Kristallografiya va mineralogiya
9.1. Butun sonlar (parametrlar nisbati) qonuni va tomonlar simvollari
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
43 9.1. Butun sonlar (parametrlar nisbati) qonuni va tomonlar simvollari. Kristallarga xarakteristika berganda tomonlarni fazoda bir-biriga nisbatan joylanishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bularni aniqlashda kristallografik simvollardan foydalaniladi. Simvollar har bir tomonni ma’lum bir koordinat o‘qiga nisbatan joylanishini ko‘rsatadi. Koordinat o‘qlari ko‘pincha simmetrik o‘qlari va tekisliklariga to‘g‘ri keladi yoki perpendikulyar bo‘ladi. Tomonlar simvollari tushunchasi parametrlar nisbati qonuni asosida kelib chiqadi. Bu qonunni aniqlash uchun quyidagi chizmadan foydalanamiz. (9.1-rasm) 9.1-rasm O – koordinat o‘qini boshlanishi X,Y,Z – koordinat o‘qlari X o‘qi (I), Y o‘qi (II), Z-(III) Koordinat o‘qlaridagi (O a1 , O a2 , O a3 ... O b1 , O b2 , O b3 ...O s1 ,O s2 ,O s3 ...) bo‘laklari chiziqli parametrlar deyiladi. Bular kristallarni panjarasiga bog‘liq ravisha bir hil va har xil bo‘lishi mukin a 1 , b 1 , c 1 tomonlar birlamchi tomonlar deyiladi, chunki ular koordinat o‘qini bir xil masofada kesib o‘tadi, koordinat o‘qish bir xil kesib o‘tgan tomonlar o‘q birligi qilib olinadi. Bular I o‘qda a 1 , II da b, III da c bilan belgilanadi. Birlamchi tomonlar uchun a 1 :b 1 :c 1 =1:1:1, a 1 , b 1 ,c 1 ga parallel bo‘lgan, a 3 , b 3 , c 3 tomonlar ham birlamchi deyiladi. Chunki ular ham koordinat o‘qini bir xil nisbatda kesib o‘tadi 1:1:1. Boshqa hollarda tomonlar koordinat o‘qini har xil masofada kesib o‘tishi mumkin. Masalan a 2 b 6 c 3 tomon koordinat o‘qini 2a:6b:3c nisbatda kesib o‘tadi. 44 Koordinat o‘qlaridagi tomonlarni, boshqa tomonlarga nisbatini olsak, u doimo kichik butun sonlar tarzida ifodalanadi: yoki umumiy holda R:q:r. 1,2,6,3 sonlari tomonlarni son bilan ifodalangan parametrlari deyiladi. Parametr sonlari ko‘pincha butun va kichik sonlar tarzida bo‘ladi – bular 1,2,3,4. Shuning uchun bu butun sonlar qonuni yoki parametrlar nisbati qonuni deyiladi yoki fransuz olimi Ayui (1784) qonuni deyiladi. Parametrlar nisbati qonuni kristallarni tomonlarini belgilashda juda qulaydir. Tomonlarni belgilaganda ularni son bilan ifodalangan parametrlari belgilanmay (masalan: a 2 b 6 c 3 – 2:6:3), ularni teskari qiymati olinib va ularni butun songa keltirib belgilanadi. Umumiy holda h:k:l. Bularni qavs ichida ko‘rsatilishi (hkl) tomonlar simvollari deyiladi. Bizni misolimizda a 2 b 6 c 3 tomonini simvoli (312) bo‘ladi. Agar tomon koordinat o‘qini manfiy yo‘nalishda kesib o‘tsa, minus yordamida belgilanadi. Teskari qiymat bilan belgilashni muhim tomoni Shundan iboratki, o‘qqa parallel bo‘lgan tomon, o‘q bilan cheksizlikda kesishadi, yoki . Shuning uchun 0 tomon o‘qqa parallel degan ma’noni bildiradi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling