Kuchli ijtimoiy siyosat mexanizminin va kam taminlangan aholini ijtimoiy himoyalash tizimining shakllanishi va rivojlanishi


Download 412.28 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi412.28 Kb.
#1621504
  1   2   3
Bog'liq
iqtisodiy siyosat Samiyev 2

Kuchli ijtimoiy siyosat mexanizmini va kam taminlangan aholini ijtimoiy himoyalash tizimining shakllanishi va rivojlanishi

Reja: 1. Kuchli ijtimoiy siyosatning O‘zbekistonga xos tajribasi

2. Kuchli ijtimoiy siyosat — farovon turmush asosi

3. "O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash"


24 — 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir.
Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.
Eslasak, mustabid tuzum davrida ekin maydonlarining aksariyat qismi faqat paxta uchun ajratilgan edi. Shunday og‘ir vaziyatda davlatimiz rahbari Islom Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari bilan 1989 yilning avgust oyida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari hamda uy-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risida hujjat qabul qilindi. Unga ko‘ra, 1989-1990 yillarda 1,5 million oilaning tomorqa xo‘jaligi kengaytirildi, 700 ming oilaga yer uchastkalari berildi. Bu chora-tadbirlar o‘sha paytda keskin tus olgan ijtimoiy vaziyatni yumshatish imkonini yaratdi. O’zbekiston istiqlolning dastlabki yillaridanoq “shok terapiyasi”dan voz kechib, tadrijiy islohotlar siyosatini amalga oshirdi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi va kuchli ijtimoiy siyosat qaror topdi. Jumladan, ijtimoiy sohaga davlat hamda jamiyat e’tiborini kuchaytirish, manzilli ijtimoiy himoyani kafolatlash mexanizmi shakllantirildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonunchilik asoslari mustahkamlandi.
1991 yildayoq “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar amaliyotga yo‘naltirildi. Mazkur qonun hujjatlari ijrosining izchil ta’minlanishi, har yili davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohalarga sarflanayotgani yurtimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlab, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi yanada ortishiga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida yuz berayotgan islohotlar bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash, ta’lim, san’at va madaniyat, jismoniy tarbiya hamda sport kabi jabhalarda ham bozor iqtisodiyotiga xos o‘zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston Hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida aholi uchun ta’limning mutlaqo yangi va samarador modelini ishlab chiqib, hayotga izchil tatbiq etayotir. Yodimizda, hatto eng og‘ir damlarda ham yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratildi. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun mustaqil respublikamizning ilk qonunlaridan biridir

Download 412.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling