Kuch sifatlarining nazorati va o’lchash uslublari Egiluvchanlik nazorati va o’lchash uslublari


Yakka harakat tezligidagi nazorat


Download 291 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi291 Kb.
#1362009
1   2   3   4
Bog'liq
SPORTCHILARNING JISMONIY TAYYoRGALIGI NAZORATINI METROLOGIK ASOSLARI

Yakka harakat tezligidagi nazorat.
O’ziga xos bo’lgan harakat yoki mashqlar bajarish vaqtida ko’proq mahlumot beruvchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bularni soniga: futbol to’pini tepish, basketbol to’pini halqaga tashlash, qo’l to’pida to’pni darvozaga kirgizish, nayza otish, qilichbozlikda qilichni sanchib olish, boksda zarba vaqtidagi bajariladigan qo’lning final harakati kiradi.
Harakat chastotasini nazorati vaqt birligidagi harakatlar soniga asoslangan.
Nazoratni tashkil qilish va tezlikni baholash uchun, ko’rsatkichlar tanlashda quyidagi umumiy holatlarni hisobga olish kerak:
- oddiy o’ziga xos bo’lmagan harakat ko’rsatkichlarga turli qo’zg’atuvchilarning (masalan, yorug’lik, tovushlar) tahsiri. Mahlum xolatlarda yuqori ko’rsatkichlarni namoyish qilgan sportchilar boshqalarida ham katta yutuqlarni ko’rsatadi;
- o’ziga xos tahsirning ko’rsatkichlari o’zaro kam bog’langan, modomiki, latent bosqichining navbatdagi sezish harakat darajalarini o’zlashtirishdagi umumiy vaqt holatiga keraklicha tahsiri;
- tezlik paydo bo’lishining elementar va majmuaviy shaklida, oddiy va murakkab tahsirning ko’rsatkichlari o’rtasida bog’liqlikni yo’qligi.
Tezlik sifatlarini paydo bo’lishidagi nazoratning majmuaviy shakllari murakkab harakatda ishlab chiqilgan test dasturlari tezlik ish tartibi bilan uzviy bog’langan bo’lishi kerak va start yugurishi, masofa kabi maxsus testlarda ishlatilishi kerak.
Maxsus mashg’ulot va musobaqa faoliyatining muhim komponentlari tartiblarida ko’rsatilgandek, ular bir-biri bilan o’zaro harakatda paydo bo’lmaydi, balki alohida-alohida amalga oshadi. Masalan: futbol, qo’l to’pi yoki sportning boshqa turlarida tezlik xarakteriga ega bo’lgan harakat hodisasi faqat bir tartibga suyangan holda, agar murakkab holatlarda olib borilsa, ikkita yoki uchta tartibda olib borilishi mumkin.
Testning mazmuni munosabatlarida tezlik imkoniyati nazorati rejalashtirilsa, ularni uslubiyatidan foydalanishda shularni esda tutish kerak, yahni, sinov jarayonida sportchi yuqori ish qobiliyatida turish kerak, charchash belgilari ko’rinmaslik kerak.
SHu maqsadda mavsumiy xarakterdagi sport turlarida odatda, sportchi tomonidan qisqa masofada amalga oshirilgan maksimal tezlik aniqlanadi. Bunday tezlik mutlaq qabul qilinadi va tezlik qobiliyatlarini umumiy ko’rsatkichlariga xizmat qiladi (15-jadval).
Mutloq tezlik sportchining mahlum vaqtda (odatda 10 sekundda) o’tgan masofasi bo’yicha baholanishi mumkin.


Jadval.
Mutloq tezlikni baholash uchun testlar.

Sport turi

Masofa bo’lagi

Ishning maksimal davomiyligi, s

Yugurish

30-100

10-12

Eshkak eshish

100-150

18-22

Suzish

15-25

15-16

Velosiped xaydash

50-100

8-10

Konkida yugurish

95-100

10-12

Tezlik nazorati imkoniyatlarini majmuaviy paydo bo’lish shakllarini maxsus mashg’ulot uchun xarakterli bo’lgan va shu sport turining musobaqa faoliyatidagi harakat hodisasi tarkibi bilan uzviy bog’lash kerak. Masalan: oddiy tahsir vaqtini baholash va tanlash tahsiriga asosan sport o’yinlarida va yakkakurashlarda, sport turining murakkab koordinatsiyali xarakatida keng qo’llaniladi. Yakka harakat tezligi sportning boks, qilichbozlik, yengil atletikadagi otish, og’ir atletika kabi turlariga tegishli.


Harakat chastotasining tezlik qobiliyatlarini ko’rsatkichlari sprintercha yugurishda, sprintercha velosiped haydashda juda muhimdir.
Yugurish, futbol, qo’l to’pi, beysbol, chim ustida xokkey kabi sport turlarini ixtisoslashtirgan sportchilar uchun quyidagi ko’rsatkichlar mahlumot beradi:
- startyordan otilgandagi vaqtning tahsiri (otish vaqtidan boshlab kundani urishgacha);
- gavda va uning bo’limlarini (gorizontal bo’yicha) OTSG tezlik chizig’i m/s;
- belgilangan maydonda yugurish vaqti (30, 50, 100m);
- bir minutda yugurish harakatining chastotasi;
- berilgan (50, 100m) masofadagi yugurish qadamlarining soni
Suzuvchilarning tezlik imkoniyatlarini baholash uchun quyidagi asosiy ko’rsatkichlar keng qo’llanadi:
-start xabaridan birinchi harakat tayyorgarligigacha bo’lgan vaqt;
-startdagi birinchi tayyorgarlik harakatidan oyoqni start tumbochkasidan olishgacha bo’lgan vaqt;
-birinchi besh metrli masofadan o’tishdagi gavdaning suzish natijasi;
-suzish maksimal tezligining darajasi m/s, maksimal tezlikda suzishdagi barmoqlar harakatining tezligi.
Aytib o’tilgan ko’rsatkichlar boshqalarini to’ldirish mumkin yahni, tezlik qobiliyatining differentsiallashgan bahosi musobaqa masofasining turli maydonlari talablarida qo’llanilishi mumkin.
Oliy toifadagi suzuvchining tezlik qobiliyatlari baholanishini guvohligiga (Evropa, jahon chempionati, Olimpiada o’yinlari qatnashchisi) musobaqalarda yutuqlarga erishish start xarakatining muvaffaqiyatida, burilishni natijaviyligida yoki masofa tezligini darajasida aniqlanishi mumkin. Masalan: ko’pgina mashhur suzuvchilar Olimpiadada va jahon chempionatlarida tezlik qobiliyatini yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’lib turib, start yoki burilishni yetarli darajada natijali bajarmasdan turib chempion bo’la olmaydilar. Boshqa tomondan esa, bir qator sportchilar raqiblaridan farqli holda, uncha yuqori bo’lmagan masofa tezligida start yoki burilishni natijali bajarib yuqori g’alabalarni qo’lga kiritadilar.
Sport turlarini har bir guruhida tezlik sifatini nazorati tizimining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan: tezkorlik-kuchlilik turida birinchi navbatda OTSTni sakrashdagi uchish tezligi (m/s), snaryadni (yoki disk, yadro, bolg’ani) boshlang’ich uchish tezligi (m/s larda) qayd qilinadi.
Yakkakurashlarda alohida usullarni bajarish vaqti qayd qilinadi: boksda zarba berish, kurashda ko’tarib tashlashlar soni; vaqt birligida bajariladigan turli usullar soni (10-15soniyagacha bo’lgan vaqt davomida); masalan: 10 sekundda manekenlarni tashlash soni, har tomondan qopga dastur bo’yicha 15 soniya davomida amalga oshirilgan zarbalar sonini bajarish.
Texnik imkoniyatlarning nazorati, asab-mushak apparati imkoniyatlarini aks ettiruvchi tezlik sifatlarini majmuaviy va elementar hosil bo’lishida lokal ko’tsatkichlardan foydalanilmasa, u to’laqonli bo’lmaydi.
Yuqori toifadagi sportchilarni tadqiq qilish jarayonida odatda quyidagicha baholanadi:
- mushaklarni biopotentsiali (EMG) amplitudani qayd qilishi (mv) va chastotasi (Gts);
- zo’riqishning latent vaqti (ZLV), bo’shashishning latent vaqti (BLV), berilgan vaqtga mushaklarning javobi;
- harakatning maksimal chastotasi (temping-test), 10soniya davomida harakat soni;
- amplitudani qayd qilish bilan fiziologik tremoraning parametrlari (MKM) va chastotasi (Gts);
SHunday qilib, tezlik imkoniyatlarini baholashda, turli ko’rsatkichlarni majmuaviy tomonini, nazarda tutish lozim yahni, ushbu sifatni har tomonlama rivojlanish yig’indisini baholash muhimdir.
CHidamlilik nazorati.
Sportchi organizmining chidamliligini nazorati o’ziga xos bo’lgan va o’ziga xos bo’lmagan xarakterdagi turli testlar yordamida o’tkaziladi.
O’ziga xos bo’lmagan testlar, harakatning koordinatsion tizimidagi bellashuv faoliyatidan va funktsiyalarni tahminlovchi tizimlarni bir-biridan farq qilgan holda jismoniy harakatlarni o’z ichiga oladi. O’ziga xos bo’lmagan testlar bahzan yugurish ashyolariga yoki veloergometr pedalini haydashga, tredbaneda yurishga mo’ljallanadi.
O’ziga xos bo’lgan testlar harakatning koordinatsion tizimidagi bellashuv faoliyatining o’ziga xos tizimini tahminlovchi ishning bajarishiga quriladi. SHu maqsadda, har-xil birga qo’shilgan maxsus-tayyorlov mashqlari ishlatiladi (masalan: kurashdagi ko’tarib tashlashlar qatorining mehyori, yugurish yoki eshkak eshish turidagi bo’laklarning seriyalari).
CHidamlilikni maxsus nazoratida, ushbu sport turidagi ish qobiliyatini va charchashni aniqlovchi omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bunda shuni yodda tutish lozimki, lokalizatsiya va charchoq mexanizmi har bir sport turida o’ziga xos va mushak faoliyatini xarakterini aniqlaydi.
SHuning uchun, avval begilanganidek, chidamlilik umumiy va maxsus, bellashuvli va musobaqali, lokalli, regionalli va globalli, anaerob alaktatli, anaerob laktatli, aerobli va aralash, mushakli va vegetativli, sensorli va emotsionalli, statistikali va dinamikali, tezlilik va kuchlilik kabi turlarga bo’linadi.
SHuning uchun chidamlilik nazorati uchun usul tanlashda har bir holatlarda omillarni tahlil qilish kerak.
Bellashuv faoliyatini ko’rsatkichlari bilan bir qatorda chidamlilikni baholash uchun, sportchi organizmi funktsional tizimining faoliyatini aks ettiruvchi maxsus testlar keng qo’llanilmoqda.
Zamonaviy sportning bellashuv faoliyatida emotsional zo’riqishning yuqoriligini hisobga olib, mashg’ulot jarayonlarida va bellashuv sharoitlarida chidamlilikni nazorat qilish qabul qilinadi.

Download 291 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling