Kuchlanish yo’qligini tekshirish Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni. Foydalanilgan adabiyotlar
Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni
Download 29.8 Kb.
|
Himoya vositalaridan foydalanish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!»
- «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!»
Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni. Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni va uni ekranlash chegarasi o‘lchash natijalari bilan belgilanadi. Barcha hollardagi ishlarni bajarishda odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydonni hamma joyida o‘lchayotgan xodim ta’siridan tashqaridagi joyda aniq o‘lchanadigan elektr maydonining kuchlanganligi o‘lchanishi shart.
Uskunalar va konstruksiyalarga ko‘tarilmasdan bajariladigan ishlarda kuchlanganlikni o‘lchash quyidagicha amalga oshirilishi shart: - himoya vositalari yo‘q paytida yer yuzidan 1,8 metr balandlikda; - umumiy himoya vositalari ishlatilganda yer yuzidan 0,5; 1,0 va 1,8 metr balandlikda o‘lchanishi zarur. Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga ijozat berishdan oldin: - yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va boshqalar) va yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog‘idan o‘chirilishi shart. - o‘chirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi zadvijkalar yopilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart. - o‘chirgichlarni elektr tarmog‘iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz holatga keltirilishi shart. - uzoqdan boshqariladigan kommugatsion apparatlarning kalitlariga «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!», yopilgan zadvijkalarga esa «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi shart. 10.2. Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida sinab ko‘rish uchun privodlarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, shuningdek o‘chirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. Bunda «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar olib qo‘yiladi. Kommutatsion apparatlarni sinab ko‘rish uchun uzoqdan boshqarib yoqish va o‘chirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash va tartibga solishni bajaruvchi ishchi amalga oshirishi mumkin. Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab qilinmaydi. Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab ko‘rilgandan keyin, navbatchi yoki ishboshchi tarafidan ishni davom ettirish zarur bo‘lsa (apparatni uzoqdan boshqarib o‘chirib yoqqan shaxslar uchun) 10.1.-banddagi talablar bajarilishi shart. 10.3. Ishchi bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarga faqat sinash va sozlash ishlari bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini olish, o‘lchov asboblarining simlarini ulash yoki bo‘shatib ajratish, havo siljiyotgan joyni aniqlash va shunga o‘xshash ishlar uchun) ko‘tarilishga ruxsat etiladi. Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan to‘ldiriladigan uzgichli o‘chirilgan havo o‘chirgichlariga ko‘tarilish man qilinadi. Elektr toki taʼsirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yoʻq. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, toʼsiq vositalari bilan taʼminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini oʻrnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki taʼsiri faqat birgina biologik taʼsir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi taʼsiri, magnit maydoni taʼsiri va statik elektr taʼsirlariga bo`ysinadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy maʼlumotlar jumlasiga kiradi. Elektr tokining inson organizmiga taʼsiri. Elektr tokidan inson organizmida termik (yaʼni issiqlik), elektrolitik va biologik taʼsir kuzatiladi. Elektr tokining termik taʼsiri inson tanasining baʼzi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va hujayralaming qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik taʼsir esa qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlaming parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining oʻzgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib oʼtmasdan tananing baʼzi bir qismlarigagina taʼsir koʻrsatishi mumkin. Elektr tokining biologik taʼsiri bu tirik organizm uchun xos bo`lmagan xususiyat hisoblanadi. Bu taʼsir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar taqsimlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Yaʼni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta ʼsiri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Elektr tokining inson organizmiga ta ʼsirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki gruppaga boʻlib qarash mumkin: mahalliy elektr taʼsiri va tok urishi. Mahalliy elektr taʼsiri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo`lishi, terining metallashib qolishi hollarini koʻrsatish mumkin. Elektr taʼsiridan kuyish, asosan organizm bilan elektr oʻtkazgichi oʻrtasida volta yoyi hosil boʻlganda sodir bo`ladi. Elektr oʻtkazgichdagi kuchlanishning taʼsiriga qarab bunday kuyish turlicha bo`lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig`lanish bilan chegaralanadi, oʻrtacha og`irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo`ladi va og`ir kuyish hujayra va terilar koʻmirga aylanib, ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari bu terming ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg`ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo`lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terming metallashib qolishda, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo`lganda roʻy beradi. Maʼlum vaqt oʻtgandan keyin bu teri koʻchib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi. Elektr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) toʻrt darajaga bo`linib qaraladi. I muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok taʼsiridan chiqib ketadi va hushini yoʻqotmaydi. II muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yoʻqotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi. III hushini yoʻqotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi toʻxtab qoladi. IV klinik o`lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari koʻrinmay qoladi. Klinik o`lim holati bu hayot bilan o`lim oralig`i bo`lib, maʼlum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: yaʼni nafas olish, qon aylanish bo`lmaydi, tashqi taʼsirlarga farqsiz bo`ladi, ogʻriq sezmaydi, koʻz qorachig`i kengayadi va yorug`likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay soʻnmagan, hujayralarda maʼlum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga yetarli bo`ladi. Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega boʻlgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40—5000 Om qarshilikka ega boʻladi va bu qarshilik inson ichki aʼzolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan. Inson organizmi orqali oqib oʻtgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi, yaʼni oqib oʻtgan tok qancha katta boʻlsa, uning asorati ham shuncha katta boʻladi. Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6—1,5 mA oqib oʻtsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi. Tok miqdori 25—50 mA ga yetsa, unda tok taʼsiri koʻkrak qafasiga taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok taʼsiri uzoq vaqt davom etsa, yaʼni bir necha minutga choʻzilsa, unda nafas olishning toʻxtab qolishi natijasida odam oʻlishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq boʻlsa, bunday tok yurak muskullariga taʼsir koʻrsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham oʻlimga olib keladi. Inson organizmi orqali oqib oʻtgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki tok taʼsiri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok oʻtkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta ʼsiri organizmda yigʻila borishi natijasida asorat ogʻirlasha boradi. Tokning turi va chastotasi hali zararli taʼsir koʻrsatishda muhim rol oʼynaydi. Eng zararli tok 20-l00Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning taʼsir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish boʻlmaydi, lekin kuydirishi mumkin. Agar tok oʻzgarmas boʻlsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50—70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin boʻlgan miqdori 300 mA gacha ortadi. Download 29.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling