Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Iqlimiy sharoitlarni aniqlash. Dengiz suvining harorat rejimi 
havzaning 
bevosita geografik 
holatiga (kenglik 
zonalligiga) 
bo g iiq d ir. Hozirgi vaqtda ekvatorial oblastlardagi dengizlarning
51


yuza qismidagi harorati 27-30°C ga etadi. Agar ekvatordan shimolga 
va janubga tomon uzoqlashib borgan sari suvning harorati pasayib 
boradi, qutbga yaqin va qutb zonasida esa hatto 0°C dan ham pastga 
tushib ketadi. Suv haroratining pasayishi chuqurlik bilan bog‘liq 
holda ham yuz beradi. Tropik oblastlarda ham suvning harorati 1000 
m chuqurlikda 4-5°C, katta chuqurliklarda hatto 1,87-2°C teng.
Suvda yashovchi jonivorlar uchun suv haroratining nisbatan 
yuqori 
bo ‘lishi 
ju d a 
qulaydir, 
chunki 
bunday 
sharoitda 
organizmlarda va atrof muhitda kechuvchi barcha hayotiy jarayonlar 
jadal yuz beradi. Shuning uchun ham iliq va sovuq suvli dengizlarda 
yashovchi organizmlar komplekslari sifat va miqdor jihatidan bir- 
biridan farq qiladi.
Iliq su vli (tropik) den gizlar
uchun fauna va floraning turlicha 
ekanligi va bir-biriga bogMangan ustritsalar to‘plami - ustritsalar 
bankining 
mavjudligi 
xarakterlidir. 
Ustritsalar 
hozirgi 
iliq 
dengizlarning sayozliklaridagi qoya toshlarda yashaydi. Ular 21°C 
dan past bo ‘lmagan haroratda ko‘payadi!ar. Xuddi shunday va 
shunga yaqin sharoitlar mezozoy va kaynozoyda ham hukm surgan 
bo‘lsa kerak deb taxmin qilish mumkin. Tashib keltirilgan 
chig‘anoqlar uyumidan farqli ravishda ustritsalar banki asosan bir 
turga mansub jonivorlarning yaxlit chig‘anoqlaridan iborat, bunday 
uyumlardagi chig'anoqlarda tashib keltirilganlik izlari va mexanik 
saralanish belgilari kuzatilmaydi. Iliq suvli dengizlar uchun rif hosil 
qiluvchi korallarning mavjudligi xosdir, chunki zamonaviy kolonial 
korallar faqatgina tropik dengizlarning suv harorati 18,5°C dan 36°C 
gacha bo ‘lgan zonalarida yashaydi. Devorlari qalin va yirik burmali 
chig‘anoqlarga ega dengiz tubi umurtqasizlari ham iliq dengizlarga 
xos. Katta miqdorlardagi va har xil turga mansub planktonli 
foraminiferalar va bir hujayrali suv o ‘tlari- kokkolitoforidlar (ba’zan 
yoziluvchi bo‘r sifatidagi tog ‘ jinsining butun bir qatlamlarini hosil 
qiluvchilar) yoki qalpoqcha, shlyom, qirrali ignalarga ega yassi 
q o ‘ng‘iroqlar shaklidagi chig‘anoqlarga ega radiolyaridlar ham iliq 
suvli tropik dengizlarda o ‘sishidan darak beradi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling