Kun tartibidagi masalalar


Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi


Download 29.79 Kb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi29.79 Kb.
#1438575
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bayonnomalari Sinf raxbarlik

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi:

  1. 2022-2023-o‘quv yili davomida har bir sinf rahbari tomonidan ochiq sinf soat darslari o‘tkazilsin va o‘tkazilgan sinf soat darslari OAV, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilsin.

  2. Barcha sinf xonalarida sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilgan holga zararsizlantiruvchi visitalar bilan ta’minlanishi nazoratga olinsin.

  3. Har bir sinfdan maktabning “Qizlarjon to‘garagi” a’zosi tayinlansin, sinf rahbarlari tomonidan qizlar majlislari o‘tkazilsin.

Yig‘ilish rahbari: J.Mirzaqulov


Kotib: K.Maharov
Forish tumani 47-maktabning sinf rahbarlari metodbirlashmasining
3-sonli yig‘ilish
BAYONNOMASI

16.10.2022 yil Qo`lba MFY

Qatnashdilar: MMIBDO‘ J.Mirzaqulov, sinf rahbahrlari metodbirlashma rahbari 1-11-sinf rahbarlari
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
1.Maktabda tarbiya fanini o‘qitilishidagi o‘quvchilar bilan olib borilgan ishlar to‘g‘risida.
2. V-XI sinf rahbarlarining olib borayotgan tarbiyaviy ishlari ish hujjatlarining yuritilishi, vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha olib borgan ishlari to‘g‘risida.
3.O‘quvchilar davomati va o‘quvchilar formasi to‘g‘risida
Eshitildi:
Yig‘ilishni MMIBDO‘ J.Mirzaqulov ochiq deb e’lon qildi. Kun tartibidagi masalalarni e’lon qildi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidansinf rahbahrlari metodbirlashma rahbari U.Tangriyeva so‘zga chiqib Maktabda tarbiya fanini o‘qitilishidagi o‘quvchilar bilan olib borilgan ishlar to‘g‘risidaTarbiya” fani 1-10-sinflarda haftasiga 1 soatdan, oʻquv yili davomida esa 34 soat oʻqitiladi. Shuningdek, oʻqituvchilar uchun “Tarbiya” fani boʻyicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy yondashuvlar oʻrin olgan uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi.“Tarbiya” fanini oʻqitish texnologiyasi” nomli qoʻllanma nashrga tayyorlandi. “Tarbiya” fani boʻyicha oʻquv-uslubiy taʼminotning axborot platformasini yaratish maqsadida internet tarmogʻining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir maʼlumotlar va vazifalari bayon etilgan oʻqituvchiga uslubiy yordam koʻrsatuvchi maʼlumotlar bazasi yaratildi. Bu platformada oʻqituvchilar uchun “Tarbiya” fanining maqsad-vazifalarini ochib beruvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-rejalar, fanni oʻqitishga doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qoʻshimcha manbalar joylashtirilmoqda. Shuningdek, platformada oʻquvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.“Tarbiya” fanining 1-10-sinflarga moʻljallangan darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid 21 ta videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kirish orqali ma’lumot olib sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soat darslarida qo‘llash to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidansinf rahbahrlari metodbirlashma rahbari U.Tangriyeva so‘zga chiqib V-XI sinf rahbarlarining olib borayotgan tarbiyaviy ishlari,ish hujjatlarining yuritilishi, vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha olib borgan ishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘quv yili davomida muhim sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash, 5 ta muhim tashashabbus asosida 5 ta yo‘nalishni tanlab sinfdan tashqari tanlovlarni tashkil qilish, poytaxtimizda joylashgan muzey va teatrlarga o‘quvchilarni olib borish, sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari haqida ma’lumot berdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan MMIBDO‘ J.Mirzaqulov so‘zga chiqib O‘quvchilar davomati va o‘quvchilar formasi to‘g‘risida so‘zlab so‘nggi kunlarda yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan dars qoldirish juda ham ko‘payganligi sababli har bir sinf rahbari har kuni ertalab soar 9:00 ga qadar sinfida kelmagan o‘quvchilarning davomatini nazorat qilishi, kelmagan o‘quvchilarning ota -onalari bilan telefon orqali bog‘lanish, o‘quvchining maktabga kelmaganlik sabablarini aniqlash hamda sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarni belgilangan tartibda ot-onasi, mahallasi, maktab nazorat inspektorlari bilan profilaktik ishlar olib borish masalalari haqida hamda XTV ning 2020 yil 28 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 131-sonli buyrug‘ini yana bir bor o‘quvchilar va ota-onalarga tanishtirish ishlarini olib borish haqida, MJK ning 47-moddasini ota-onalar majlislarida ota – onalarga yana bir bor tanishtirish, bundan tashqari Milliy komissiya tomonidan ota-onalarga farzand tarbiyasidagi e’tiborsizliklari uchun jarima qo‘llanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Download 29.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling