Kun tartibidagi masalalar
Download 29.79 Kb.
|
Bayonnomalari Sinf raxbarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- buyrug‘ini sinf rahbarlari o‘rtasida ishlab chiqish va Nizom asosida
Forish tumani 47-maktabning sinf rahbarlari metodbirlashmasining 1-sonli yig‘ilish BAYONNOMASI 30.08.2022 yil Qo`lba MFY Qatnashdilar: MMIBDO‘ J.Mirzaqulov, sinf rahbahrlari metodbirlashma rahbari. 1-11-sinf rahbarlari KUN TARTIBIDAGI MASALALAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 22 fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbari faoliyatini tashkil etish haqida”gi 41-sonli buyrug‘ini sinf rahbarlari o‘rtasida ishlab chiqish va Nizom asosida 1- 4 va 5-11- sinflarga sinf rahbarlari buyruq asosida tayinlash. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mustakilligining 30 -yilligini kutib olish “ Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz!” shiori ostida bajarilayotgan ishlar, vazifalar to‘g‘risida. 3. Tarbiyaviy ish-rejadagi o‘zgarishlar, amalga oshiriladigan ishlar, ish xujjatlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida. Eshitildi: Yig‘ilishni MMIBDO‘ J.Mirzaqulov ochiq deb e’lon qildi. Kun tartibidagi masalalarni e’lon qildi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbahrlari metod birlashma rahbari K.Maharov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 22 fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbari faoliyatini tashkil etish haqida”gi 41-sonli buyrug‘ini sinf rahbarlari o‘rtasida ishlab chiqish va Nizom asosida 1- 4 va 5-11- sinflarga sinf rahbarlari buyruq asosida tayinlash hamda sinf rahbarining yuritishi zarur bo‘lgan hujjatlari “Sinf rahbari kundaligi”, “Maktab ichki nazoratida bo‘lgan o‘quvchining yig‘ma jildi”, sinf rahbarlarining lavozim majburiyatlari haqida tushuntirdi. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan MMIBDO‘ J.Mirzaqulov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Mustakilligining 31-yilligini kutib olish “Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz!” shiori ostida “Mustaqillik darslarini tashkil etish uchun tavsiyalar berdi.“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishib kelayotgan ulkan yutuqlar hamda barpo etilgan ulkan inshootlar”, Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu nomli xalqaro konferensiyadagi nutqi asosida), “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlaktiga aylanmoqda” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga javoblari asosida), “Tadbirkorlar – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan olib borgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so‘zlagan nutqi asosida), “Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz!” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimidagi ma’ruzasi asosida) mavzularida Mustaqillik darslari o‘tkazildi.Mustaqillik darslarini mutaxassis o‘qituvchilar faollar zalida va sinf xonalarida o‘tkazilishini tushuntirdi. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan MMIBDO‘ J.Mirzaqulov so‘zga chiqib sinf rahbarlarining 2022-2023 o‘quv yili davomida yuritishi lozim hujjatlari va “Tarbiyaviy soat” darslarining rejasi, undagi muhim sanalarga bag‘ishlangan mavzularni ochiq tarbiyaviy soat darslari, kichik tadbir asosida o‘tkazilishi kerakligini, tarbiyasi og‘ir o‘quvchlar bilan ishlash usullari to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi. Namunaviy tarbiyaviy soat darslari rejalarini tarqatdi. Download 29.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling