Ijtimoiy sohani takomillashtirish va bu boradagi islohotlar bilan aloqador bo‘lgan idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi ham bu boradagi ishlarimiz rivojiga xalal bermoqda. Mamlakatimizning ko‘plab hududlaridagi mehnat bozorida doimiy ish o‘rinlari mavjud emasligi va shu bilan birga yoshlar, xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari bandligini to‘la-to‘kis ta’minlashga erishilmagani ham ijtimoiy sohaga doir islohotlar samarasini kamaytirmoqda. Ushbu sohada nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar va yordamga muhtoj aholi qatlami uchun maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligi, mazkur yo‘nalishda uchrayotgan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish zarurati bizni albatta bezovta qilishi kerak. Ayniqsa, nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarining yetishmovchiligi, ba’zi hollardaularning bahosining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Ayniqsa, nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarining yetishmovchiligi, ba’zi hollardaularning bahosining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Ayni paytda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish vazifalari ham dolzarblashmoqda. Bu jihatdan, mamlakatimizdagi protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni, shu jumladan, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ulardaishlab chiqarishning zamonaviy standartlarini joriy qilish kutilgan natijalarga erishish imkonini beradi. Ijtimoiy soha islohotlarining yuqori samaradorligiga erishish, mavjud muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |