Kuchli ijtimoiy siyosat mexanizminin va kam taminlangan aholini ijtimoiy himoyalash tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Ushbu loyiha uchta tarkibiy qismdan iborat
Download 412.28 Kb.
|
iqtisodiy siyosat Samiyev 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Mehnat bozorini jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini oshirish
- III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish
- Etiboringiz uchun Rahmat
Ushbu loyiha uchta tarkibiy qismdan iborat:
I. Ijtimoiy yordam tizimini modernizatsiya qilish. Bunga: a) yagona ijtimoiy reyestrni joriy etish va joylashtirish, shuningdek miliiy ijtimoiy reyestrga o'tish; b) kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar samaradorligini oshirish orqali ijtimoiy yordam tizimini mustahkamlashni qo'llab-quvvatlash; c) pul nafaqasini to’lab berishdagi pilot loyihani ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashni qo'llab-quvvatlash; d) ijtimoiy nafaqalar tizimining nazorati, hisobdorligi va shaffofligini oshirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kiradi. II. Mehnat bozorini jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini oshirish, shu jumladan: a) yangi biznesni boshlash uchun subsidiyalarni oluvchilarga, shuningdek ishsizlar uchun imtiyozli mikrokreditlar oluvchilarga o'z biznesining rentabelligi va muvaffaqiyatini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari; b) bandlik va tadbirkorlikni rag'batlantirishga, shuningdek ish beruvchilar va ishsizlarga subsidiyalar berish orqali ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan mehnat bozori dasturlarini amalga oshirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash; c) yagona milliy mehnat tizimini (YMMT) takomillashtirish, shu jumladan milliy vakansiyalar platformasi bilan integratsiyalash, BMMV AT bo'limlari salohiyatini oshirish va ABKMlardagi AKT resurslarini modernizatsiya qilish; d) ABKMlarga bandlikka ko’maklashish daturlari va xizmatlarini ko’rsatish uchun xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qamrab olish, mehnat inspeksiyasini kuchaytirish, zamonaviy IT-texnologiyalaridan foydalangan holda xatolar va suiiste'molliklarni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatish; e) xizmat oluvchilarning profillashning va shaxsiy yondashuv metodologiyasining samarali vositalarini ishlab chiqish, ABKM xodimlari uchun muntazam treninglar. III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish, shu jumladan: a) mehnat bozoridagi aralashuvlar monitoringini kuchaytirish, mavjud dasturlarning ta'sirini baholashda Mehnat vazirligi qoshidagi Respublika ilmiy markazining salohiyatini oshirish, malakali kadrlarga bo'lgan talabni o'rganish, mehnat organlarining ish jarayonlarini baholash, dasturlarning benefitsiarlari o’rganishga qaratilgan chora-tadbirlar; b) loyihaning barcha uchta komponentlarining monitoringini o’tkazish va boshqarish bo’yicha tadbirlar. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qayd etilishicha, uyma-uy o‘tkazilgan xatlovlar O‘zbekistonda 2,2 million aholi ijtimoiy yordamga muhtojligini ko‘rsatdi. «Ehtiyojmand aholining muammolari bilan respublikamizda 16 ta vazirlik va idora shug‘ullansa-da, ular mahalla darajasiga tushib ish olib bormayotgani bois odamlarda bu sohaga e’tirozlar ko‘p. Aslida ushbu aholi qatlami bilan viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, ayollar faollari har kuni xonadonbay ishlashi kerak», degan prezident. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand qatlamini hisobga olish, ularga pensiya va nafaqalar tayinlash, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash borasida ishlar ko‘lami yanada kengaytirilishi ma’lum qilindi. Mamlakatda 3 milliondan ortiq yoki aholining qariyb 9 foizini nuroniylar tashkil etadi. Keksalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olib, har kuni g‘amxo‘rlik qilish, e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha mahalla darajasida tizim yaratiladi. Jumladan: 16 mingdan ziyod o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalarning har yili sanatoriylarda davolanishi tashkil etiladi; 25 ming nafar sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori-darmonlari, protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi, jarrohlik amaliyotlariga xarajatlari ham budjetdan qoplab beriladi; nuroniylar uchun stadion, tennis-kort, sport zallari, basseyn kabi sport inshootlariga oylik abonementining 540 ming so‘mgacha qismi qoplab beriladi; keksalarning teatr va muzeylarga chipta olish xarajatlari ham to‘liq qoplab beriladi. Turizm vaziriga viloyat hokimlari bilan birga 1 maydan boshlab keksa avlod vakillarini ziyoratgohlar, yangi barpo etilgan bog‘lar, madaniyat majmualari va markazlariga sayohatlarini boshlash topshirildi. Oilaviy bolalar uylarining tarbiyalanuvilari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, gigiyena vositalari xamda boshqa turdagi birlamchi extiyoj uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlarni sotib olishdagi qiyinchiliklar sababli davlat budjeti hisobidan mazkur sohaga soddalashgan tartibda mablag‘ ajratish tizimi joriy etiladi: bir nafar tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri keladigan xarajatdan kelib chiqib bolani tarbiyaga olgan ota-onalarga ushbu mablag‘lar plastik kartalarga o‘tkazib boriladi; muassasaning kommunal (elektr, suv, gaz) xarajatlari jismoniy shaxslar uchun belgilangan narxlarda amalga oshiriladi. Bu orqali Oilaviy bolalar uylarining kommunal to‘lovlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari o‘rta hisobda 30 foizga iqtisod qilinishiga erishiladi. Etiboringiz uchun RahmatDownload 412.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling