Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

T o‘rtinchi tamoyii D.L.Stepanov va M .S.M esejnikovlar tomo­
nidan taklif etilgan va S.V.Meyen tomonidan toidirilgan. U straton- 
lar - stratigraflk tabaqalarining stratotipik etalonlar noyobligini, fazo 
va makonda takrorlanmasligini bildiradi. Ulardan xalqaro stratigra­
flk jadval ham, mintaqaviy va mahalliy shkalalar ham tarkib topgan 
b o iad i.
Xalqaro stratigraflk jadvalni tafsiflash va uni tashkil etuvchi 
m intaqaviy va mahalliy sxemalarni yaratish stratigrafiyaning yaku- 
niy maqsadi hisoblanadi. Stratigraflk tadqiqotlr ikkita muhim 
vazifani - kesmalarni stratigraflk tabaqalash va stratigraflk taqqos- 
lashni amalga oshirishga qaratilgan hamda ular orqali Yer evolyut- 
siyasining bosh guvohlari-geologik tanalam ing to ‘planishi zamon- 
makoniy munosabatlarida ifodalangan geologik vaqt, uning ketma- 
ketligi to ‘g ‘risidagi tushuncha hosil qiladi. Stratigraflk tabaqalash 
deganda tog ‘ jinslarining birlamchi tik (vertikal) ketma-ketligi va 
qatlamlanish xususiyatlarini, ularning tarkibi va organik qoldiq- 
larining o ‘zgarishi, kesmalarni tashkil etuvchi turli qatlam va 
qatlamchalarning o ‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Kesmalarni 
taqqoslashda foydalaniladigan 
usullarning turlari ju d a keng. 
Bularning orasida paleontologik, litologik, geoximik, geofizik, shu 
jum ladan paleomagnit, radiologik va boshqa ko ‘plab usullarni 
k o ‘rsatish mumkin. Bu usullarning har biri, bir-biriga b o g iiq
boim agan holda, kesmalarni alohida seksiyalarga ajratish imkonini 
beradi. Ularni umumiy belgilar bo ‘yicha birlashtirish, turli toifadagi 
stratigraflk tabaqalarni ajratish uchun asos b o iib xizm at qiladi. 
Kesmalarni tabaqalashning nazariy asosi b o iib N.Stenon tamoyili 
hisoblanadi. Bu tamoyilga muvofiq, ustidagi qatlam ostidagiga 
nisbatan 
yosh 
b o ia d i 
(qatlamlar 
yotishi 
buzilmaganda).


8


Stratigraflk korrelyatsiya yoki qiyoslash - bu kesmalarni 
tabaqalashda ajratilgan stratigraflk boiin m alam i o ‘zaro taqqoslash 
va ularning yosh munosabatlarini aniqlashdir. Korrelyatsiyaning 
umumiy tamoyillari saqlangan holda (T.Geksli va o ‘zaro o ‘rin 
bosish tamoyillari) tadqiqotlar miqyosiga bog‘liq holda turli usullar 
qoilaniladi. 
Umum 
sayyoraviy 
ahamiyatga 
ega 
sxemalarni 
yaratishda organik dunyoning takrorlanmas evolyutsiyasi usuli eng 
muhim hisoblanadi. Fanerozoyning xalqaro stratigraflk jadvalida 
tayangan holda, ular qit’alar va okeanlar kesmalarini, turli 
geotektonik va paleoiqlimiy sharoitlarda shakllangan mintaqaviy 
stratigraflk tabaqalarni taqqoslash imkonini beradi. Dunyo okeani 
sathining evstatik tebranishini hisobga olgan hodisaviy stratigrafiya 
usullari, qutblarni almashuvi, tog ‘ jinslarining mutlaq yoshini 
aniqlash va boshqa usullar ham yuqori taqqoslash kuchiga ega.
Cho‘kindi to ‘planish havzalari yoki ularning bir qismini 
egallagan mahalliy va mintaqaviy darajadagi taqqoslash usullari ju da 
keng. Bu sohada paleontologik usul yetakchi b o iib qoladi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling