Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti
Mutloq geoxronologiya
Geologiyada mutloq (astronomik) vaqtning rubrikatsiyasi to g‘ jinslari yoshini vaqtning astronomik birliklarida - davomiyligi vaqt masshtabida o ‘zgarmas mutloq deb qabul qilingan yillarda hisoblashga asoslangan. Tog‘ jinslarining mutloq yoshini aniqlash imkoniyati bir qator kimyoviy elementlaming beqaror izotoplari radioaktiv parchalanish jarayonini kashf qilinishidan so‘ng vujudga keldi. T og‘ jinslarining mutloq yoshini aniqlash radiometrik usuli asosida beqaror izotoplarning radioaktiv parchalanish fizik hodisasi yotadi. Mass - spektrometriya usulini mukammallashtirish tog‘ jinslarining mutloq yoshini yoppasiga aniqlash imkoniyatini berdi. Hozirgi vaqtda bu usul magmatik jinslarning yoshini aniqlashda va arxey va proterozoy formasiyalarining yoshini aniqlashda yagona usul hisoblanadi. Radiologik usullar asosida geoxronologik shkalaning asosiy tabaqalari - eon, era, davr, epoxa va xatto asrlarning boshlanishi va yakuni yoshi va davomiyligi aniqlanadi. Paleomagnit usuli tog‘ jinslarining hosil bo‘lish vaqtida magnitlanish (paleoqutblanish) xususiyatlarini saqlab qolishga asoslangan. Janubiy va shimoliy qutblarning hamda magnit maydoni kuchlanishi ishorasining davriy almashinib turishi (magnit inversiyasi) tog‘ jinslarida to ‘g ‘ri va teskari magnitlanish holida saqlanib qolishi cho‘kindi jinslar yotqiziqlarini planetar miqyosda taqqoslash imkoniyatini yaratadi. Ochilm alar va burg‘i quduqlaridan olingan tog‘ jinslarining magnit xossalarini o ‘rganish asosida magnit anomaliyalarming yoshini aniqlash va graduirovkalash amalga oshiriladi. Bu esa kaynozoy va mezozoy uchun tafsiliy, paleozoy uchun tarkibiy magnitostratigrafik shkala yaratish imkonini beradi. Magnitostratigrafik shkalaning asosiy gradatsiyalari (tabaqalari) bo‘lib qutbiylikning intervali, xronasi va superxronasi hisoblanadi. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling