birligida, agar hududda yer po‘stining cho‘kishi
uzluksiz davom
etsa, hosil bo ‘lgan yotqiziqlar qalinligi ortib boradi. Yangi vaqt
intervalining
oxirida paleogeograftk
egri
chiziqdan
vertikal
y o ‘nalishda quyiga tomon a w a l to ‘plangan
hamda yangi hosil
bo‘lgan cho‘kmaning qalinligini hisobga olgan holda tegishli masofa
ajratiladi. Agar cho‘kmalar qalinligi kichik bo‘lsa epeyrogen egri
chizig‘i paleogeografik egri chiziqqa deyarli parallel bo‘ladi. Aks
holda esa ular orasidagi masofa anchagina ortib egri chiziqlar bir
biridan uzoqlashib boraveradi.
Shunday qilib, paleotektonik egri chiziq ko ‘rib o ‘tilayotgan vaqt
birligi davomida yer po‘stining vertikal
harakatlari xarakterini aks
ettirsa, paleogeografik egri chiziq xuddi o ‘sha vaqt birligi davomida
yer yuzasining qanday holatda bo‘lganligini ifodalab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: