Shaxzod;
Unutmasmiz«Alifbe»xon
Sizdan olgan saboqlarni –
Har sahifa ochgandagi
O`tgan ajib xush choqlarni.
Ilmlarning dovonida
Eng birinchi yo`lboshi – Siz,
Afsus,
Sizni kuzatmoqlik
Ilojsizdir ko`zyoshisiz…
Aziza:
Harflaringiz o`qiy-o`qiy
Oldik bilim va tarbiya.
Endi har ne sinov bo`lsin
Pisand eмас aslo bizga:
Har gal zafar quchar bo`lsak
Mudom Sizni yod olamiz –
Siz boshlagan so`qmoqlardan
Samolarga yo`l solamiz!
Dilnura:Yasha , jonim Alefbe!
Sen Ham menga yasha de!
Yuksak dovonlar osha
Sen ham men kabi yasha!
Endi ukalarimga
O’rgat yangroq o’qishni Tanit bir-bir ularga
Bahor, yoz, kuz-u qishni.
Amirbek : Men
endi bu boshimni
To’ldiray ilm bilan.
Yuragim o’zligimni
Boyitar ta’lim bilan
Sababi bundan buyon
Elga xizmat qilaman
Dard
cheksa dard chekaman
Kulsa birga kulaman.
Alifbejon seni hech
Unutmayman o’lguncha.
Sen Vatanim xalqimday
Yasha dunyo turguncha