Kurbaniyazov xikmatjonning


Download 243 Kb.
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi243 Kb.
#1365756
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI


AJINIYOZ NOMIDAGI
NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI TA’LM YO’NALISHI 1-BOSQICH TALABASI
KURBANIYAZOV XIKMATJONNING
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
TOPSHIRDI: KURBANIYAZOV XIKMATJON
QABUL QILDI: NAJIMOVA FERUZA

NUKUS -2023


QANǴ DAVLATI. DAVON DAVLATLARI HAQIDA XITOY MANBALARI
Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rat Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan fitkrlarni berishgan.
Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatning Avesto berilgan Kanx bilan bir deb hisoblashadi.Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh bo’lgan. Uning hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan1.
Avestoda bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning Shohnomasida ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi.
Qang‘ davlati O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri milodiy I-II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Orol bo‘yigacha xududni egallagan. Rivojlangan davrda uning xududi- Sharqda Farg‘ona va Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural oldi xududigacha, ya’ni sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi cho‘llargacha, janubda Sug‘dgacha borgan. Bu еrda u Kushan davlati bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan.
Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km) hududdagi qang‘arlar еrida mil. avv I –milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan3.
Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari uchun ularda 2 markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu еrdan 7 kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin uning geografik tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham deyishadi.
Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan.
Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam uchraydi. To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir ma’lumotda Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan maslahat kengashi bilan ish tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning fikrlari еtakchi mavqega ega bo‘lgan. Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya bo‘lgan.
Qang‘ davlatiga qarashli еrlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar boshqargan. Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan. Qang‘arlarga qarashli tub еrlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan.
Tarixchi Sima-Syan mil. avv. II asrning ikkinchi yarmigaga oid ma’lumotida Qang‘uy haqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlar mamlakati» degan fikrni bildiradi4. Biroq To‘ng‘ich Xan sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida milodiy I asrning boshlarida qang‘uylarning yarim o‘troq xalq bo‘lganligiga ishora qilinadi. Bu sulola tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, qang‘uylarda chorvachilik rivojlangan bo‘lib, qoramol va qo‘ylari ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘plab zotli otlar еtishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish kuchayib, chorva mollarining ko‘pchiligi podsholar va ularning qarindosh-urug‘lari hamda yirik qabila boshliqlari va harbiylarga tegishli bo‘lgan. Aholining asosiy qismi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahor kelishi bilan xoqon va uning urug‘lari qishgi qarorgohdan yozgi qarorgohga, ya’ni Sirdaryoning quyi oqimidagi o‘tloq еrlarga borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini orqaga qaytarishib, Keles cho‘liga va tog‘ yon bag‘irlaridagi yaylovlarga joylashganlar. Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Bu vaziyat qang‘lilarning kambag‘al qismini o‘troq, yarim o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Toshkent vohasida yashagan dehqonlar arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar еtishtirganlar, mevali daraxtlar va uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l bo‘lgan.
Miloddan oldingi II asr- milodiy III asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda qang‘arlar (qang‘uylar) Farg‘onaning shimoli-g‘arbida, unga chegaradosh rayonlarda joylashganligi eslatib o‘tiladi. Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 128 yili Dovon (Farg‘ona)ning markazi Ershida va Qang‘uy hududlarida bo‘lgan. Uning ma’lumotida «Qang‘uy Dovon bilan chegaradosh» bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy solnomalarida qang‘arlarga qarashli beshta viloyat – Suse (Kesh), Fumu (Zarafshon vohasida, hozirgi Qattaqo‘rg‘on tumani hududlari Miyonqoldagi Kushaniya shaxri),, Yuni (Toshkent vohasi) Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi aytilgan..
Qanxa, Shoshtepa, Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar tarixini o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan.
Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan xalqlarning So‘g‘d, Farg‘ona, Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashagan xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi samarali ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi manbalarda ko‘rsatilishicha qang‘uylarning shimoli-sharqiy qo‘shnisi Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda yozilishicha qang‘uylarning urf-odatlari, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va Sharqiy Turkistonda yashagan katta yuechjilarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘lilarning qo‘shni xalqlar bilan moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan.
V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati eftaliylarning hujumi natijasida еmirilgan. Oqibatda, Qang‘ davlati tarkibida bo‘lgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar (qang‘li, pecheneg)ning katta qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga borib joylashgan. Bu еrda yashagan bir qancha qabilalar birlashib, yangi qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi bilan saqlanib qolgan.
Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir.
Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan».
Farg‘ona so‘zi so‘g‘d manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “tog‘lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik” ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayyuan, ya’ni Davan” deb yuritilgan. Dayyuan ham “tog‘lar orasidagi vodiy”ma’nosini beradi.
Farg‘ona haqida ko‘plab ma’lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoyda yilnomalar tuzish an’anasi miloddan avvalgi III asrdan keyin ya’ni Xitoydagi mayda davlatchalar birlashgandan keyin shakllanadi. Unga ko‘ra har bir imperator devonxonasida maxsus bo‘lim bo‘lib, uni xodimlari davlat boshqaruvi bo‘yicha hujjat-materiallarni to‘plashgan. Keyinchalik ular har bir imperatorning hukmronlik davri yilnomasiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ulardan birortasi hali xitoy tilidan boshqa tillarga to‘liq tarjima etilmagan. Yevropa tillaridan tashqari rus tiliga N.Ya. Bichurin, N.V. Kyuner, V.S. Taskin, A.G. Malyavkin kabi xitoyshunoslar (sinologlar) tarjimalari ma’lum va mashhur. Mamlakatimizda keyingi paytlarda A.Xo‘jaev, A. Abdurasul o‘g‘li tarjimalari va izohlaridan foydalanilmoqda.
Yilnomalar ichida

Sima Syanning “Tarixiy xotiralar”- Shi-szi (afsonaviy davrlardan to miloddan avvalgi II asr oxirigacha voqealar tafsiloti),

Ban Gu (Min Gyan)ning “Ilk Xannoma” – Xan shu (miloddan avvalgi I asrdan to eramizning 25 yilgacha voqealar bayoni)

Fan Ye (Yuy-Szun)ning “Keyingi Xannoma” – Xouxan shu (milodiy 25 yildan to 220 yilgacha tarixiy jarayonlar tafsiloti)



Ilk o‘rta asrlar tarixi Bey-shu ( 7 asr) va Tan-shu (10 asr) yilnomalarida yozilgan.

Bular ichida Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” asari katta ahamiyatga ega. Ushbu asarning 123-bobi Markaziy Osiyoga ikki marta (miloddan avvalgi 136-128 va 115 yillari) tashrif buyurgan elchi Chjan Szyanni hisoboti asosida bitilgan. Aynan shu shaxsning Xitoydan Farg‘ona orqali Markaziy Osiyoga tashrifi paytidan e’tiboran – mil. avv. II asrdan Buyuk ipak yo‘liga rasman asos solinadi. Chjan Szyan o‘z hisobotida “g‘arbiy o‘lkalar” – Ustrushona, Sug‘d, Baqtriya, Choch va b. to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Xitoylik sayyoh Farg‘ona vodiysi haqida ham yozib qoldirgan. U ma’lumotlarda Davan yoki Dayuan yuksak rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilik mamlakati ekanligini, Farg‘ona vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi va ulardan Ershi, Yuchen, Guyshuan (Guyshan) muhim markazlar bo‘lganligi ta’kidlanadi. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Syan qadimgi Farg‘o­na xalqi bilan, uning xulq-atvori, urf-odatlari, kuch va qudrati, tabiati va hayvonot dunyosi yoritilgan. Xitoy manbalarini o‘rganishda Bichurinning tarjimasi muxim ahamiyatga ega. Ko‘pgina tadqiqotchilar qadimgi davr tarixini yortishda uning asaridan keng foydalanadilar. Bichurin Nikita Yakovlevich (Iakinf) 1777 - 1853 , hoz. RFning Chuvashiya muxtor respublikasi Chebok-sari tumani —1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos. Peterburg FA muxbir a’zosi (1828 y.dan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazir-ligida tarjimon bo‘lib ishlagan. B. ning ilmiy ishlari mo‘g‘ul va turkiy-zabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalq-lari qad. tarixiga bag‘ishlangan «Qadimgi davrda O‘rta Osiyoda yashagan xalklar haqida ma’lumotlar to‘plami» nom-li uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham xitoy manbalari tarjimasi bilan shug‘ullanayotgan olimlarimiz bor. Ular A.Xo‘jaev va Abdurasul o‘g‘lidir. Ular «24 tarix»ning Markaziy Osiyoga tegishli barcha boblarini «Qadimgi Farg‘ona tarixidan» risolasida tarjima qilib chop etishgan. Ana shu «24 tarix»ning 1-3 jildlaridagi Markaziy Osiyoga tegishli qismlari 1987 yildan boshlab uyg‘ur tiliga tarjima qilina boshlandi. Natijada Farg‘ona-Xitoy munosabatlariga doir yangi malumotlar olish imkoniyati tug‘ilgan. Xitoy manbalarida Farg‘ona Davan-Dayuan (Da-Van-katta Van) tarzda berilgan. 1756-1758 yillarda fransuz xitoyshunos olimi M. Degin dastlab Davanining Farg‘ona ekanligini isbotlab bergan. Keyingi davrlardagi tadqiqotlar ham buni tasdiqlagan. Xitoy manbalarida Farg‘ona turli davrlarda turlicha nomlangan. Milodiy 5 asrda –Lona yoki Polona, 6-7 asrlarda Baxon, 7-8 asrlarda Ninyuan. Tadqiqotlar davomida bu nomlarlarning barchasi Farg‘ona bilan bog‘liq ekanligini isbotlangan. Milodiy VII asrga oid xitoy manbasi Bey-shida qadimgi Farg‘ona – “Pakanna”, “Boxan”, "Feyxan" nomlari bilan tilga olinadi. Bey-shida Feyxan bekligi poytaxtining aylanasi 4 li (1 li 576 m.ga teng) deyilgan. Bey-shida "xukmdor taxti oltin qo‘chqor qiyofasida ishlangan" deb tarif beriladi. Boshqa bir xitoy manbasi Tan-shuda (X asr) "Mamlakatni milodiy III asrdan to VII asrgacha bir sulola boshqargan"ligi qayd qilinadi. Demak, oltin qiyofasida ishlangan taxtda o‘tirgan xukmdor mahalliy dehqonzodalardan biri bo‘lib, to‘rt asr davomida Farg‘ona mulkini boshqarib kelgan va nihoyat VII asrdan boshlab Farg‘ona mulki turk sulolalari tomonidan boshqarila boshlagan (Asqarov, 2003, 3 sahifa). Arab tarixchilari Yaqut va Kudamolarning xabar berishiga qaraganda ilk o‘rta asrlarda nafaqat Farg‘ona mulki, balki uning bosh shahri ham Fraganik deb yuritilgan, aniqrog‘i viloyat uning bosh shahri nomi bilan yuritilgan. Davan davlatning chegaralari to‘liq aniqlangan emas. Chjan Szyanning ko‘rsatmasiga binoan, uning shimoli g‘arbida Qangyuy bilan, janubda yuechjilar bilan, shimolda usunlar bilan chegaradosh bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Davan Xitoy poytaxtidan 10 000 li uzoqda joylashgan. 1 li 576 m.ga teng
Farg‘ona xududida ilk davlatchilikning shakllangan davrni mil.avv. V-IV asrlar bilan bog‘lashadi. Chunki xuddi shu davrga oid arxeologik yodgorlik –Shurabashatda ilk davlatchilik elementlari topilgan. Shurabashad O‘zgan shahri yaqinida joylashgan. 70 gektar maydonni egallagan. Chust madaniyatining oxirgi bosqichida esa, ilk davlatchilik elementlari - Chifdom shakllangan.
Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa, oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda iste’qomat qilgan.Qadimgi Farg‘ona podshosini –Van deb atashgan. Bir necha hukmdorning ismlari saqlanib qolgan- Mosay, Chan Fin, Mugua, Yanlyu.
Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan.Hattoki hukmdorning taqdirini ham hal etishgan. Urushdagi mag‘lubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni ham o‘limga mahkum etadilar.
Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki. voha-davlatlarning erkin ittifoqidan tashkil topgan konfederatsiya edi. Har bir shaxarni mustaqil faoliyat yurituvchi hokim boshqargan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Davanda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha, Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil o‘z xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan ava rivojlangan. Farg‘ona aholisi eroniy tilda so‘zlashgan2.
Davan aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan.
Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Antik davrda Farg‘onada hunarmandchilik keng rivojlangan. To‘qimachilik va kulolchilik rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarix­chilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshiriq qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham kelti­ra olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Farg‘ona aholi­sini tashqi qiyofada qang‘arlarga o‘xshab ketadi. Ular cho‘ziq yuzli va qalin soqolli bo‘lganlar, deb tariflay­di. Chjan Syan Davandan (Farg‘onadan) to An’se (Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo ular bir- birlarini tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo‘shin harbiy mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib, orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan qolishmagan.
Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlarning o‘rni qaerda bo‘lganligi va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida ko‘plab baxslarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ba’zi tarixiy asarlarda ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil qilgan. Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni solishtirgan holda isbotlab bergan. Davan davlati poytaxti masalasi o‘zoq yillar davomida bahslarga sabab bo‘lgan. Manbalarda biron bir shahar poytaxt deb tilga olinmagan. Sababi xitoyliklar poytaxt deganda faqat o‘z poytaxtini tushunganlar. Qolgan davlatlarni poytaxtlarini du – qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan fikrni qoldirgan Bichurin. Bichurin yozma manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan. Guyshan shahrining o‘rni haqida ham bir fikr yo‘q. Ya’ni u Mug‘qala (hozirgi Kosonsoy) (Bernshtam A.N., Zadneprovskiy Yu.A.), O‘ratepa (Tojikiston), O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlari (Borovkova L.A.), Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Munchoqtepa (Matboboev B.) va Axsiket (Anarboev A.) bilan taqqoslanadi. Ushbu tadqiqotchilar keltirayotgan dalil-isbotlarning kuchli tomonlari ham bo‘sh tomonlari ham mavjud. Ammo, bir narsa aniqki, Guyshan vodiy shimoliy hududida joylashgan bo‘lishi va miloddan avvalgi birinchi asrda bosh shahar bo‘lgan. Sharqshunos A. Xo‘jaev yaqinda e’lon etilgan maqolasida poytaxt shahar deb Yuan-cheng degan shahar nomini keltiradi. XX asrning 70-80-yillarida Sankt-Peterburglik farg‘onashunos Yu.A. Zadneprovskiy yozma manbalarni diqqat bilan o‘rganib, Davanda xuddi qo‘shni Kanguy davlatiga o‘xshab ikkita poytaxt mavjud edi va ulardan biri qarorgoh (rezidensiya) bo‘lishi kerak degan fikrni bildirgan (Zadneprovskiy Yu.A., 2000). Kanguyda yozgi va qishki qarorgohlar mavjudligi tarixiy fakt. Shu nazardan qaraganda Yuan-cheng qarorgoh bo‘lishi mumkin. Chunki, tadqiqotchilar N.Ya. Bichurin tarjimalarida Yuan-cheng toponimi “rezidensiya davanskoy” yoki “davanskaya rezidensiya” deb olinganini ta’kid etadilar (Xo‘jaev A., 2011. S.26). Yuan-cheng shahri haqida qiziqarli g‘oyani ilgari surayotgan A. Xo‘jaev uni Andijon o‘rnida bo‘lishi mumkin degan fikrni bildiradi. Eski shahar qismidan aniqlanayotgan arxeologik topilmalar buni tasdiqlaydi. Hozirda Andijon shahrining100 sm.gacha va undan ziyod qalinlikdagi quyi qatlamlaridan 2400-2600 yillik arxeologik kompleks topib o‘rganildi (Matbabaev B.X, Mashrabov Z.Z., 2011). Qadimgi davrda Davanning poytaxti Ershi shahri bo‘lgan. Ershi bu Andijon viloyatining Marhamat shahri yonida joylashgan Mingtepa yodgorligidir.
1. Mingtepa arxeologik kompleksi (mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt (mil. avv. II) – miloddan avv. 136-115 yillarga to‘g‘ri keladi va ular salmog‘i ham еtarlicha.
2. Xitoy manbalari xabar bergan Ershining «o‘rta shahri» qoldiqlari (bu haqda qarang: Bichurin N.Ya., 1950. S. 165) faqat Mingtepada saqlangan (maydoni yangi ma’lumotlarga ko‘ra40 gektar). O‘rta shahar ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan (Bernshtam A.N., 1948. S. 155-161, ris. 2).
3. Ershi xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi. Yodgorlikning yana bir muhim jihati uni geostrategik muhim nuqtada joylashgan.
SOMONIYLAR DAVLATINING BUYUK HUKMDORI

Yurtimiz tarixida ajralmas sahifa sifatida e'tirof etiladigan Somoniylar davri shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur mutafakkir olim Ibn Sino, islom ilmlarida katta shuhrat qozongan ilohiyotchi olim Abu Mansur Moturidiy kabi o‘nlab allomalar yashab ijod qilgan. Shuningdek, ushbu davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari, jumladan “Dor al-juzjoniya”, “Dor al-iyodiya”, “Buxoro fiqh maktabi” kabi maktablar faoliyat olib borgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishida qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahrda mustahkam imperiya sifatida hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishni maqsad qildik.


Somoniylar davlatida IX asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz bergani va bir necha yillar davomida tinch siyosat va sharoitlar hukmron bo‘lib turgani Movarounnahrning asosiy ilmiy markazlaridan hisoblangan Samarqand shahrida ilmiy jarayonlarning jonlanishiga zamin yaratdi. Samarqandning buyuk ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm markazlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, somoniylar davrida Samarqandda nafaqat islom dinining, balki boshqa dinlarning ham ta'lim markazlari faoliyat olib borgan.
Movarounnahr mintaqasining Somoniylar davridagi tarixi haqida birinchilardan bo‘lib Muhammad Narshaxiy batafsil ma'lumot beradi.
Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi1
Somoniylar davlatining poytaxti - Buxoro tarixiga bag‘ishlagan o‘ziga xos qomusiy asardir. XIII asr muallifi Sam'oniyning “Kitob-ul-ansob” asarida keltirilgan qisqagina ma'lumotga qaraganda, uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi. Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha-muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan2.
“Buxoro tirixi” kitobida yozishda Muhammad Narshaxiy o‘z kuzatishlari, mahaliy aholidan eshitgan va bilganlari bizgacha yetib kelmagan tarixiy hujjatlarga asoslanish bilan birga ko‘pchilik tadqiqotchilar nazari tushmagan arabnavis mualliflarning asarlaridan ham keng foydalangan. Kitobda Madoiniy, Balazuriy va Tabariy asarlariga bo‘lgan havolalar buning yorqin dalilidir. Bulardan tashqari, Muhammad Narshaxiy o‘z asarida islomiyatga qadarli Buxoro tarixi va arablar bosqini bilan bog‘liq bir qancha rivoyatlarni keltiradi. “Siyovush marsiyasi” va “Poykand fojiyasi” kabi axborotlar mana shunday xalq og‘zaki rivoyatlari namunalaridandir. Buxoro va Poykandning islomiyaga qadarli bo‘lgan hokimlari, Poykand ravotlari, arablarning Buxoroga tomon dastlabki yurishlari, shuningdek Muqanna to‘g‘risidagi axborotlarning bir qismi Muhammad Narshaxiyga mansub bo‘lib, ular ma'lum darajada yozma manbalar hamda og‘zaki rivoyatlar asosida bayon etilgan.

Sharg‘ va Iskijkat bozorning ta'rifi; Ismoil Somoniy tomonidan Sharg‘ qishlog‘i yerlarining xaridi; yiliga ikki marta Buxoroda bo‘ladigan mohrshz iyd bozori; Ko‘shki Mug‘on yerlarining X asrdagi bahosi; shahar atrofi ko‘shklarining o‘ymakor sanamlar bilan bezatilgan eshiklari; “kashkashon”- savdogarlar bilan arablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaralar; nihoyat, “oqkiyimliklar”ning rahnamosi - Muqannaning fojiali qismati to‘g‘risida cho‘rilaridan birining nabirasi og‘zidan eshitgan hikoyasi ayniqsa antiqa axborotlardan hisoblanadi. Abu Nasr Ahmad Quboviyning yozishicha, Muhammad Narshaxiy o‘z kitobini Nuh ibn Nasr as-Samoniy davrigacha bo‘lgan Samoniylar sulolasining hukmronligi to‘g‘risidagi axborotlar bilan tugatadi.


“Buxoro tarixi”ning fors tiliga tarjimasi 1128 yilda Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan amalga oshirilgan. Asar matnining tahlili shuni ko‘rsatadiki, Abu Nasr Ahmad Quboviy asarni tarjima qilishda uni faqat qisqartiribgina qolmay, balki IX asr mualliflaridan Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning “Tarixi Tabari”, Abulhasan Abdurahmon ibn Muxammad Nishopuriyning “Xazoinul-ulum” hamda Abu isxoq Ibrohim ibn al- Abbos as-Suliyning “Ahbori Muqanna” nomli asarlaridan olingan qimmatli ma'lumotlar bilan to‘ldiradi. “Buxoro tarixi”da keltirilgan xadislardan ma'lum bo‘lishicha, Abu Nasr Ahmad Quboviy hadis ilmining ulomalaridan biri mashhur muxaddis Muhammad Shamsudin Abu Bakr Zaranjariying biz uchun noma'lum bo‘lgan asaridan ham foydalangan. Masalan, Buxoro shahrining paydo bo‘lishi, “Bozoro moh”, Arkning barpo etilishi, “Kampirok devor”, Buxoro va unga tobi joylarning dehqonchilik xo‘jaligi tafsilotlari hamda shaharning tarixiy topografiyasi (shahristondan tashqari) bayoniga bag‘ishlangan sahifalar Abu Nasr Ahmad Quboviyning Abulhasan Nishopuriy nomidan “Buxoro tarixiga” kiritgan qo‘shimchalaridan hisoblanadi.
Shu bilan birga “Buxoro tarixi”ning tarjimoni va muharriri Narshaxiydek mahalliy mualliflardan bo‘lgani uchun asarni o‘z kuzatishlaridan to‘plagan hamda bilgan va eshitgan axborotlar bilan ham to‘ldirgan. Mana shunday ma'lumot va axborotlar asosida asarga bir butun sahifalar, ayrim hollarda esa butunlay yangi qism yoki boblar kiritilgan. Masalan, “Buxoro tarixi”ning “Shamsobodning bino etilishi” va “Iyd nomozgohi” kabi boblaming xotima sahifalari va boshqalar Abu Nasr Ahmad Quboviy qalamiga mansubdir.
Quboviy tarjimasidan rosa yarim asr o‘tgach, 1178-1179 yillar mobaynida Buxoro hukmdori sadr Abdulaziz ibn Burxonuddin uchun “Buxoro tarixi”ning fors-tojik matni ham yangitan tahrir qilinib, Mhammad ibn Zufar ibn Umar tomonidan ikkinchi marta qisqartirilib.qayta bayon etiladi. O.I. Smirovning fikricha, ayrim qo‘shimchalar bilan bir qatorda “Buxoro tarixi”ni nomma-nom boblarga ajratish asarning mana shu ikkinchi muharriri qalamiga mansubdir.
XIII asrdan boshlab “Buxoro tarixi” noma'lum ko‘chiruvchi muharrirlari tomonidan muttasil to‘ldirib borilgan. Jumladan, “Buxoro arkining bino etilishi haqida” va “Buxoro shahrining devori” kabi boblarda Xorazmshoh Muhammad ibn Sulton Takash (1200-1220 yy.) farmoni bilan Buxoro arki devorining tiklanishi, 1165 yilda qurilgan shahar tashqi devorining ta'mir etilib, uning sirtidan Buxoroning ikkinchi qatordan tashqi devor bilan o‘rab olinishi, shuningdek 1220 yilda Chingizxon boshliq mo‘g‘il lashkarlarining Buxoroga bostirib kirib, o‘n ikki kun davomida arkni qamal qilib, olib borilgan jang oqibatida qal'a va shahar devorlari vayron etilib, Buxoroning bosqinchilar tomonidan olinishga bag‘ishlagan sahifalar XIII asrning 20-yillaridan keyin “Buxoro tarixi”ga kiritilgan muhim qo‘shimchalardir. Bu qo‘shimchalar asarning tarjimoni Abu Nasr Ahmad Quboviy yoki uning ikkinchi muharriri Muhammad ibn Zufarlarga tegishli bo‘lmay, balki yana bir noma'lum muharir qalamiga mansubdir

Yuqorida qayd etilgan juz'iy qo‘shimchalar nazarda tutiladigan bo‘lsa, bizgacha yetib kelgan “Buxoro tarixi”ning fors-tojik tilidagi nusxasi bir necha bor qisqartirilib, tahrir etilgan va aslidan tubdan farq qiladigan tarjimasidan ko‘ra uning arabcha matni asosida ko‘plab qo‘shimchalar kiritilgan yana bir yangi asarga aylangan, deb tushinish mumkin. U vaqtda “Buxoro tarixi”ning tarjimoni va asosiy muhariri Abu Nasr Ahmad Quboviyni Narshaxiyning ham muallifi yoki asarning ommabop yangi variantini yaratgan o‘z davrining o‘tkir muarrixi deb hisoblashga to‘g‘ri keladi.
Somoniylar o‘z davlatida juda yaxshi yulga quyilgan hukmronlik tizimini urnatdilar. Turk g‘ulomining xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish jarayoni muarrix va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» (Siyar ul-muluk) asarida bayon etilgan.

Manbalarda o‘zlaridan keyin o‘lmas noyob asarlar qoldirgan ko‘plab yetuk olimu fozillarning muborak ismu shariflari saqlanib qolgan. Chunonchi, keyinchalik Gardiziy, ibn al-Asir hamda Juvayniy kitoblariga manba bo‘lgan «Kitob fi-axbor vuloti Xuroson» asarining muallifi Abu Ali Husaya ibn Ahmad as-Salomiy, shuningdek, «Tarixi Buxoro»ning muallifi Abu Abdulloy Muxammad ibn Ahmad ibn Sulaymon al-Buxoriy (924 yilda vafot qilgan) hamda yuqorida nomi zikr etilgan Abu Bakr Muxammad ibn Ja'far al-Narshaxiy (959 yilda vafot etgan), Samarkand shazfi tarixiga oid «Kitob al-ikmal li ma'rifat ar-rijol» kitobining muallifi Abu Said ibn Abdurahmon ibn Muxammad al-Idrisiy (1014 yilda vafot etgan), sakkiz jildlik biografik asar «Kitob ahvoli Nishopur»ning muallifi Abu Abdulloy Muxammad ibn Abdul loy al-Bayyi al-hakim an-Naysaburiy (1014 yilda vafot etgan), «Kitob al - mufoxarat ahli Kesh va-n-Nasaf»ning muallifi Abulxaris Asad ibn Xamduyi al-Versiy (927 yilda vafot etgan), va nihoyat, «Tavarixi Xorazm minxa al-kofi» nomli Xorazmning qadimiy tarixi to‘g‘risidagi kitob muallifi Abu Ahmad ibn Muxammad ibn Sa'd ibn al-Kofiy (957 yilda vafot etgan) shular jumlasidan. Shu o‘rinda Tabariyning mashhur asari «Tarix ar-rasul va-l-muluk va-l-xulafo»ning amir Abdulmalik I (954—961) va Mansur I (961 —976) ning vaziri Abu Ali Muxammad Bal'amiy tomonidan 974 yili amalga oshirilgan forscha tarjimasini ko‘rsatish mumkin. Mazkur asar va uning tarjimasi bir necha marta nashr etilgan. Rofiya bilimdonlaridan fors klassik jug‘rofiya maktabining asoschisi, falakiyot va jug‘rofiyaga oid 60 dan ortiq asarlar muallifi (bu asarlardan ikkitasining: «Taqvim al - buldon» hamda «Kitob al-badi' va-t-tarix»ning nomi saqlanib qolgan) Abu Zayd Ahmad ibn Saxl al-Balxiy (850—934) ni aloxida ta'kidlab utish mumkin.

Somoniylar davridagi jug‘rofiyaga oid adabiyotlar ichida Abu Zayd Balxiyning hozirgacha topilmagan asari muhim o‘rinni egallashi mumkin edi. Vazir Jayhoiiy Buxoroga yuli tushgan ibn Fadlanni qizg‘in kutib olgani ham ma'lum. Jayxoniy asari o‘sha davrda odat bo‘lgan an'anaga ko‘ra «G‘aroyib ad-dunyo», «Ajoyib al-buldon» deb atalgan bo‘lishi mumkin. Mas'udiyning tubandagi so‘zlari fikrimizni tasdiqlaydi: «Al- Jayhoniy dunyoni tavsiflab hamda u haqda hikoya qiluvchi, chunonchi, quidagi ajoyibotlar, shaharlar, poytaxtlar, dunyo va dengizlar, xalqlar va ularning yashash makonlari va boshqa g‘aroyib voqyea-hodisalar to‘g‘ risida asar yaratdi».

Tarixchi manbashunos olimlar B.A.Ahmedov, A.A.Madrimov, D.Yu.Yusupova, G.S.Fuzailovalarning asarlariga qaraganda7 Movarounnahrning somoniylar davridagi tarixi haqida xorijiy tarixchilardan dastlab Astaxoriy (Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy al-Karxiy al-Astaxoriy Abu Is’hoq. U geograf olim bo‘lgan. Kelib chiqishi Eronning Astaxor vohasidan. Ko‘plab ilmiy safarlar qilgan. Uning “Suvar al-aqolim val masolik val mamolik” asari o‘z davrining mashhur asarlaridan hisoblangan. 958 yili vafot etgan).


“Suvar al-aqolim val masolik val mamolik”, Ibn Havqal (Muhammad ibn Ali ibn Havqal an-Nasibiy al-Bag‘dodiy al-Mavsiliy. Bu olim ham geograf bo‘lgan va ko‘plab safarlar qilgan. 978 yil atrofida vafot etgan) “Surat al-arz”, Maqdisiy ( Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Banno al-Maqdisiy al-Bashshor Shamsiddin Abu Abdulloh. Tarixchi va geograf olim bo‘lgan. 947 yili Maqdisda tug‘ilgan. Tijorat bilan shug‘ullangan va ko‘p shaharlarga safar qilgan. 1000 yili vafot etgan) “Ahsan at-taqosim” nomli asarlarida batafsil ma'lumot berib o‘tganlar.
Movarounnahr o‘lkasi Damashqdan so‘ng Ma'mun davriga qadar Bag‘doddagi xalifalikka bog‘liq bo‘lgan. Ma'mun xalifa bo‘lgach, As'ad ibn Somonning farzandlarini o‘ziga yaqin kishilardan bilib, Movarounnahrga boshliq qilib tayinlagan. Shu bilan Movarounnahr somoniylar qo‘liga o‘tgan. Lekin 875 yilga qadar ular markaziy xalifalikka bo‘ysunar edilar. 875 yildan boshlab ular mustaqil imperiya sifatida somoniylar davlatini barpo qildilar8.
Mashhur tarixchi olim Ibn al-Asir: “Somoniylar davlati yer yuzida keng yoyilib, ko‘p joylarni egallagan hamda siyrat va adolat jihatidan eng yaxshi davlatlardan edi”, deb e'tirof etgan.

Yana bir ensiklopedik olim Ibn Hallikon somoniylar davlati amirlarini shunday sifatlagan: “Somoniylar podshohlari Movarounnahr va Xuroson sultonlarining siyrat jihatidan eng yaxshilari edi. Ulardan kim podshohlikka o‘tirsa, “sultonlar sultoni”, deb atalar va shu nom bilangina tanilar edi. Bu nom unga go‘yo belgi bo‘lib qolar edi. Odatda ular adolatli, zakovatli va ilmli kishilar bo‘lganlar”10.
Ibn al-Asir somoniylar davlatining sultonlaridan Ahmad ibn Asadni shunday tariflagan: “Ahmad ibn Asad tama qilmaydigan, hamma yaxshi ko‘radigan kishi bo‘lib, uning odamlari pora olmas edi”. Ushbu sultonning o‘g‘li Ismoil haqida ham shunday fikrlarni bildirgan: “Ismoil oqil, adolatli, xalqiga yaxshi munosabatda bo‘ladigan, yumshoq odam edi”1.

Somoniylar podshohlari ilmga va uning ahliga katta e'tibor bergan edilar. Buning tasdig‘i o‘laroq o‘lkada ko‘plab umumiy va xos kutubxonalar barpo etilgan edi. Ibn al-Asir somoniylar podshohi Ismoil ibn Ahmad ibn Asad( Amir Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn Asad ibn Somon fozil, olim, mohir chavandoz, shijoatli, ulamolarni hurmat qiladigan podshoh bo‘lgan. Muhammad ibn Nasrdan uning barcha kitoblarini tinglagan. Undan Ibn Xuzayma va boshqalar dars olgan. U 908 yili Buxoroda vafot etgan)ni shunday tariflagan: “Ismoil yaxshi inson bo‘lib, ilm va din ahlini yaxshi ko‘rar va ularni hurmat qilar edi”12.
Manbalarda Ismoilning o‘zi haqida shunday rivoyat qilinadi: “Samarqandda yashayotgan edim. Bir kuni zulm bilan olingan narsalar xususida o‘ylanib o‘tirgan edim. Shunda, Abu Abdulloh Muhammad ibn Nasr al-Faqih ash-Shofiiy kirib qoldi. Men u zotning ilmi va dinini ulug‘lab darhol o‘rnimdan turdim”13.
O‘z davrida somoniy sulton huzurida ilmiy munozaralar tashkil qilinar va sultonning o‘zi turib biron bir masalani so‘rar edi. So‘ng hozir bo‘lgan ulamolar bunga javob berar edilar. Sultonlikdagi har bir jome masjidda kutubxona mavjud bo‘lib, eng kattasi Marv shahrida joylashgan edi. Mazkur kutubxona turli lug‘atlardagi nafis kitoblarni qamrab olgan. Shuningdek, sultonning maxsus kutubxonasi ham bo‘lgan.

Somoniylar davrida Movarounnahr o‘lkasi hadis, fiqh, lug‘at va boshqa islomiy ilmlar bo‘yicha yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular o‘zlarining jiddu jahdlari, ilm yo‘lidagi qiyinchiliklarga sabr qilishlari bilan katta matonat ko‘rsatganlar. Ular har qancha uzoq bo‘lmasin, olis shaharlarga borib, mashaqqat bilan ilm olgan edilar. Bunday olimlardan mashhur muhaddis Muhammad ibn Hibbon va “Al-Ishrof” kitobining muallifi Abu Bakr ibn


Muhammad ibn al-Munzir va “At-Tahzib” kitobining muallifi al-Azhariy kabi ulamolarni misol keltirish mumkin.

Shuningdek, somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida turli islomiy aqidaviy oqimlar bilan bir qatorda g‘ayriislomiy oqimlarni ham uchratish mumkin edi.



Maqdisiy o‘sha davrlarda Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida o‘zi shohid bo‘lgan turli oqimlar haqida shunday yozgan: “Ushbu o‘lkada ko‘p sonli yahudiylar va oz sonli nasroniylar yashaydi. Bu o‘lka turli ilmlar, jumladan, fiqh eng ko‘p tarqalgan maskandir. Movarounnahr va Xurosonda asosan ahli sunna val jamoa mazhablari faoliyat olib borgan. Lekin Sijiston va Xirot kabi ayrim shaharlarda xorijiylar, Naysaburda mu'taziliylar ham uchrab turardi. Shuningdek, ayrim hududlarda shialar va karromiylarni ham uchratishimiz mumkin edi. Lekin bu o‘lkada Abu Hanifa mazhabi asosiy mazhab hisoblangan. Shosh, Tus, Naso shaharlarida shofiiy mazhabiga e'tiqod qiluvchilar ham ko‘p edi. Ta'kidlash joizki, o‘lkada shialar bilan karromiylar, shofiiylar bilan hanafiylar o‘rtasida o‘zaro bahslar yuzaga kelsa, sultonning o‘zi aralashib, ularning orasini isloh qilishiga to‘g‘ri kelar edi”15. Demak, somoniy sultonlarning o‘zlari o‘lkada e'tiqodiy va diny bag‘rikenglikni mustahkam turgan holda o‘z nazoratlarida saqlaganlar.
Ibn an-Nadim somoniylar davrida manoniya firqasi a'zolaridan besh yuzga yaqini Samarqandda yashaganini, ularning boshliqlari bu yerga Bobildan ko‘chib kelganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, olim Movaro unnahrda sumaniya firqasi tarqalganini, yahudiy va nasroniylar ham ko‘pligini zikr qilgan.
Somoniylar davrida Samarqand tarixidagi geografik va ijtimoiy-madaniy omillar ta'lim jarayonlari, ayniqsa hanafiylikning mintaqada taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi. Hanafiya olimi Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida
ta'kidlashicha, Movarounnahr va Xurosonning Marv va Balx kabi shaharlarida mu'taziliya ta'limotini qabul qilganlardan tashqari Abu Hanifa izdoshlarining asosiy qismi usul va furu' mavzularida islom kirib kelgan davrning dastlabki kunlaridanoq hanafiya ta'limotini qabul qilgan edilar. Nasafiyning mazkur asaridagi “Movarounnahrda mu'taziliya ta'limotini qabul qilmagan hanafiylar” degan iborasidan, bu o‘lkada hanafiya olimlari ikki guruhga bo‘lingani ma'lum bo‘ladi: l.Hanafiy mu'taziliylar. 2.Abu Mansur al-Moturidiy tomonidan
rivojlantirilib tizimga solingan va mu'taziliya fikrlarini rad qilgan hanafiy moturidiylar.
Ibn Zakariyo Yahyo ibn Is’hoqning “Sharh jumal usul ad-din” asarida bir rivoyat e'tiborga molikdir: Somoniylar davrida Movarounnahrda islom diniga yangi kirgan bir kishi musulmonlarning yetmish uch firqaga ajralib ketganini eshitadi. Shunda u qadariy-mu'taziliydan insonning fe'llari haqida so‘raydi. Mu'taziliy quyidagicha javob beradi: “Men istaganimni qila olaman va o‘zim xohlagan har narsaga kuchim yetadi”. Yangi musulmon uning fikriga raddiya berib deydi: “Men bu e'tiqodni tanlamayman. Chunki bu e'tiqod orqali Allohning xohish va qudrati chetga chiqib qolmoqda”. Shunda qadariy- mu'taziliy: “Agar mening fikrimni qabul qilmasang, ahli sunna val jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, deb javob beradi. Shundan so‘ng yangi musulmon o‘zi yashayotgan joydagi jamiki firqalar vakillaridan inson fe'li haqida so‘rab chiqadi va birontasining aqidasini qabul qilmaydi. U murojaat qilgan firqalarning barchasi: “Agar bizning aqidamizni qabul qilmasang, ahli sunna val jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, degan fikrni aytishadi.
U firqalar vakillaridan ahli sunna val jamoa kimlar ekanini so‘raganida, ular quyidagicha javob beradilar: “Ular har yerda ahli sunna val jamoa nomi bilan tanilganlar. Samarqandda “Dor al-juzjoniya” va “Dor al-iyodiya” a'zolari, Buxoroda “As’hobi Abu Hafs” (Abu Hafs al-Kabir tarafdorlari), Balxda Nusayr ibn Yahyo tarafdorlaridir. Ular ahli sunna val jamoa qarashlarini tarqatayotgan ilm ahli hisoblanadilar”.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, somoniylar davrida faoliyat olib borgan sultonlarning barchasi ilm-ma'rifatga xayrixoh bo‘lganlar. Ular o‘lkada yashab ijod qilgan barcha ulamolarning ilmiy meroslariga befarq bo‘lmaganlar. Shuningdek, o‘lkada islomiy firqa va oqimlar bilan bir qatorda boshqa din vakillarining ham faoliyatlari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘lkada nasroniylar va yahudiylarning uchrab turishi ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka katta e'tibor berilganidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda ham yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom bilan muomalada bo‘lish, o‘zaro tinchlik ostida yashashga undashi tabiiy holdir.
Ibn Xolliqon, Istahriy, ibn Havqal va Muqaddasiy keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, Movarounnahrning asosiy viloyatlarida, ayniqsa Zarafshon, Farg‘ona vodiylarida, Ilaqda, Xorazmda qishloq xujaligi rivojlangan. O‘rta Osiyo shaharlari qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq, Volga buyi va Xitoy bilan karvoi yo‘llari orqali bog‘lanib kelganlar. Bu haqda ibn Xurdodbeh, ibn Fadlan, Gardiziy asarlarida, shuningdek Xorazm va Volga buyida olib borilgan arxeologik qazilmalardan topilgan faktik materiallar mavjud.
X—XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor» («Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin Adnoniyning «Tarixiy mulki Turkiston», Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling