Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Ikkitabaqalilar - asosan dengizlarda, yana shuningdek, 
quruqliklardagi chuchuk suvli suv havzalarida yashovchi bentos 
organizmlar. 
K o‘pchilik 
ikkitabaqalilar 
cho‘kmaga 
to ‘liq 
k o ‘mi!uvchi va yarim ko‘miluvchi turlarga mansubdir. Ayrimlari 
cho‘kmaga sementlashish y o ‘Ii bilan (ustritsalar va rudistlar) yoki 
bissus 
yordamida 
birikadi. 
Toshteshar 
va 
y og ‘ochteshar 
ikkitabaqalilar alohida guruhni tashkil etadi. Ikkitabaqalilar ko‘p 
miqdorda yashagan sovuq, biroz sho‘r, ba’zan esa chuchuk suvli 
dengizlarda ularning oila va tur tarkiblari bir xilligi bilan ajralib 
turadi. Iliq dengizlar uchun esa sementlashuv bilan birikkan 
turlarning rivojlanganligi xosdir. Ikkitabaqalilarning ayrim turlari 
dengizning bir necha ming m etr chuqurligigacha tushsa ham
aksariyat miqdori havzalarning sayoz suvli oblastlari(sayoz shelf)da 
yashaydi.
Ammonoideyalar - hozirda 
qirilib 
ketgan 
stenogalinli 
harakatchan dengiz jonivorlari. Keng chig‘anoqqa va yassi qorincha 
yoki 
kuchli 
rivojlangan 
skulpturaga 
ega 
ammonoideyalar 
yarim o‘ralgan, konik-spiralli va noto‘g ‘ri qayrilgan chig‘anoqlarga 
ega bo‘lib, dengiz tubida yashagan, disksimon chig‘anoqqa ega 
bo‘lganlari esa yaxshi suzuvchilar ham bo‘lgan. Paleozoy erasida 
gonianitlar dengizning uncha chuqur bo ‘lmagan sayoz shelflarida 
yashagan, ayniqsa, suv o ‘tlari o ‘sgan sokin suvli ko ‘rfazlar va 
q o ‘ltiqlar ularning hayot faoliyatlari uchun ju d a ham qulaydir. 
Bulardan tashqari ammonoideyalar dengizlarning ochiq (okeanga 
tutash) oblastlaridan qochib rif qurilmalari yaqinida yashagan. Trias 
davriga 
kelib 
seratitlar 
dengizlarning 
teran 
chuqurliklarini 
egalladilar, yura va bo‘r davrlarida ammonitlarning ayrim guruhlari 
sayoz epikontinental dengizlami ishg‘ol etdilar, boshqalari esa batial 
oblastlarda yashashga moslashdilar.
Belemnitlar - qirilib ketgan nektonli dengiz jonivorlari, ochiq 
dengizlar sharoitida yashagan va yaxshi suzuvchi jonivorlar bo'lgan 
b o‘Isa kerak.
Tentakulitlar - qirilib ketgan pelagik dengiz jonivorlari. Ushbu 
organik formalar odatda m e’yoriy sho‘rlikka ega dengizlarda 
yashagan. Jonivorlar o ‘lganidan so‘ng ularning suyaklari turli fatsial
30


tipdagi cho‘kmalarga ko‘miladi. M azkur cho‘kmalar esa dengiz- 
qirg‘oq bo‘yi fatsial tipidagi sokin vaziyatlarda, ko‘proq kislorod 
yetishmasligi yoki vodorodsulfidli sharoitlarda hosil bo‘luvchi teran- 
suvli fatsial tipgacha bo‘lgan xillarga mansubdir.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling