostik belgi hisoblanib, 
osonlikcha ajratib oladi. 
Tabiatda uchraydigan barcha minerallarni ham shunday aniqlash mumkin 
deb bo‘lmaydi. Ko‘pchilik minerallarni to‘liq yanglishmasdan aniqlash uchun, 
ularning har xil fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq ravishda har 
xil mavjud bo‘lgan tekshirish usullaridan foydalanib aniqlanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling