Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar

Download 1.63 Mb.
bet10/11
Sana05.05.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1430090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kuchli ijtimoiy siyosat tayyor

Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi.

Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta'kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so‘z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat e'tirofiga ham sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan xalqimiz o‘z kelajagi poydevorini yanada mustahkam bo‘lishini ta'minladi. Oliy va o‘rta ta'lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo‘ylashishimiz, dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega bo‘lishimizga zamin yaratadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling