Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020
M intaqaviy (regional) stratigrafiya: unifikatsiyalangan va ishchi
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hodisaviy stratigrafiya - yangi y o ‘na!ish
M intaqaviy (regional) stratigrafiya: unifikatsiyalangan va ishchi
stratigrafik sxemalar Unifikatsiyalangan va ishchi stratigrafik sxemalar turli geologik tadqiqotlar-geologik xaritalash, foydali qazilmalami qidirish va razvedka qilishda mintaqadagi yotqiziqlarni ishonchli tabaqalash va taqqoslashni ta ’minlashga m o’ljallangan. Ular asosida geologik, tektonik va boshqa maxsus xaritalar uchun legendalar yaratiladi. Mintaqaviy sxemalam ing mazmuni stratigrafiyaning asosiy tamoyillariga to ’g ’ri kelishi- stratigrafik tabaqalarning yoshi va ketma-ketligini xarakterlashi lozim. M intaqaviy stratigrafik shkala mintaqa rivojlanishining individual xususiyatlarini aks ettiradi. Uning asosini m intaqaviy biostratigrafik va litostratigrafik tabaqalar tashkil etadi. Ular ko’p hollarda xalqaro shkala tabaqalariga to ’g ’ri kelmaydi. M intaqaviy shkalaning asosiy tabaqalari bo’lib gorizontlar va lonalar — umumiy shkalaning mahalliy xronostratigrafik (biostratigrafik) muqobillari va yordamchi litostratigrafik tabaqalar - komplekslar, seriyalar va svitalar (amerika nomenklaturasida formatsiyalar) sanaladi. Bu tadqiqotlar natijasida ikki qismdan: dunyo xronostandarti bilan bog’langan mintaqaviy stratigrafik shkala va umumiy xronostratigrafik matritsada geologik tanalarning (komplekslar, seriyalar va svitalar) o ’rnini ko’rsatuvchi korrelyatsion litostratigrafik shkaladan iborat bo’ladi. Shunday qilib, mintaqaviy stratigrafiyaning usullari geologik tanalarni ajratish, ularning yoshini asoslash va o ’rganilayotgan hududlarning rivojlanishidagi asosiy qonuniyatini belgilash imkoniyatini beradi Hodisaviy stratigrafiya - yangi y o ‘na!ish Yer tarixi va uning alohida olingan regionlarini davriylash stratigrafiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. U Yerning 4,6 mlyard yildan ortiq vaqtda qaytmas evolyutsiyasidagi turli geologik hodisalar va jarayonlarni o ‘rganishdan iborat. Shuning uchun ham keyingi 10-15 yil davomida stratigrafiyaning bu tomoni tadqiqotchilarning diqqatini jalb qildi. Yangi ilmiy y o ‘nalish - hodisaviy stratigrafiya shakllanmoqda. Uning tamoyillari va usullari xalqaro xronostratigrafik (biostratigrafik) shkalani ishlab chiqish paytida to ‘liq shakllandi. Natijada nafaqat nisbiy geologik vaqt shkalasi yaratildi va shuningdek organik dunyo evolyutsiyasining tezligi, y o ‘nalganligi va davriyligi aniqlanadi. Fauna va flora komplekslari almashinuvi Yer tarixida muhim hodisa hisoblanadi. Yer tarixida iqlimiy va geodinamik rejimlangan bir necha bor o ‘zgargan va qaytmas evolyutsiyalangan, transgressiya va regressiya almashgan, landshafitlar va cho‘kindi hosil boMish paleogeografik sharoitlari o ‘zgargan, magmageneratsiya jarayonlari qaytmas evolyutsiyalangan. Ularning majmuasidan Yerning tarixi hosil bo ‘ladi. Xronostratigrafik asosda Y er tarixini davriylash biostratigrafiya, magnitostratigrafiya va mutloq geoxronologiya birinchi navbatda Yer qobiqlari evolyutsiyasini, planeta evolyutsiyasi tezligi va yo ‘nalishini geodinamik strukturalar va paleotandshaftlar rivojlanishini eng to ‘liq aks ettiruvchi. Bunday davriylash sxemasini yaratishga bir necha bor harakat qilindi. Bunga misol bo‘lib tektonik (tektogenez epoxalari va fazalari) yoki iqlimiy (litogenez turlarining evolyutsiyasi) asosda davriylash sanaladi. Keyingi yillarda, yangi litosfera plitalari tektonikasi g ‘oyasi munosabati bilan Pingey rivojlanish tarixi pozitsiyasida davriylash sxemalari yaratilmoqda. Agar tarixiy - geologik hodisalar global sxemasini yaratish kelajak ishi bo‘lsa, regional darajada bu masala juda muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling