Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar
Download 1.63 Mb.
|
Kuchli ijtimoiy siyosat tayyor
Ijtimoiy sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ham yaxshi tushunamiz.Avvalo, ijtimoiy himoyaga va doimiy yordamga muhtoj shaxslarni o‘z vaqtida hisobga olish mexanizmlarini samarali ishlatish, muhtojlik belgilari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ularni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlashning, shu jumladan zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bunday shaxslarning ijtimoiyahvolini ta’sirchan monitoring qilish,ularning turmush sharoitlarini har tomonlama baholash, individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishva amalga oshirish, shuningdek, o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi tizimni takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratish darkor.Jamoaviy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi, shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan tekin foydalanishi bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish bu boradagi islohotlar ta’sirchanligini oshiradi.Xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ular tadbirkorligini rivojlantirish hamda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning og‘irini yengil qilishga xizmat qiladigan samarali faoliyat mexanizmlarining to‘la kuch bilan ishlamayotganini alohida ta’kidlash lozim.Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish, nafaqadagi otaxonlar va onaxonlarni qaddini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordam berish masalalarida ham kamchiliklar mavjud.Soha rivojini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan va ortiqcha qog‘ozbozlik bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nomutanosib holatlar davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini taqdim etish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bermayotganini ko‘pchilik mulozimlar yaxshi biladi. Ammo shunga qaramasdan bunday noxush vaziyat davom etayotganini qanday tushunish mumkin?Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling