Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari. Kuchaytirgichni to‘rtqutbli ko‘rinishida berilishi. Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari


Download 174.17 Kb.
bet6/12
Sana09.06.2023
Hajmi174.17 Kb.
#1468547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kuchaytirgichlarning klasifikatsiyasi, asosiy tavsif va parametrlari

Umumiy kollektorli sxema

Umumiy kollektorli sxema odatda yuqori kirish qarshiligini olish uchun qo‘llanadi. Tranzistorning bunday ulanish sxemasining quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti umumiy emitterli sxemaning kuchaytirish koeffitsientiga qaraganda kichik va umumiy bazali sxemaning kuchaytirish koeffitsientiga deyarli teng bo‘ladi. Bu tranzistorning umumiy bazali ulanish sxemasi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirmasligiga bog‘liq. Bu sxemada kuchaytirish faqat tok bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi funksional sxemasi 7- rasmda keltirilgan.


7- rasmda keltirilgan sxemada kollektor va bazaning ta’minoti zanjirlari ko‘rsatilmagan. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi sxemasining kirish qarshiligi sifatida tranzistor bazasining qarshiligi (umumiy emitterli sxemadagi kabi) va kirish qayta hisoblangan emitter zanjiridagi rezistorning qarshiligi yig‘indisi xizmat qiladi, shuning uchun umumiy kollektorli ulanishi sxemasining kirish qarshiligi juda katta bo‘ladi. Uning kirish qarshiligi barcha ulanish sxemalaridan eng kattasi hisoblanadi.



7- rasm. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishining funksional sxemasi

Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi sxemasining amplituda-chastotaviy xarakteristikasi etarlicha keng polosali hisoblanadi. lekin kuchaytirgichning o‘tkazish polosasi umumiy kollektorli ulanishi sxemasining katta kirish qarshiligini parazit sig‘imlar bilan shuntlanish tufayli jiddiy cheklanishi mumkin, shuning uchun, asosan, umumiy kollektorli ulanish sxemasi katta kirish qarshiligili bufer kuchaytirgichi sifatida qo‘llanadi. Ba’zan u yuqori chastotali generatorlar va chastota sintezatorlarining xarakteristikalariga yuklamaning ta’sirini kuchsizlantirish uchun qo‘llanadi.


8- rasmda UE, UK va UBli kuchaytirish kaskadlarining ishlatilish sxemalari keltirilgan.


Maydoniy tranzistorning ulanish sxemalari

Boshqarishga energiya sarflari nuqtai nazaridan maydoniy tranzistorlarni boshqarish umuman olganda bipolyar tranzistorni boshqarishga qaraganda tejamliroq olinadi. Bu maydoniy tranzistorlarning hozirgi ommaviyligi orqali tushuntiriladigan omillardan biri hisoblanadi. Maydoniy tranzistorlarning asosiy ulanish sxemalarini umumiy asosda ko‘rib chiqamiz.







Download 174.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling