Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020
Qadimgi dengiz havzalarini qayta tiklash
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dengiz havzasi sho‘rligini aniqlash.
Qadimgi dengiz havzalarini qayta tiklash. Ushbu maqsad
y o ‘lida dastlab suv havzasi qirg‘oqi aniqlanadi. Ushbu amal litoral zonada hosil bo‘lgan yotqiziqlar yoki litoralning boshqa begilari mavjud bo ‘lsagina mumkin bo ‘ladi. Agar havza qirg‘o g‘iga tutash quruqlik tepalikdan iborat bo ‘lsa, litoral zona kengligi (taklif etilayotgan 1:200000 miqyosda) ju d a kichik bo‘ladi va suvlik bilan quruqlik chegarasi litoral yotqiziqlari mavjud bo‘lgan kuzatuv nuqtalaridan o ‘tkaziladi. Qirg‘oqqa tutash quruqlikning rel’efi yassi tekislikdan iborat bo‘lsa, litoral zona anchagina keng bo‘ladi va qirg‘oq chizig‘i holati ham shunga monand ravishda unchalik aniq ifodalanmagan bo ‘lishi mumkin, bunday hollarda qirg‘oq chizig‘i o ‘tishi mumkin bo‘Igan zonagina ajratiladi. Bulardan tashqari dengiz tubi relyefi va havza chuqurligi ham aniqlanadi. Geologik o ‘tmishda cho‘kindi yotqiziqlar hosil bo‘lgan havzalar chuqurliklarini metrlarda aniqlash ju da murakkab bo‘lib hozirgi vaqtda ham kamdan kam yehiladigan muammodir. Paleogeografik xaritada sayoz shelf (litoral, sublitoral, chuqurligi 0 m dan 200 m gacha), chuqur shelf(psevdoabissal, chuqurligi 200 m dan 500 m gacha) va kontinental qiyalikni (batial, chuqurligi 500 m dan quyida) aniqlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, havzaning fizik-ximik rejimi (sho‘rlik darajasi, gaz va harorat ko ‘rsatkichlari) va unda hukm surgan gidrodinamik vaziyatni (to‘lqinlar, havza tubidagi oqimlar va ularning y o ‘nalishlari) ham aniqlash va o ‘rganish zarur bo‘ladi. Dengiz havzasi sho‘rligini aniqlash. Hozirgi kunda dengiz suvining sho‘rligi 3,5% yoki 35 %0. Ushbu k o ‘rsatkichning geologik o ‘tmishda biroz o ‘zgacha bo ‘lgan bo ‘lishi ehtimol. Agar cho‘kindi qatlamlarda sistematik tarkibi boy va turlicha b o ig a n faunalar kompleksi saqlanib qolgan bo‘lsa, bunday havza suvining sho‘rligini m e’yoriy deb hisoblash mumkin. Bunday sharoitlarda yashagan faunalar kompleksi dengiz jonivorlari olamining turli tiplari vakillaridan, ayniqsa, hozirgi kunda stenogalinli deb ataluvchi 50 (boshoyoqli mollyuskalar, ignatanlilar, rif hosil qiluvchi korailar, pteropodalar va h.k.) dengiz jonivorlaridan iborat b o ia d i. Havza suvining sho‘rlik darajasi m e’yoriy ko‘rsatkichdan pasaysa (suv chuchuklashsa) yoki yuqori b o is a (ya’ni sho‘rligi oshsa) muhitdagi fauna sistematik tarkibining kam bag‘allashuviga, ayrim turlar vakillari skulpturasining deformatsiyalanishiga (oicham larining kichrayib borishi, skulpturasining soddalashuviga) olib keladi. Bunday havzalarda hosil bo‘lgan cho‘kmalarda stenogalinli organik formalar bo‘lmaydi, biroq evrigalinli (ikkitabaqalilar, gastropodalar va h. k.) formalar keng rivojlangan bo‘ladi. Evrigalinli dengiz jonivorlari uchun ularning umumiy miqdorlari juda k o ‘p bo‘lgani holida oila va tur tarkibining bir xilligi xosdir. Paleontologik m a’lumotlar bo‘yicha havzaning chuchuklanuvchi yoki sho‘rlik darajasi ortib boruvchi ekanligini aniqlash anchagina mashaqqatli ishdir. M e’yoriy sho‘rlik darajasida yashovchi dengiz jonivorlari miqdorining asta-sekin qisqarib borishi va umuman y o ‘q b o‘lib ketishi, turlarining kam b o is a ham umumiy miqdorining ko‘p b o ig an i holida chuchuk va yarim chuchuk suvlarda yashashga qodir formalarning paydo bo‘lishi havza suvining chuchuklashib borganligidan darak beradi. Chuchuklashgan dengizlarda riflar mavjud b o iad i, biroq ulami korailar ishtirok etmagan holida suv o ‘tlari va mshankalar hosil qiladi. Sho‘rlanib borayotgan dengizlarda organizmlarning ommaviy qirilishi kuzatiladi va bo ‘g ‘imoyoqlilarning ayrim turlarigina yuqori sho‘rlangan suvlarda yashab qolishi mumkin. Litologik ko‘rsatkichlar paleontologik m a’lumotlar bilan birgalikda qadimgi dengiz havzalaridagi sho‘rlanish xarakterini aniqlashtirishga imkon beradi. Koralli rifogen ohaktoshlarning mavjud emasligi yoki umuman ohaktoshlar xilma- xilligining kamayishi (faqat chig‘anoqlar va gilli xillarining saqlanib qolishi) havza suvining chuchuklashib borishidan darak beradi.Tog‘ jinslari qatlamlari orasida gips va angidritning mavjudligi, hamda kesmada dolomitlar va dolomitlashgan ohaktoshlarning kuzatilishi ushbu geologik hosilalar paydo b o ig a n o ‘tmishdagi havzalarning sho‘r suvli b o ig an id an guvohlik beradi. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling