Kun tartibidagi masalalar


Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi


Download 29.79 Kb.
bet4/5
Sana07.05.2023
Hajmi29.79 Kb.
#1438575
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bayonnomalari Sinf raxbarlik

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi:

  1. Sinf rahbarlari “Tarbiya” darslarini kuzatish, sinf soat darslariga qo‘shimcha ma’lumotlar olish va Tarbiyaviy soat darslarida qo‘llash kabi vazifalar amalga oshirilsin.

  2. O‘quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida milliy bayramlar, poytaxtimizda joylashgan diqqatga sazovorli maskanlarda Tarbiyaviy soat darslari tashkil qilinsin.

  3. Sinf Tarbiyaviy soat darslari, ota-onalar majlislarida MJTning 47 moddasi va milliy komissiya faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berilsin.

Yig‘ilish rahbari: J.Mirzaqulov


Kotib: U.Tangriyeva
Forish tumani 47-maktabning sinf rahbarlari metodbirlashmasining
4-sonli yig‘ilish
BAYONNOMASI

13.11.2022 yil Qo`lba QFY

Qatnashdilar: MMIBDO‘ J.Mirzaqulov, sinf rahbahrlari metodbirlashma rahbari J.Mirzaqulov. 1-11-sinf rahbarlari
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
1.To‘garaklarning yuritilishi tahlili to‘g‘risida.
2.Yoshlar etakchisining maktab o‘quvchilari bilan olib borgan ishlari ishlari to‘g‘risida.
3.O‘quvchilar davomati,Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarining ichki tartib va odob ahloq qoidalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

Eshitildi:
Yig‘ilishni MMIBDO‘ J.Mirzaqulov ochiq deb e’lin qildi. Kun tartibidagi masalalarni e’lon qildi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidansinf rahbahrlari metodbirlashma rahbari J.Mirzaqulov so‘zga chiqib O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Umumta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi 314 -sonli buyrug‘iga asosan maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mazmunli ta’lim olishlariga sharoitlar yaratib berish maqsadida fan to‘garaklari, qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklar, 5 ta muhim tashabbus asosida tashkil qilingan to‘garaklarga o‘quvchilarni jalb qilish, sinf o‘quvchilaridan So‘rovnomalar o‘tkazish, maktabdan tashqari to‘garaklarga jalb qilishda ota –onalarga murojaat qilish masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan MMIBDO‘J.Mirzaqulov so‘zga chiqib maktabda yoshlar etakchisining maktab o‘quvchilari bilan olib borgan ishlari ishlari to‘g‘risida to‘xtalib, 2022-2023 – o‘quv yilida maktabda yetakchi lavozimi vacant bo‘lganligi sababli o‘quvchilar bilan umuman Yoshlar ittifoqi va Kamalak bolalar tashkiloti yo‘nalishi faoliyati olib botilmayotganligini aytib o‘tdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan MMIBDO‘ J.Mirzaqulov so‘zga chiqib O‘quvchilar davomati va o‘quvchilar formasi to‘g‘risida so‘zlab so‘nggi kunlarda yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan dars qoldirish juda ham ko‘payganligi sababli har bir sinf rahbari har kuni ertalab soar 9:00 ga qadar sinfida kelmagan o‘quvchilarning davomatini nazorat qilishi, kelmagan o‘quvchilarning ota -onalari bilan telefon orqali bog‘lanish, o‘quvchining maktabga kelmaganlik sabablarini aniqlash hamda sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarni belgilangan tartibda ot-onasi, mahallasi, maktab nazorat inspektorlari bilan profilaktik ishlar olib borish masalalari haqida hamda XTV ning 2020 yil 28 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 131-sonli buyrug‘ini yana bir bor o‘quvchilar va ota-onalarga tanishtirish ishlarini olib borish haqida, MJK ning 47-moddasini ota-onalar majlislarida ota – onalarga yana bir bor tanishtirish, bundan tashqari Milliy komissiya tomonidan ota-onalarga farzand tarbiyasidagi e’tiborsizliklari uchun jarima qo‘llanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Download 29.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling