Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari: 1. Kimyoviy bog‘lanish turlari nechta? 2. Kovalent bog‘lanish nima? 3. Vodorod bog‘lanish nima? 53 2-BOB. MINERALOGIYA 13. Minerallarning tasnifi Yer qobig‘ida mineralogik olimlarning hisoblariga ko‘ra taxminan 3 mingga yaqin mineral mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki minerallarning soni yildan- yilga oshib bormoqda. Har yili minerallar qatoriga yangi-yangi 20-30 ta ilgari noma’lum bo‘lgan tabiiy kimyoviy birikmalar kashf etilmoqda. Minerallarni tadqiqot qilish va bashoratlash uchun avvalo ularni bir tartibga solish zarur shu boisdan ma’lum minerallar har xil sinflarga umumlashtirilgan. Minerallarning hozirgi zamon tasnifi ularning kimyoviy tarkibini turi va kristall strukturasini birliklariga asoslangan. Minerallarning asosiy fizik va kimyoviy xususiyatlari yuqorida ko‘rsatilgan belgilar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ilgaridan ma’lumdir. Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi o‘zgarishi bilan minerallarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari ham o‘zgaradi. Tabiatda ma’lum bo‘lgan va sun’iy ravishda olingan minerallar ikkita katta guruhga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy birikmalar. Tabiiy birikmalar o‘z holida ikki turga ajratiladi. 1. Anorganik minerallar, bunga sof tug‘ma elementlar bilan bir qatorda hamma elementlarning tabiiy birikmalari kiradi. 2. Organik minerallar, bular uglerodning turli birikmalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Organik minerallar anorganik birikmalardan o‘zlarining kimyoviy xususiyatlari bilangina farq qilib qolmay, balki ular kristall tuzilishi va struktura birliklari orasidagi bog‘lanish tabiati bilan ham ancha farq qiladi. Anorganik tabiatdagi barcha minerallar eng avval kimyoviy tarkibiga, kimyoviy birikma turiga va struktura birliklari orasidagi bog‘lanish tipiga qarab kimyoviy jihatdan har turli sinflarga ajratiladi: 1) sof tug‘ma elementlar; 2) sulfidlar; 3) galogenidlar; 4) oksidlar; 54 5) karbonatlar, nitratlar, boratlar; 6) sulfatlar; 7) xromatlar, volframatlar, molibdatlar; 8) fosfatlar, arsenatlar, vanadatlar; 9) silikatlar . Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling