Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti
4 - topshiriq
Litologik - paleogeografik xarita tuzish va uning tahlili Alohida olingan va iloji boricha, eng qisqa geologik vaqt birligi davomida mavjud b o ig a n yuvilish va cho‘kma cho‘kish oblastidagi tabiiy-geografik sharoitning shartli belgilar orqali aks ettirilishi paleogeografik xaritadir. Odatda, paleogeografik xaritalar zamonaviy topografik asoslarda tuziladi. Geologik solnomaning (qatlamlar ketma-ketligi izchilligining) to'liqsizligi tufayli paleogeografik xaritalar anchagina gipotetik (taxminiy) xarakterda bo‘ladi, shuning uchun ham ular uchun birlamchi geologik xaritalar miqyosidan 2-5 marta kichik miqyos tanlanadi. Qanchalik ashyoviy dalillar (tog‘ jinslarining tabiiy va sun’iy ochilmalari) m iqdori ko ‘p bo‘tsa, paleogeografik 48 xarita aniqligi va ishonchliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayni paytda, daliliy m a’lumotlar tadqiqot hududida bir tekis tarqalgan b o isa , ushbu omil ham paleogeografik xaritaning obyektivligi yuqori bo‘lishini ta ’min etadi. Aniq daliliy materiallarni taxminiy m a’lumotlardan to ‘liq ajratib qarash lozim b o ia d i, chunki paleogeografik xarita muhim geologik hujjat bo‘lib, ushbu asosda hududda foydali qazilma konlari mavjudligi bashorat qilinib ularni qidirish y o ila ri tavsiya etilishi mumkin. Paleogeografik xarita quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlarda tuziladi: 1 ) tadqiq etilayotgan tog‘ jinslari qatlamlari kesmasida o ‘rganilayotgan vaqt intervaliga mansub b o ‘lgan stratigrafik birliklar ajratiladi. Ushbu jarayonda nisbiy yoshni aniqlashda yordam beradigan barcha paleontologik va nopaleontologik usullardan, xuddi shuningdek, radiogeoxronologik usullardan ham foydalaniladi; 2 ) bir xil yoshga mansub, biroq turli fatsiallikka ega tog‘ jinslari komplekslari tarqalgan maydonlar aniqlanadi, ulardan fatsiyalar ajratiladi va fatsial tahlil o ‘tkaziladi. Bunda tog‘ jinslarining tarkibi, ularning strukturaviy va teksturaviy xususiyatlarini o ‘rganish (litologik tahlil), tog‘ jinslarida saqlanib qolgan tosh qotgan hayvon qoldiqlarini har tomonlama chuqur tadqiq etish (biologik tahlil) orqali tanlangan vaqt birligi davomida cho‘kma cho‘kishning shart- sharoitlari haqida m a’lumot beruvchi fatsial belgilarning o ‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi va geologik o ‘tmishdagi vaqt birligining fatsial sharoitlari tiklanadi; 3) aktualizm tamoyilining zamonaviy rivojlangan ko‘rinishi b o ig a n qiyosiy-tarixiy usulga asoslangan holda qadimgi quruqlikdagi (yuvilish va cho‘kma cho‘kish oblastlaridagi) va turli dengiz havzalaridagi tabiiy-geografik vaziyat tiklanadi. Paleogeografik xaritada turli ranglar bilan m e’yoriy sho‘rlikka ega ochiq dengizlar, ichki dengizlar, yuqori sho‘rlikka ega k o ‘rfazlar, lagunalar, vaqti-vaqti bilan dengiz suvi bosib turuvchi qirg‘oq bo‘yi pasttekisliklari hamda materik ichkarisidagi past tekisliklar, chuchuk suvli k o ila r va botqoqliklar, to g ii zonalar etaklari va boshqalar ajratilib b o ‘yaladi. Paleogeografik xaritalar geologik o ‘tmishning biror vaqt birligi davomidagi tabiiy-geografik 49 sharoitlarning mutloq aksi emas, balki Yer yuzasining o ‘rganilayotgan hududi rivojlanishining biror bir muddatli bosqichida mavjud bo‘lgan sharoitlarning o ‘rtacha holatinigina belgilab beradi, zarur hollarda esa ko‘rib chiqilayotgan vaqt bosqichi davomida paleogeografik sharoitlarning davriy o ‘zgarib turuvchi uchastkalarini hudud xaritasida belgilashga imkon beradi. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling