Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi bosqichlari va rivojlanishi


Download 32.28 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1138018

KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI BOSQICHLARI VA RIVOJLANISHI.
Reja
1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining
2. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim
3. Tоtаlitаr tuzumdаn huquqiy dаvlаtgа o`tish

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim


natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni
barpo etishdagi o‘rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda.
“Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib,
odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan,
aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini
ta’minlagan holda, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va
fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.”
Darhaqiqat, bozor munosabatlariga o‘tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat
jihatdan yangi bosqichga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tizimiga o‘tish jarayoni
kechmoqda. Adolat tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to‘g‘risidagi ta’limotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g‘oyasini jamiyatning asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg‘unlashtirish esa adolat tuyg‘usini
shakllantirishini ta’kidlagan edi.
Umumiy ma’noda ijtimoiy himoya demokratik huquqiy davlat tomonidan
fuqarolar, turli jamoalarning huquqlarini ta’minlash bilan cheklanib
qolmay, ulardan amalda foydalanishni kafolatlash, amalga oshirish uchun
barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni anglatadi. Shu ma’noda insonlar
avlat uchun emas, davlat xalq uchun xizmat qiladi, bu inson va uning qadr-
qimmatiga hurmat deb baholanadi.
«Ijtimoiy himoya», «ijtimoiy adolat» tushunchalarining
shakllanib borishi insoniyatning demokratik tafakkuri bilan
bog‘liqdir. Xususan, Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri»
asarida ifodalangan fozil jamiyat g‘oyasi bugungi kundagi demokratik jamiyat
konsepsiyasiga hamohangdir.
O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli
ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan maqsad,insonga munosib turmush va
faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi.
Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va
taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy
siyosatni o‘tkazishdir»
Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodining
ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan
darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining
mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib
xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi
uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomillashib, zamon
talabiga mos bo‘lib borishiga olib keladi. Bu hol O‘zbekiston ijtimoiy
siyosatining tadrijiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki,
ijtimoiy himoyaning davlat siyosatidagi o‘rni g‘oyat muhimdir. Buning bir
qancha sabablari bor.
Birinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, uning ko‘pgina
hududlarida ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda;
Ikkinchidan, mamlakat aholisining 65% qishloqda yashaydi. Agrar
sohaning yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga
muhtoj oilalarning ko‘pligiga sababchi bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ularni
ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi.
Uchinchidan, mamlakat aholisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa
yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi.
Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o‘z qobiliyat va
imkoniyatlarini namoyon qila olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda
ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to‘liq namoyon
bo‘ladi
Xullas, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya
tizimining o‘ziga xos tajribasi va an’analari to‘plangan. Bunda «inson –
jamiyat - davlat” munosabatlari, inson omili yoksak mavqeda turadi. Shu
ma’noda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini zamon talablariga mos
tarzda takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va ular mamlakatda
demokratik jamiyatning qurishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Mustаqillikning dаstlаbki kunlаridаn bоshlаb huquqiy dаvlаtchilik аsоslаrini yarаtish muhim vаzifаlаrdаn birigа аylаndi. Milliy dаvlаtchilik rivоjlаnishining minglаb yillik аn`аnаlаri chоrizm mustаmlаkаsi dаvridа bаtаmоm inkоr etilgаn edi. Mustаqil O`zbеkistоn Prеzidеnti I.А. Kаrimоv tаriхiy аn`аnаlаrgа, dunyo tаjribаlаrigа, o`lkаning milliy-tаriхiy rivоjlаnishigа hаmdа o`lkаning o`zigа хоs tоmоnlаrigа tаyangаn hоldа jаmiyatni tubdаn islоh qilish yo`llаrini ishlаb chiqdi. Bu jаrаyondа ikkitа vаzifа:
Eski mа`muriy tizimni tugаtish vа hоkimiyat bоshqаruv оrgаnlаrini qаytа qurish;
2. Yangi dаvlаtchilikning huquqiy-siyosiy аsоslаrini yarаtish, dаvlаtchilikdа yangi mаrkаziy vа mаhаlliy bоshqаruv tizimini shаkllаntirish mаsаlаlаri hаl qilindi.
O`zbеkistоn Rеspublikаsidа huquqiy dаvlаt qurilishining kаfоlаti O`zbеkistоn Kоnstitusiyasidir. Dаvlаt hоkimiyati tаshkil etishning muhim dеmоkrаtik tаmоyillаri Kоnstitusiyadа qаyd qilingаn bo`lib, undа hоkimiyat qоnun chiqаruvchi, ijrо etuvchi vа sud оrgаnlаridаn ibоrаt dеb ko`rsаtilgаn. Bu оrgаnlаr fаоliyati erkin, bir-biridаn mustаqil bo`lib, аyni vаqtdа bir-biri bilаn chаmbаrchаs bоg`liqdir.
Fuqаrоlik jаmiyati, bu insоnning rivоjlаnishigа imkоn yarаtаdigаn, uning huquq vа erkinliklаrini to`lа dаrаjаdа tа`minlаydigаn qоnun ustuvоr bo`lgаn ijtimоiy jаmiyatdir. Bundаy jаmiyat qurish dаvlаt qоnunlаri vа insоn huquqlаrini pоymоl etmаslikni, insоndаn qоnunlаrgа qаt`iyan riоya qilishni tаlаb etаdi.
Hаr bir fuqаrоning dаvlаt bоshqаruvigа kеng jаlb etilishi, insоn huquqlаrini himоya qilishdа fаоl qаtnаshishini tа`minlаsh uchun shаrt-shаrоitlаr yarаtilishi zаrur.
birdan bir manbaidir. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutciyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutciyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutciyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi.
Huquqiy davlat tushunchasi va uning belgilari. Hukuqiy davlat bu jamiyatdagi barcha millat va tabaqalarping insonparvarlik adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlaydigang byurokratiya va maxalliychilikka qarshi kurashadigan hokimiyatiniig shaklidir.
Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini to’la ta`minlashi, davlat va fuqarolarning bir — biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko’rishi bilan belgilanadi. belgilari. Hukuqiy davlat bu jamiyatdagi barcha millat va tabaqalarping insonparvarlik adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlaydigang byurokratiya va maxalliychilikka qarshi kurashadigan hokimiyatiniig shaklidir.
Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini to’la ta`minlashi, davlat va fuqarolarning bir — biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko’rishi bilan belgilanadi.
Suverenitet davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo’lib, uning to’la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi.
Suveren davlat o’z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek xalqaro huquq tamoyillari va normalarini buzmagan holda, o’zi xohlagancha hal qiladi.
Suverenitet davlatga xos tushuncha bo’lib, u bilan birga vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati bo’lgan suverenitet tarixiy hodisadir.
Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling