Kuchaytirgichlarning tavsifi va asosiy texnik ko‘rsatkichlari. Kuchaytirgichni to‘rtqutbli ko‘rinishida berilishi. Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari


Download 174.17 Kb.
bet8/12
Sana09.06.2023
Hajmi174.17 Kb.
#1468547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kuchaytirgichlarning klasifikatsiyasi, asosiy tavsif va parametrlari

11- rasm. Maydoniy tranzistorni umumiy zatvorli ulanishi

Binobarin, chiqish toki kirish tokiga teng, u holda tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti birga teng, kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti esa birdan katta bo‘ladi.


Bu ulanish sxemasida tok bo‘yicha parallel manfiy teskari aloqa xususiyati mavjud, ya’ni boshqarish kirish kuchlanishi ortganida istokning potensiali ortadi, mos ravishda stok toki kamayadi va istok zanjirining Ri qarshiligidagi kuchlanishni kamaytiradi.


Kuchaytirgichlarning ish rejimlari

O‘tish xarakteristikasida dastlabki ishchi nuqtani tanlashga bog‘liq ravishda ish rejimlar A, B, AB, C va D rejimlar bo‘lishi mumkin.


A rejim. Bunda signal bo‘lmaganida sxemaning holatini aniqlaydigan va Ik0 osoyishtalik toki deyiladigan IN dastlabki ishchi nuqta xarakteristika chiziqli qismining taxminan o‘rtasida joylashadi (12- rasm). Bu rejimda Usil siljitish kuchlanishi Ukirm kirish kuchlanishidan doimo katta, ya’ni Usil > Ukirm bo‘ladi, kollektor tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi esa o‘zgaruvchan tashkil etuvchidan katta bo‘ladi yoki taxminan unga teng, ya’ni Ik0 ≥ Ikm bo‘ladi. Sinusoidal kirish signaliga sinusoidal chiqish toki mos keladi, nochiziqli buzilishlar minimal, lekin kaskadning foydali ish koeffitsienti atigi 20-30% ni tashkil etadi.

12- rasm. A ish rejimi


B ish rejimi. Bu rejimda dastlabki ishchi nuqta koordinatalar boshi bilan mos tushadi, ya’ni osoyishtalik toki Ik0=0 bo‘ladi. Kirishga sinusoidal signal berilganida chiqish zanjiridagi tok davrning yarmi davomida oqib o‘tadi va θ=π/2 kesish burchagili impulslar shakliga ega bo‘ladi. V rejimda ishlaydigan kaskadning foydali ish koeffitsienti 60–70%. Lekin chiqish signalining shakli o‘tish xarakteristikasining nochiziqli oralig‘i tufayli buziladi (13- rasm).
AB rejim oraliq holatni egallaydi (14- rasm). Bu rejimda kesish burchagi dastlabki IN ishchi nuqtani Iko osoyishtalik toki yordamida noldan uzatish xarakteristikasining chiziqli oralig‘i boshlanishiga surish hisobiga birmuncha katta bo‘ladi.




Download 174.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling