Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

20.4-rasm. Pegmatitdagi kassiterit 
Kassiterit oksidlanish zonasida ancha barqaror, Shuning uchun sochilma 
konlar ham hosil qiladi.
Kassiteritni yirik konlari Malay yarim orolida, G‘arbiy Tailandda, Birmada, 
Boliviyada, Angliyada, Sharqiy Zabaykal’eda, Kareliyada ma’lum.
Kassiterit O‘zbekistonda G‘arbiy O‘zbekiston konlarida va Chotqol-Qurama 
tog‘larida uchraydi.


158 
Kassiteritli rudalar sanoat miqyosida qalay ajratib olinadigan asosiy 
manbadir. Qalay oq tunuka ishlashda, har xil qotishmalar tayyorlashda (mis bilan 
qotishmasi bronza, rux, mis va qo‘rg‘oshin bilan qotishmasi jez, qo‘rg‘oshin bilan 
qalaylash uchun qotishma), mis idishlarini oqartirishda, keramikada (bo‘yoq, emal’ 
tayyorlashda) va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 
Kolumbit – (Fe,Mn) (Nb,Ta)
2
O
6
  
Tantalit – (Fe,Mn)(Ta,Nb)
2
O
6
  
Kolumbit – tantalit uzluksiz izomorf qator hosil qiladi, Shuning uchun bu 
mineralarni birgalikda ko‘ramiz.
Kolumbit va tantalitni nomi kimyoviy tarkibiga kiruvchi asosiy elementlarni 
nomi bilan atalgan – niobiy (kolumbiy elementini amerikacha nomi) va tantal. 
Kolumbit sinonimi: niobit.
Kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan: FeO – 1,89-16,25%; MnO – 1,2-16,25%; 
Nb
2
O
5
– 1,97-78,88%, Ta
2
O
5
– 5,56-83,57%. Odatda aralashma sifatida (U, 
Ce)
2
O
3
, (UO
2
+UO
3
), ba’zan SnO
2
, WO
3
va TiO
2
bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi – rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy grupasi: a
0
=5,08; b
0
=14,24; c
0
=5,73;a
0
:b
0
:c
0
=0,3569:1:0,4024.
Kolumbit va tantalit tog‘ jinsida o‘sgan alohida kristallar tarzida uchraydi. 
Ko‘pincha ular pinakoidal va prizmatik qiyofaga ega. Kolumbit kristallari tantalit 
kristallariga nisbatan yirik, yaxshi hosil bo‘lgan va ko‘proq uchraydi. Qo‘shaloq 
kristallari ham uchraydi.
Kolumbit va tantalitning rangi qora yoki qo‘ng‘ir-qora. Chizig‘ining rangi 
qizil yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir. Yaltirashi yarim metallsimon. Ulanish tekisligi (100) 
bo‘yicha mukammal, Qattiqligi 6. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 5,15-8,20 (Tantal 
miqdorini ortishi bilan ortib boradi). Ikkala mineralda ham radioaktivlik xususiyati 
bor. Kolumbit elektr tokini o‘tkazadi. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli (kolumbit – 
manfiy, tantalit – musbat); N=2,30-2,45. Ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi kuchli – 
1,17 atrofida. Ta
2
O
5
miqdorini oshishi bilan sindirish ko‘rsatkichi kamayadi
ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi esa ortadi. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik 
nurida qizil, qizg‘ish-sariq. Ayrim xillari kuchli pleoxroik. Silliqlangan shliflarda 


159 
qo‘ng‘ir tusli kulrang oq, kuchsiz anizotrop. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 
16% atrofida.
Tashqi 
belgilariga 
qarab 
kolumbit 
va 
tantalitni 
ajratish 
qiyin. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,909; 1,685; 1,433 (kolumbit uchun); 
2,97; 1,72; 1,458 (tantalit uchun). Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida 
erimaydi.
Kolumbit va tantalit odatda pegmatit tomirlarda al’bit, kvars, muskovit, 
turmalin,ssirkon, vol’framit, kassiterit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Konlari 
Norvegiyada (Moss, Kragere va Finbo), Grenlandiyada (Ivigtut), Fransiyada 
(Limota yaqinida), Amerikada (Janubiy Dakota) ma’lum. O‘zbekistonda kolumbit, 
tantalit Chotqol-Qurama tog‘lari va G‘arbiy O‘zbekistonni granitoidli tog‘ jinslari 
va pegmatitlarda juda ko‘p kuzatilgan.
Yerni yuza qismida kolumbit-tantalit barqaror bo‘lib sochilma konlarga 
o‘tadi.
Kolumbit, tantalit niobiy va tantal olinadigan asosiy manbadir. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling