* nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishbo‘yicha faoliyatni davom ettirish; * tibbiy-meh nat ekspertizasi va nogironliknibelgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini, jumladan, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda, yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish; * tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar o‘sishining sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish buyicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini ko‘tarish; *tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish; * nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tiziminitakomillashtirish; * nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tartib-taomillardan o‘tishni yanada soddalashtirish. Yana bir muhim masala - nuroniy otaxon va onaxonlarimizni har tomonlama ko‘llab-quvvatlashimiz ham qarz, ham farzdir. Yana bir muhim masala - nuroniy otaxon va onaxonlarimizni har tomonlama ko‘llab-quvvatlashimiz ham qarz, ham farzdir. Butun mamlakat hududida ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj shaxslarning manzilli ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirish, ularning uy-joy, maishiy va boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat va moddiy yordamni kengaytirish, shu jumladan, sifatli yordamchi va texnik vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |